O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Massajning tarixi.  

Massaj  qadimgi  Xitoy,  Hindiston,  Gretsiya,  Rumda  keng 

qo`llanilgan.  Massaj  usullaridan  foydalanish,  uni  rivojlantirish 

bo`yicha  Gretsiya  yetakchilik  qilib,  birinchilardan  bo`lib  massajni 

nafaqat  sog`liqni  saqlash  va  tiklash  uchun,  balki  kasalliklarni 

davolashning juda yaxshi vositasi sifatida qo`llashgan. 

Massaj  gigiyenik,  davolash,  har  xil  kasalliklarning  oldini 

olish, sog`lomlashtirish va ish qobiliyatini oshiruvchi vosita sifatida 

qadim zamonlardan amalda qo`llanib kelingan. 

Qadimgi  xalqlarning  ko`pchiligida  bemorlarni  davolash 

maqsadida  massajga  bo`lgan  ehtiyoj  kelib  chiqqan.  Eramizdan  25 

asr  ilgari  massajning  ayrim  usullari  qo`llanilganligini  ilmiy  tadqi-

qotlardan  ma`lum.  Eramizdan  oldin  2698  yilda  chop  etilgan 

Qadimgi  Xitoy  qo`lyozmasi  “Kong-fu”da  -  massaj  usuli  batafsil 

bayon  etilishi  bilan  birgalikda  davo  ma`nosi  sifatida  qo`llanishi 

borasida  tavsiyalar  bitilgan.  Xitoyning  xorijiy  mamlakatlari  bilan 

madaniy aloqalari natijasida massaj qo`shni sharq mamlakatlariga - 

Koreya, Vetnam, Yaponiya va G`arbiy Yevropaga ham kirib keldi.  

18 

99 



  

 Reaktivlik  bosh  miya  hujayralarining  qo`zg`aluvchanligi 

yuqori bo`lganda oshadi, nerv hujayralari qo`zg`atuvchanligi pasay-

ganda pasayadi.  

Oddiy  qilib  aytganda,  odam  kayfiyati  yaxshi  bo`lganda 

reaktivlik  oshadi,  kayfiyat  yomonlashganda  esa  reaktivlik  ham 

pasayadi. 

Jismoniy  mashg`ulotlar  reja  asosida,  uslubiy  jihatdan  to`g`ri 

va  gigiyenik  qulay  sharoitda  bajarilsa,  kayfiyati  yaxshi  bo`lsa, 

sportchi  organizmining  reaktivligi  oshadi,  mashg`ulot  unumdorligi 

yuqori darajada bo`ladi. 

Aksincha, mashg`ulot noto`g`ri reja va uslub bilan gigiyenik 

jihatdan moslashmagan sharoitda o`tkazilsa, sportchi organizmining 

reaktivligi va ish qobiliyati pasayadi. Natijada sportchida charchash, 

o`ta charchash, zo`riqish holatlari, hatto shikastlanish yuzaga kelishi 

kuzatiladi.  



Rezistentlik  –  kasallik  qo`zg`atuvchi  omil  ta`siriga  odam 

organizmi chidamliligining oshishidir. 

Reaktivlik  va  rezistentlik  bir-birini  to`ldirgan  holda,  odam 

organizmini  tashqi  muhitning  noqulay  ta`sirlariga  qarshilik  ko`rsa-

tish, o`zini himoya qilish xususiyatini belgilaydi. 

Immunitet.  Odam  organizmining  yuqumli  kasallikka  beril-

maslik  xususiyati,  ya`ni  organizm  o`zini  yuqumli  kasallikdan 

himoya qilish xususiyatidir. 

 Immunitet  xususiyati  hamma  odamlarda  bir  xil  bo`lmaydi. 

Sog`lom,  jismoniy  chiniqqan,  bolalik  va  o`smirlik  davrida  jadval 

bo`yicha  hamma  emlashlarni  qabul  qilgan  odamlarda  immutet 

kuchli,  mustahkam  bo`ladi.  Aksincha,  jismoniy  chiniqmagan,  zaif, 

bolalik  va  o`smirlik  davrida  hamma  emlashlarni  qabul  qilmagan 

odamda, immunitet  kuchsiz bo`ladi. 

 

Ayrim odamlarda, ya`ni tez-tez kasallanadigan, uzoq muddat 



davomida  xastalik  tufayli  zaiflashgan,  o`ta  charchagan,  ovqatlani-

shining sifati past bo`lgan odamda immunitet umuman bo`lmasligi, 

yoki avval hosil bo`lgan immunitet, organizm zaiflashganligi tufayli 

yo`qolishi  mumkin.  Bunday  odamlar  yuqumli  kasalliklarga  o`ta 

beriluvchan  bo`ladilar  (OIV/OITS  bilan  kasallangan  odamda 

immutet mutloq yuqoladi). 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling