O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Kasallikning  tashqi  sabablari.  Kasallikning  tashqi  sabab-

lariga quyidagilar kiradi: 

- fizikaviy;  - kimyoviy;  - biologik; - alimentar; - ijtimoiy; 

- kam harakatlanish (gipodinamiya) tufayli yuzaga keladigan 

kasalliklar; 

-  me`yoridan  ortiq  harakatlanish  (giperdinamiya)  tufayli 

yuzaga keladigan kasalliklar

- psixogen ta`sirlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklar. 

Rossiyada  ham  massaj  nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ko`ra 

o`z  tizimiga  egadir.  Shuni  alohida  ta`kidlash  kerakki,  massaj  sport 

tibbiyoti  va  gigiyenik  tajribada  o`z  o`rniga  ega.  Rossiyada  massaj 

tizimi chuqur tarixiy negiz asosida tarkib topgan. 

Asrlar  mobaynida  slavyanlar  sovuq,  noqulay  ob-havo 

sharoitida  yashaganliklari  sababli  hamomlarda  bo`lganlar.  Bunda 

ular “isitish uchun” bir birlarini yoki o`zini o`zi qayinli, archali va 

boshqa  supurgilar  bilan  savalaganlar.  Bu  esa  massajning  bir  turi 

hisoblanadi.  Qadimgi  slavyan  urf  -  odati  –  supurgi  bilan  savalab 

urish hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. 

Shved  massaji  yuzaga  kelguncha  rus  olimi  M.Ya.Mudrov 

(1776-1831)  ishqalash  va  silash  usulini  faol  tashviqot  qilgan. 

Massajning fiziologiyasi ishlab chiqilib, ma`lum bir massaj usullari-

ning sistemasi yaratilgandan keyin uni terapiya, jarrohlik va boshqa 

klinikalarda hamda kosmetik xonalarda qo`llay boshlaganlar. 

XIX  asrning oxirlaridagina massaj sportga kirib kelib, omma 

e`tiborini  o`ziga  jalb  eta  boshladi.    Sarkizov-Serazini  shaxsan  o`zi  

bilgan    petergburglik  sportchi  N.A.Panin  –  Kolomenkin  haqida 

shunday  deydi:  ”Figurali  uchish  bo`yicha  musobaqadan  oldin, 

o`zini musobaqaga tayyorlash uchun, massajchini taklif etgan”. 

O`zbekistonda  massajning  rivojlanishi  N.A.  Semashkoning 

nomi  bilan  uzviy  boliqdir.  Sog`liqni  saqlash  xalq  qo`mitasining 

birinchi  raisi  N.A.Semashkoning  buyrug`iga  binoan  1930  yilda 

travmatologiya va ortopediya, fizioterapiya ilmiy tekshirish institut-

larida davolash jismoniy madaniyati hamda massaj xonalari tashkil 

etildi,  vrachlar  malakasini  oshirish  institutida  ham  davolash  jismo-

niy madaniyati va shifokor nazorati kafedralari ochildi.  

Ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  jadallashuvi,  ilm-fanning 

ravnaq  topishi  natijasida  dastlab  “uqalash”,  “silash”  nomlari  bilan 

tanilgan hozirgi massaj sekin-asta ilmiy jihatdan o`rganila boshlan-

di. Alohida e`tibor qaratish joizki, aynan sharqona massajning ilmiy 

qirralari  va  uning  ta`sir  etish  xususiyati  O`zbekiston  olimlari 

tomonidan  o`rganilgan.  Jumladan,  massajning  ilmiy  mohiyatini  ilk 

bor  yoritgan  olimlardan  biri  pedagogika  fanlari  doktori,  professor 

T.S.Usmonxo`jaevdir.  Massajga  oid  dastlabki  ilmiy  risola, qo`llan-

ma  va  amaliy  tavsiyalar  aynan  shu  tadqiqotchi-olim  qalamiga 

mansub. 

14 


103 


  

Kasallikning  fizikaviy  sabablari  o`z  navbatida  quyidagi 

turlardan iborat: 

- mexanik ta`sirlar – urilish, kesilish, bosilish, sanchilish; 

- termik ta`sirlar – kuyish, sovuq urish

-  nurlanish  ta`siri-odam  organizmida  nurlanish  kasalligini 

yuzaga keltiradi

-  elektr  toki  ta`siri  –  mahalliy  ta`sirida  teri  kuyadi.  Umumiy 

ta`sirida nafas, yurak to`xtab qolishi mumkin

- atmosfera bosimining o`zgarishlari tufayli yuzaga keladigan 

kasalliklar. Atmosfera bosimining yuqori bo`lishi chuqur  suv ostida 

kuzatiladi:  quloqda  og`riq,  nafas  chiqarishning  qiyinlashuvi,  qonda 

kislorod  va  azot  gazining  ko`payishi  organizmga  zaharli  ta`sir 

ko`rsatadi.  Suv  ostidan  yuqoriga  tez  ko`tarilish  tufayli  Kesson 

kasalligi vujudga keladi; 

Atmosfera bosimi pasayishi tog`ning yuqori qismida kuzatila-

di va chiniqmagan odamlarda tog` kasalligi yuzaga keladi. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling