Surunkali zo`riqishning sabablari.
Sport trenirovkasi va musobaqa mashg`ulotlarini uzoq vaqt,
ya`ni haftalar, oylar davomida jismoniy tarbiya gigiyenasi talablari,
sog`lom turmush tarzi qoidalariga amal qilmagan holda bajarish
surunkali zo`riqish holatiga sabab bo`ladi.
Masalan, sportchining ilmiy asoslangan kun tartibiga rioya
qilmasligi, ma`lum vaqtda uxlash va uyg`onish, faol dam olish,
to`g`ri ovqatlanish, og`ir hajmda trenirovka va musobaqa mashg`u-
lotini bajargandan keyin kuch-quvvatini yetarli tiklamasdan, katta
hajmdagi mashqlarni davom ettirishi, mashq hajmini oshirishda
organizmining funksional imkoniyatlarini e`tiborga olmaslik, hafta-
lar-oylar davomida asta-sekin sportchi organizmiga salbiy ta`sir
ko`rsatadi. Natijada, asta-sekin surunkali zo`riqish holati vujudga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |