O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Kasallikning ijtimoiy sabablari 

Odamning  yashash,  mehnat  qilish,  o`qish  sharoitining 

noqulay  bo`lishi,  odam  madaniyatining  pastligi  bilan  bog`liq 

bo`lgan sil, giyohvandlik, OITS, tanosil (zaxm, so`zak) kasalliklari 

kiradi.  

Alimentar kasalliklar 

Odamning  ovqatlanish  tartibi  buzilishi  bilan  bog`liq.  Ovqat 

miqdorining  yetishmasligi,  sifatsizligi,  ya`ni  ovqat  tarkibida  oqsil, 

vitaminlar va boshqa moddalarning yetishmasligi. Buning natijasida 

odam  ozadi,  kamqonlik  yuzaga  keladi,  ish  qobiliyati  pasayadi, 

bolalarning o`sishi va rivojlanishi orqada qoladi. 

Aksincha,  ovqatni  ko`p  iste`mol  qilish,  ayniqsa  uglevodli  va 

yog`li  taomlarni  me`yoridan  ortiq  iste`mol  qilish  tufayli,  semirish, 

qandli diabet va boshqa kasalliklar vujudga kelishi mumkin.  

Harakatlanishning  kamligi  (gipodinamiya)  tufayli  semirish, 

ateroskleroz,  gipertoniya,  osteoxondroz,  artroz,  yurakning  ishemik  

kasalliklari yuzaga kelishi mumkin.  

Harakatlanishning  me`yoridan  ortiqligi  (giperdinamiya), 

ya`ni og`ir jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchilarda, sportchilar-

da  zo`riqish  holati  kuzatiladi.  Bunda  miya,  o`pka,  yurak-tomir, 

muskul,  bo`g`im,  suyak  kabi  hayotiy  muhim  to`qima-a`zolarning 

og`ir kasalliklari vujudga kelishi mumkin. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling