o`ta qo`zg`aladi. Gipofiz bezining oldingi bo`lagi, qalqonsimon va
buyrak usti bezlarining funksiyasi kuchayib, ulardan ajraladigan
gormonlar miqdori ko`payadi. Bu gormonlar ta`sirida yurak
muskullarini ta`minlaydigan mayda tojsimon (koronar) arteriya
tomirlari torayib, yurak muskulining qon va kislorod bilan ta`min-
lanishi buziladi. Toraygan tomirlarda bosim ko`tarilib, ularning
ba`zilari yorilishi va yurak muskuli orasiga qon quyilishi mumkin.
Yurak muskullarida qon aylanish buzilishi tufayli miokard
ishemiyasi, miokard, distrofiyasi, yurakning o`tkir yetishmovchiligi,
zo`riqishning og`ir kechishida moikard infarkti kabi og`ir yurak
kasalliklari vujudga kelishi mumkin.
Belgilari: Yurakning o`tkir zo`riqishida quyidagi belgilar
yuzaga kelishi mumkin:
1. Sportchi mashq bajarayotgan paytda to`satdan yurak soha-
sida og`riq sezadi. Yuragi o`ynaydi, nafasi qisadi. Boshi aylanadi.
Qo`l-oyoq muskullari kuchsizlanadi. Ko`ngli ayniydi, qusadi.
2. Yurak zo`riqishining og`ir kechishida, ya`ni miokard
infarkti yuzaga kelishi hollarida, yurak sohasida juda qattiq og`riq
paydo bo`ladi, hushidan ketishi mumkin. Terisi oqaradi, lablari,
barmoqlari ko`karadi. Arterial qon bosimi me`yorga nisbatan
pasayadi, ya`ni kollaps yoki shok holati yuzaga kelishi, bemor
hayoti xavf ostida qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: