O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Kasallikning kimyoviy sabablari 

Kimyoviy  moddalar  odam  organizmiga  zahar  sifatida  ta`sir 

ko`rsatadi. Bularga kislotalar, ishqorlar, qo`rg`oshin, simob, margi-

mush, xlor, yod va boshqa moddalar, shuningdek, hashoratlar, ilon, 

chayon, qoraqurt, ari kabilarning zahari kiradi. 

Zaharli  moddalar  odam  organizmning  o`zida  ham  paydo 

bo`lib,  o`zini-o`zi  zaharlashi  mumkin.  Masalan,  buyrak  kasalligi-

ning  og`ir  kechishida  modda  almashinuvida  hosil  bo`lgan  qoldiq 

azot  moddalarini  siydik  orqali  tashqariga  ajratilishi  qiyinlashadi  va 

ular qonda,  to`qimalarda to`planib organizmni  zaharlaydi.  Natijada 

hayot uchun xavfli bo`lgan uremiya holati vujudga keladi. Shuning-

dek, virus qo`zg`atadigan yuqumli gepatit kasalligida jigar hujayra-

larining  yallig`lanishi  va  ayrimlarining  yemirilishi  tufayli  ularda 

ishlab  chiqariladigan  bilirubin  moddasi  qonga  o`tib  bosh  miyaning  

nerv hujayralarini va tananing boshqa to`qima-a`zolarini zaharlaydi. 

Natijada  odam  organizmida  giperbilirubinemiya  intoksikatsiyasi 

holatini vujudga keltiradi. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling