O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Yoshlarga xos anatomik-fiziologik xususiyatlar


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Yoshlarga xos anatomik-fiziologik xususiyatlar 

Har  bir  yoshga  mansub  bo`lgan  organizm  o`ziga  xos 

anatomik-fiziologik  xususiyatlari  va  imkoniyatlari  bilan  ajralib 

turadi.  Shuning  uchun,  jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg`ulotlari 

hajmini  belgilashda,  bolalar  va  o`smirlar  organizmining  o`ziga  xos 

xususiyatlari e`tiborga olinishi zarur. 



Kichik maktab yoshida (7-11 yosh) suyaklar to`liq qotmagan-

ligi bois, ular egilish va egrilanishga moyil bo`ladi. Ayniqsa, umurt-

qa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq, oyoq suyaklarining egrilanib 

qolishi  qad-qomatning  buzilishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun,  bu 

yoshdagi  bolalarga  og`ir  yuk  (bir-birini)  ko`tarish  kabi  mashqlar 

ruxsat etilmaydi. 



O`rta  maktab  yoshida  (12-15  yosh)  umurtqalarning  qattiqla-

shuvi, chanoq suyaklarining bir-biriga birikishi nihoyasiga yetmay-

di. Shu bois, bu yoshdagi o`smirlarning organizmini zo`riqtirmaydi-

gan, og`irlik ko`tarish bilan bo`gliq bo`lmagan, mashg`ulotlar bilan 

shug`ullantirish, maqsadga muvofiqdir.  Xususan, ularni tezlik bilan 

bog`liq mashg`ulotlarga jalb etish  yaxshi natija beradi. 



Katta  maktab  yoshida  (16-18  yoshda)  tayanch  -  harakat, 

nafas  olish,  yurak-tomir  tizimlarining  rivojlanish  ko`rsatgichlari 

deyarli  takomillashadi.  Shu  bois,  bu  yoshdagi  o`smirlarning 

sog`lig`i  va  jismoniy  chiniqqanligini  e`tiborga  olgan  holda,  ularni 

sportning ko`pgina turlari bilan shug`ullanishga jalb etish mumkin. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling