Surunkali zo`riqishning oldini olish:
1. Zo`riqish holatini yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf
etish. Bu vazifani sportchi va trener, sport vrachi bilan maslahat-
lashgan holda bajaradilar.
2. Trenirovka mashg`ulotlarini rejalashtirishda trener har bir
sportchi organizmining funksional holatini e`tiborga olishi lozim.
3. Musobaqaga tayyorlanish davrida, trenirovka mashg`ulot-
lari katta hajmda o`tkazilishi bilan birga, har 2-3 kunda mashg`ulot
hajmi yengillashtirilishi, ya`ni sportchining dam olishiga imkon
yaratilishi kerak.
4. Jismoniy tarbiya gigiyenasi qoidasiga muvofiq tuzilgan
kun tartibiga amal qilish: kuniga 8 soat uyqu, 4 marta ovqatlanish,
trenirovkadan keyin dam olish, kayfiyati buzilishidan o`zini chetga
olish, zararli odatlar (tamaki, nos, spirtli ichimlik) dan butunlay voz
kechish.
5. Musobaqadan keyin 3-5 kun dam olish.
6. Gripp, shamollash, angina, me`da-ichak kasalliklaridan
tuzalgandan keyin 1-2 hafta dam olish, so`ngra trenrovkaga qatna-
shish.
7. Sportchida qandaydir surunkali yashirin kechayotgan
kasalliklarni o`z vaqtida aniqlash va sog`lomlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |