O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

 

UMUMIY VA SPORT PATOLOGIYASI  

ASOSLARI 

 

Sog`liq va kasallik to`g`risida tushuncha 

Sog`liq  -  odam  organizmining  biologik,  jismoniy,  ruhiy 

holatlari,  mehnat  faoliyatining  muvozanatlashgan  birligi,  baxt-

saodatdir.  U  odam  mehnat  unumdorligini,  mamlakatning  iqtisodiy 

qudratini,  xalq  farovonligini  rivojlantirishning  muhim  shartidir. 

Xalq  sog`lig`ini  muhofaza  qilishga  qaratilgan  barcha  chora  - 

tadbirlarda  faol  ishtirok  etish  har  bir  fuqaroning  yuksak  burchi 

bo`lmog`i lozim. 

Kasallik  -  qandaydir  noqulay  ta`sirotlar  natijasida  organizm-

ning  biologik,  jismoniy,  ruhiy  holatlari  va  mehnat  faoliyatining 

buzilishidir. 

Kasallikda  odam  organizmida  maxsus  (spetsifik)  va  maxsus 

bo`lmagan  (nospetsifik)  o`zgarishlar  (belgilar)  vujudga  keladi. 

Maxsus  (spetsifik)  o`zgarishlar  kasallikni  yuzaga  keltirgan  sabab-

chisi  (omil)  ning  ta`sir  qilish  xususiyatiga  bog`liq.  Masalan,  tashqi 

muhitdagi  mingdan ortiq mikroblar, 250 dan ortiq viruslar, ko`plab 

zamburug`lar,  gijjalarning  har  qaysi  turi  odamga  yuqqanida,  kasal-

likni  vujudga  keltirishi  bilan  birga,  mazkur  kasallikni  o`ziga  xos 

maxsus  (spetsifik)  belgilarini  paydo  qiladi,  chunonchi,  bo`g`ma 

(difteriya) kasalligining qo`zg`atuvchisi (Lyoffler mikrobi) yuqqani-

da, mikrob kirgan joyda (tomoq, hiqildoq, burun, ko`z) da oqimtir-

sarg`ich  qazg`oq  hosil  qiladi.  Shu  qazg`oqda  mikrob  ko`payib, 

zaharli  modda  (toksin)  ishlab  chiqaradi,  u  qonga  so`rilib,  birinchi 

navbatda yurak muskulini zararlaydi. Boshqa kasalliklarni qo`zg`a-

tuvchi  mikrob,  virus  va  boshqa  mikroorganizmlar  ham,  bo`g`ma 

Massajning  ilmiy  va  amaliy  jihatlarini  kengroq  hamda 

chuqurroq  ochib  bergan,  bu  borada  qator ilmiy-uslubiy  adabiyotlar 

yaratgan  mutaxassis  olimlardan  yana  biri  tibbiyot  fanlari  doktori, 

professor O.A.Rixsiyevadir. 

O`zDJTI  “Sport  tibbiyoti”  kafedrasining  mudiri,  bo`lmish 

mazkur  olimaning  bevosita  rahbarligida  tibbiyot  va  pedagogika 

fanlari 


nomzodlari 

O.M.Jegalo, 

Q.A.Nurmuhamedov, 

N.V. 


Nefedova  massajning  o`quv  fani  sifatida  shakllanishiga  o`zlarining 

salmoqli  hissalarini  qo`shib  kelmoqdalar.  O`zlarining  nazariy  va 

amaliy ilmlari xazinasiga asosan, uzoq yillik pedagogik amaliyotga 

tayanib  massaj  kursidan  o`quv  adabiyotini  davlat  tilida  yaratdilar. 

Jumladan,  jismoniy  tarbiya  va  tibbiyot  instituti  talabalari  uchun 

mualliflar  O.  A.  Rixsiyeva,  T.  M.  Saidov,  Q.A.  Nurmuhamedov, 

A.I. Rixsiyevlar tomonidan tayyorlangan “Massaj” o`quv adabiyoti 

hozirgi  kungacha  massaj  bo`yicha  talabalar  bilimini  shakllantirib 

kelmoqda.  Institut  qoshida,  Respublikamizning  turli  mintaqalarida 

massaj  uslubiyati  bo`yicha  kurslar  tashkil  qilib,  ko`pdan-ko`p 

kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelishmoqda. 

Shunday  qilib,  massaj  turli  yosh  va  kasbdagi  odamlar  uchun 

tetiklik,  yaxshi  kayfiyat  bag`ishlash,  kuch-quvvatni  tiklash,  sihat  – 

salomatlikni mustahkamlash vositasi bo`lib xizmat qiladi. 

 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling