Tibbiy yordam. Sportchi shifoxonaning gemotologiya bo`li-
miga yuboriladi.
O`tkir zo`riqishning oldini olish.
1. Sport trenirovkasi mashqlariga va musobaqalarga faqat
sog`lom sportchilar qatnashishi kerak.
2. Trenirovka mashqida va musobaqada sportchi o`z
organizmining funksional holatini hisobga olgan holda, harakat
yuklamasini bajarishi kerak.
3. Sportchi jismoniy tarbiya gigiyenasi talablari va qoidalari-
ga rioya qilishi lozim: kun tartibi, uyqu va dam olish, to`g`ri
ovqatlanish, maxsus reja asosida mashq bajarish, organizmning
funksional holatidan ortiq yuklamani bajarmaslik kabi qoida va
talablarga rioya qilishi lozim.
4. Gripp, angina, me`da - ichak va boshqa kasalliklar bilan
xastalangan sportchi, to`liq tuzalgandan keyingina, trenirovka va
musobaqaga qatnashishi mumkin.
5. Sportchi muntazam ravishda tibbiy nazoratdan o`tib turishi
zarur. Unda yashirin kechayotgan biror surunkali kasallik aniqlansa,
davolanib tuzalgandan keyingina trenirovka va musobaqaga qatna-
shishi mumkin.
6. Har bir musobaqadan keyin sportchi yetarli dam olishi,
kuch-quvvatini tiklashga qaratilgan tadbirlarni to`liq bajarishi kerak.
7. Miya insulti, o`tkir yurak yetishmovchiligi, yurak musku-
liga qon quyilishi, miokard infarkti kabi og`ir kasalliklardan keyin,
sport bilan shug`ullanish to`xtatiladi. Buning oldini olish trener va
sportchining doimiy e`tiborida bo`lishi shart.
8. Sportchining sog`lig`i trener tomonidan muntazam nazorat
qilinishi lozim. Trener sportchida biror kasallik belgilarini sezishi
bilanoq, uni shifokorga yuborishi yoki o`zi olib borishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |