Surunkali zo`riqishning 1 - davrida tibbiy - pedagogik
tadbirlar.
1. Trenirovka rejasiga quyidagi o`zgartirishlar kiritiladi:
1.1. Kun tartibiga ko`proq uxlash, sayr qilish, ovqat kaloriya-
sini oshirishga, ovqat tarkibida go`sht, tuxum, sut mahsulotlarini
ko`paytirishga qaratilgan o`zgartirishlar kiritiladi.
1.2. Mashg`ulot hajmi va tezligi kamaytiriladi.
1.3. Yuqori intensivlikdagi, texnik jihatdan murakkab, uzoq
davom etadigan mashqlar trenirovka rejasidan vaqtincha chiqariladi.
1.4. Trenirovkaga asosan sportchi organizmini umumiy
jismoniy tayyorlashga qaratilgan, kichik hajmda va me`yoridagi
tezlikda bajariladigan, murakkab bo`lmagan mashg`ulotlar kiritiladi.
1.5. Uch-to`rt haftadan keyin trenirovka mashg`ulotlari hajmi
asta-sekin ko`paytiriladi.
2. Yuqoridagi tadbirlar bilan bir qatorda sportchi va trener
birgalikda nevropatolog hamda terapevt shifokoriga murojaat qilib,
ularning maslahatlari bo`yicha davolash tadbirlarini amalga
oshirishlari lozim.
3. Sportchi 2-3 oy musobaqalarga qatnashishdan ozod etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |