Etiologiya tushunchasi.
Etiologiya – yunoncha so`z bo`lib, etio-sabab, logos- fan
ma`nosini bildiradi. Demak, etiologiya - kasallikni vujudga keltir-
gan sabablarni o`rganadigan maxsus fan ma`nosini bildiradi.
Kasallikning etiologiyasi, ya`ni vujudga keltiruvchi sabablar
2 guruhga bo`linadi:
1. Kasallikni yuzaga keltiruvchi tashqi (ekzogen) sabablar.
Bu sabablar odam organizmining tashqarisidan, ya`ni tashqi muhit-
dan ta`sir qiladi.
2. Kasallikni yuzaga keltiruvchi ichki (endogen) sabablar. Bu
sabablar odam organizmining ichki, ya`ni nasl xususiyatiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |