O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Kasallikning ichki sabablari 

Kasallikning  ichki  (endogen)  sabablariga  nasl  kasalliklari 

kiradi. Nasl kasalliklarini dunyoda birinchi bo`lib, 1865 yilda chex 

olimi Iogan Gregor Mendel aniqlagan. 

Odam  organizmi  barcha  hujayra,  to`qima-a`zolarining  tuzili-

shi,  faoliyati,  barcha  hayotiy  jarayonlarining  har  bir  odamga  xos 

xususiyatlari avloddan-avlodga (nasldan-naslga) beriladi. 

Nasldan-naslga o`tish qonunlarini genetika fani o`rganadi. 

bilan  bir  qatorda,  u  butun  tanani  uqalash,  ishqalash,  bemorlar  va 

kasallikdan tuzalayotganlar uchun faol va sust harakatlarni ta`kidlab 

o`tish bilan bir qatorda, og`riqni qoldiruvchi vosita sifatida massajni 

maslahat beradi. 

Rim  imperiyasi  ko`pgina  mamlakatlarni  zabt  etib,  ularning 

madaniy, ilmiy yutuqlari bilan bir qatorda, massaj san`atini, jismo-

niy tarbiya va davolovchi massajni ham o`zlashtirib olganlar.  

Tarbiyalash  tizimi  va  tibbiyotda  massajning  keng  ko`llamda 

qo`llanilishida  eramizdan  avval  I  asrda    yashab  o`tgan,  ko`zga 

ko`ringan rimlik vrach Asklipiyat (128-56 yillar) ning xizmati katta. 

Piyoda  yurish,  yugurish,  ot  ustida  mashq  qilish  va  boshqalardan 

tashqari,  u  “Terining  ko`zga  ko`rinmas,  nafas  olishi”ga  katta  aha-

miyat  berdi.  Terining  nafas  olishi  (bug`lanish)  uchun  badanni  toza 

saqlash zarurdir.     

Galen  massajni  ertalabki  va  kechki  turlarga  bo`ldi.  Har  bir 

turi  o`ziga  xos  xususiyatlarga,  maqsadga,  uslublarga  ega.  Galen 

massajni  davolash  maqsadida  keng  qo`llagan,  u  shikastlanishlarni 

davolashning  eng  yaxshi  vositalari  massaj  va  suv  muolajalari  deb 

bilgan.  

Massaj  Rim  askarlari  o`rtasida  keng  yoyilgan  edi.  Rimliklar 

sihat  -    salomatlikni  saqlashda, jismoniy  rivojlanishning  me`yorida 

bo`lishida,  qad-qomatni  shakllantirishda,  hammomlarda  massaj  va 

jismoniy mashqlardan keng foydalanganlar. 

O`rta  Osiyo  xalqlarining  iqtisodiy  va  madaniyat  tomonidan 

gullagan  X  asrning  oxiri  XI  asrning  boshlarida  ulug`  mutafakkir 

olimlar  yashadilar  va  ijod  etdilar,  ularning  yirik  namoyandalaridan 

Abu  Bakr  ar-Roziy  (850-929  yillar)  va  Abu  Ali  ibn  Sino  jahon 

tibbiyot fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan allomalardir.  

Abu  Ali  ibn  Sinoning  mashhur  “Tib  qonunlari”  kitobida 

davolashning tabiiy-biologik usullaridan badantarbiya, massaj, tana 

tozaligi,  ovqatlanish  va  suv  muolajalarini  qo`llashga  alohida 

tavsiyalar  berilgan,  badantarbiya  va  massaj  sog`liqni  saqlash  va 

tiklashda juda yaxshi ta`sir ko`rsatadigan omillar, deb hisoblangan.  

Abu  Ali  ibn  Sino  massajga  batafsil  to`xtalib,  quyidagi 

xillarga bo`ladi:  

1. Gavdani baquvvat qiluvchi - kuchli; 

2. Gavdani yumshatuvchi – kuchsiz; 

16 


101 


  

Nasldan-naslga o`tish xususiyatlarining moddiy asosi xromo-

somalar  va genlar hisoblanadi. 

Xromosomalar  odam  organizmining  (barcha  mavjudotlar 

ning) hujayralar yadrosida joylashgan. 

Barcha  hayvon,  hashorat  organizmining  har  bir  turi  uchun 

xromosomalarning o`ziga xos shakli va soni bo`ladi. 

Odam  organizmning  hamma  somatik  hujayralari  yadrosida  

46  ta  xromosoma  bo`lib,  har  bir  xromosoma  tarkibida  ko`plab 

genlar    joylashgan.  Somatik  hujayralardan  farqli  o`laroq,  erkak  va 

ayol jinsiy hujayralarida 23 tadan xromosomalar bo`ladi. Bularning 

22  tasi  autosomalar  bo`lib,  ular  ota-ona  organizmning  nasl 

belgilarini homilaga (bo`lg`usi bolaga) o`tkazadi. Jinsiy hujayralar-

ning 23-nchi xromosomasi yangi bunyod bo`lgan homilaning jinsini 

belgilaydi. 

Ayol jinsiy hujayrasidagi 23- nchi xromosoma X (iks), erkak 

jinsiy hujayrasidagi  23- nchi xromosoma X yoki Y (iks yoki igrik) 

bo`ladi. 

Genetika  fanining  aniqlashiga  ko`ra  1500  ga  yaqin  nasl 

kasalliklari bor. 

Nasl kasalliklari ikki guruhga bo`linadi: 

1.Genlar orqali beriladigan nasl  kasalliklari. 

2.Xromosomalar orqali beriladigan nasl  kasalliklari. 

Genlar  orqali  beriladigan  nasl  kasalliklariga  quyidagilarni 

misol sifatida ko`rsatish mumkin: 

1. Albinizm- teri, ko`z, sochning rangsizligi (oppoq bo`lishi). 

2. Daltonizm – ko`zning rang ajratish qobiliyati buzilishi. 

3.  Gemofiliya  –  qonning  ivish  xususiyati  pasayishi  tufayli 

vaqti-vaqti bilan burundan qon ketish. Yengil shikastlanganda ham 

jarohatdan  ko`p qon ketishi. 

4. Kar-soqovlik. 

5. Shizofreniya- og`ir psixik kasallik. 

Xromosoma  kasalligi  hujayra  yadrosidagi  xromosomalar 

shakli  va  sonining  o`zgarishi,  ya`ni  tabiiyga  nisbatan  ko`payishi 

yoki  kamayishi  natijasida  yuzaga  keladi.  Xromosomalar  orqali 

beriladigan  irsiy  kasalliklarga  Daun  kasalligi  misol  bo`ladi.  Bunda 

xromosomalar  soni  47  ta  bo`ladi.  Daun  kasalligi  bilan  tug`ilgan 

bolaning  tashqi  qiyofasida  quyidagi  o`zgarishlar  bo`ladi:  ko`zlari 

kichik, burni kichik va orqa tomoni pachoq, tili katta, qo`l-oyoqlari 

Xon  sulolasi  davrida  eramizdan  avvalgi  206-220  yillarda 

Xitoydan  g`arbga  yo`l  qurilgandan  so`ng  massaj  Sin-zyan,  Pomir, 

O`rta va g`arbiy Osiyoga tarqala boshladi, so`ngra O`rta yer dengizi 

orqali Xitoyni Hindiston, Eron, Iroq, Misr, Yunoniston, Italiya bilan 

bog`ladi.  Bu  esa  massajning  shu  mamlakatlarda  yanada  keng 

tarqalishiga sabab bo`ldi. 

Qadimgi Hindistonda massaj tarixi eramizdan 1600 yil avval 

chop etilgan “Ayur-Veda” (“Hayot bilimi”) kitobida keltirilgan. 

Massaj  -  fransuzcha,  «massage»  -  ishqalash,  arab  tilida  – 



«mass»  -  «tegish,  ohista  bosish»,    lotincha  «massa»  -  «guvala, 

kesak», barmoqlar bilan tegish, qadimgi yahudiy tilida «mashen» -

paypaslab  ko`rish, yunoncha «masso»-qo`l bilan siqish ma`nolarini 

bildiradi. 

Arablar  Hindistonni  bosib  olganlaridan  so`ng  Hindistonning 

massaj maktablaridan manba`larni olib, amalda qo`llay boshladilar. 

Yaponiya  hamda  Koreyada  massaj  davolash  usuli  sifatida 

qo`llanilgan.  Yaponiyada  massaj  nafaqat  davolash  usuli  sifatida, 

hatto  kurashchilarni  tayyorlash,  qayta  tiklash  sifatida  ham  qo`lla-

nilgan.  Shu  bilan  bir  qatorda,  bosh  og`rig`ini  qoldirishda,  bo`yin 

qismlarini, o`zini - o`zi massaj qilish usuli amalda qo`llanilgan. 

Eramizdan  avvalgi  459-377  yillarda  yashab  ijod  etgan 

qadimgi  yunonistonlik  mutafakkir  olim,  tibbiyot  fanining  asoschisi 

Gippokratning  asarlari  massaj  nazariyasining  rivojlanishiga  katta 

hissa qo`shdi. 

Gippokrat  har  xil  kasallik  va  shikastlanishlarni  davolashda 

massajni  qo`llash  asoschisi,  tarafdori  bo`lgan  va  uni  qo`llagan. 

Gippokrat:  «Tabib  ko`pgina  davolash  usullarini  bilishi,  tajribaga 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling