O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rezistentlik
Massajning tarixi.
Massaj qadimgi Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Rumda keng qo`llanilgan. Massaj usullaridan foydalanish, uni rivojlantirish bo`yicha Gretsiya yetakchilik qilib, birinchilardan bo`lib massajni nafaqat sog`liqni saqlash va tiklash uchun, balki kasalliklarni davolashning juda yaxshi vositasi sifatida qo`llashgan. Massaj gigiyenik, davolash, har xil kasalliklarning oldini olish, sog`lomlashtirish va ish qobiliyatini oshiruvchi vosita sifatida qadim zamonlardan amalda qo`llanib kelingan. Qadimgi xalqlarning ko`pchiligida bemorlarni davolash maqsadida massajga bo`lgan ehtiyoj kelib chiqqan. Eramizdan 25 asr ilgari massajning ayrim usullari qo`llanilganligini ilmiy tadqi- qotlardan ma`lum. Eramizdan oldin 2698 yilda chop etilgan Qadimgi Xitoy qo`lyozmasi “Kong-fu”da - massaj usuli batafsil bayon etilishi bilan birgalikda davo ma`nosi sifatida qo`llanishi borasida tavsiyalar bitilgan. Xitoyning xorijiy mamlakatlari bilan madaniy aloqalari natijasida massaj qo`shni sharq mamlakatlariga - Koreya, Vetnam, Yaponiya va G`arbiy Yevropaga ham kirib keldi. 18 99
Reaktivlik bosh miya hujayralarining qo`zg`aluvchanligi yuqori bo`lganda oshadi, nerv hujayralari qo`zg`atuvchanligi pasay- ganda pasayadi. Oddiy qilib aytganda, odam kayfiyati yaxshi bo`lganda reaktivlik oshadi, kayfiyat yomonlashganda esa reaktivlik ham pasayadi. Jismoniy mashg`ulotlar reja asosida, uslubiy jihatdan to`g`ri va gigiyenik qulay sharoitda bajarilsa, kayfiyati yaxshi bo`lsa, sportchi organizmining reaktivligi oshadi, mashg`ulot unumdorligi yuqori darajada bo`ladi. Aksincha, mashg`ulot noto`g`ri reja va uslub bilan gigiyenik jihatdan moslashmagan sharoitda o`tkazilsa, sportchi organizmining reaktivligi va ish qobiliyati pasayadi. Natijada sportchida charchash, o`ta charchash, zo`riqish holatlari, hatto shikastlanish yuzaga kelishi kuzatiladi. Rezistentlik – kasallik qo`zg`atuvchi omil ta`siriga odam organizmi chidamliligining oshishidir. Reaktivlik va rezistentlik bir-birini to`ldirgan holda, odam organizmini tashqi muhitning noqulay ta`sirlariga qarshilik ko`rsa- tish, o`zini himoya qilish xususiyatini belgilaydi.
maslik xususiyati, ya`ni organizm o`zini yuqumli kasallikdan himoya qilish xususiyatidir. Immunitet xususiyati hamma odamlarda bir xil bo`lmaydi. Sog`lom, jismoniy chiniqqan, bolalik va o`smirlik davrida jadval bo`yicha hamma emlashlarni qabul qilgan odamlarda immutet kuchli, mustahkam bo`ladi. Aksincha, jismoniy chiniqmagan, zaif, bolalik va o`smirlik davrida hamma emlashlarni qabul qilmagan odamda, immunitet kuchsiz bo`ladi.
Ayrim odamlarda, ya`ni tez-tez kasallanadigan, uzoq muddat davomida xastalik tufayli zaiflashgan, o`ta charchagan, ovqatlani- shining sifati past bo`lgan odamda immunitet umuman bo`lmasligi, yoki avval hosil bo`lgan immunitet, organizm zaiflashganligi tufayli yo`qolishi mumkin. Bunday odamlar yuqumli kasalliklarga o`ta beriluvchan bo`ladilar (OIV/OITS bilan kasallangan odamda immutet mutloq yuqoladi). Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling