O`tkir zo`riqish tufayli buyrakning zararlanishi.
O`tkir zo`riqish natijasida buyrak to`qimasiga qon quyilishi
mumkin.
Bel sohasida og`riq paydo bo`ladi. Siydikda qon paydo
bo`ladi, ya`ni siydik qizaradi.
Tibbiy yordam. Sportchi shifoxonaning nefrologiya yoki
urologiya bo`limiga yuboriladi.
O`tkir zo`riqish tufayli qonning zararlanishi.
Qonning zararlanishi aksariyat hollarda sezilmaydi, ya`ni
yashirin kechadi. Sportchida zo`riqishning umumiy belgilari,
shuningdek, yuqorida aytilgan miya, yurak, o`pka kabi a`zolarning
zo`riqishi hollarida barmoqdan qon olib analiz qilinganda, qon
tarkibida yuzaga kelgan o`zgarishlarni aniqlash mumkin.
O`tkir zo`riqish tufayli qonda leykotsitlar, ayniqsa, neytrofil
leykotsitlar soni ko`payadi. Zo`riqishning yengil kechishida, qon-
dagi ushbu o`zgarish zo`riqishga tashhis qo`yishga yordam beradi.
4. Og`riq qoldiruvchi – analgin yoki baralgin 2 ml muskul
orasiga.
5. Nafas to`xtagan bo`lsa, sun`iy nafas beriladi. Lobelin (yoki
Lititon) 1 ml tеri оstigа yuboriladi.
6. Yuragi to`xtasa, yurak sohasi massaj qilinadi. Yurak
muskuliga adrеnаlin 1ml yuboriladi. Buning iloji bo`lmasa, adrena-
lin dumba sohasiga muskul orasiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |