16-ma’ruza:
Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari.
Reja:
16.1. Suyak singanda ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam.
16.2. Uzoq vaqt bosilish sindromida jarohatlanganlarga ko‘rsatiladigan birlamchi
tibbiy yordam.
16.3. Suvga cho‘kkan odamga, muzlagan, elektr toki urgan insonlarga tibbiy yordam
ko‘rsatish.
16.4. Termik shikastlanishlar. Kuyishlar.
16.5. Zaharlanish turlari, sabablari, zaharlanishga qarshi birinchi yordam
16.6. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko‘rsatish.
16.1. Suyak singanda ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam
Qo’l-oyoqlarning shikastlanishi. Oyoq-qo‗llarning jarohatlari barcha shikastlanishlarning
asosiy qismini tashkil etadi. Oyoq-qo‗llarning yopiq shikastlanishlariga lat yeyish, et uzilishi
paylarning shikastlanishlari, gemartroz (bo‗g‗imlarga qon quyilishi), chiqishlar, yopiq sinishlar
va boshqalar kirib, bunda teri qoplamining va shilliq pardalarining butunligi buzilmaydi. Ochiq
shikastlanishlarga har xil jarohatlar (kesilgan, o‗q tekkan va boshqalar) kirib, bunda teri va
shilliq qavatlarining butunligi buzilgan bo‗ladi.
Lat yeyishlar. Qo‗l-oyoqlarning lat yeyishlari nisbatan katta bo‗lmagan kuch ta‘siri
natijasida paydo bo‗lib, ular qon to‗rejaishi (gematoma) – shish, og‗riq va paypaslaganda
og‗riqning kuchayishi bilan kechadi. Birinchi yordamga bosib turuvchi bog‗lam va mahalliy
sovuq qo‗llash kiradi. Paylarning cho‗zilishi va uzilishlari bo‗g‗imlarda kutilmaganda va keskin
harakat natijasida yuzaga keladi. Bunday shikastlanishlarga yumshoq to‗qimalarga qon quyilishi
xos bo‗lib, buning oqibatida shish, bo‗g‗imda og‗riq paydo bo‗ladi, harakatning chegaralanishi
yoki og‗riqning kuchli bo‗lishi sababli harakatlana olmaslik yuzaga keladi.
Birinchi yordam ko‗rsatishda tarang qilib bintlanadi, immobilizatsiyalanadi va sovitish
vositalari (muz, qor) qo‗llaniladi. Muskul va paylarning uzilishlariga taxmin qilingan taqdirda
bemorni travmatologiya bo‗limlariga yotqiziladi.