O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Odam organizmining reaktivligi va rezistentligi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Odam organizmining reaktivligi va rezistentligi 

Reaktivlik  -  biror  tashqi  ta`sirga,  odam  organizmning  javob 

qaytarish  xususiyatidir.  Bu  tashqi  muhitning  turli  xil  noqulay 

ta`sirlariga organizmning moslashish qobiliyatini belgilaydi. 

MASSAJNING  FIZIOLOGIK VA GIGIYENIK  

ASOSLARI 

 

Massajning  ahamiyati.  Massaj  hozirgi  kunda  ham  nafaqat 

o`z ahamiyatini yo`qotmadi, balki ommaviylashdi. Masalan, massaj 

bemorlarni  jarrohlik  muolajalariga  tayyorlashda  yordam  beradi, 

jarrohlik  muolajalaridan  keyin  tiklovchi  vosita  hisoblanadi.  Uzoq 

muddat  davomida  ko`rpa-to`shakda  yotib  davolanayotgan  bemor-

larda  yuzaga  keladigan    mushaklar  atrofiyasiga  qarshi  kurashishda 

yordam  beradi,  ya`ni  “yotoq  yaralar”  ning  oldini  olishda  muhim 

vosita sanaladi va boshqalar.  

Sportchilar  uchun  massaj  sport  mahoratini  oshirishda,  char-

chashdan  so`ng  ruhiy-jismoniy  ish  qobiliyatini  tiklash  va  oshirish-

ning eng yaxshi vositasidir. 

Massaj  muolajalari  ta`siri  ostida  terida  biologik  faol  modda-

lar,  gormonlar  paydo  bo`ladi  va  qonga  o`tib,  qon  aylanishini,  nerv 

impulslari  uzatilishi  va  boshqa  jarayonlarni    yaxshilaydi.  Masalan, 

massaj  ta`siri  natijasida  faolsiz  atsetilxolin  eruvchan,  faol  holatga 

o`tadi va u nerv impulslarini bir hujayradan boshqa hujayraga o`tka-

zishda muhim rol o`ynaydi. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling