16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari


Sinishlardagi  birinchi  yordam


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/54
Sana02.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#193851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
4-maruza

Sinishlardagi  birinchi  yordam.  Yopiq  turdagi  sinishlarda  shikastlangan  a‘zoni 

immobilizasiya  qilish  maqsadida  transport  shinalaridan  foydalaniladi,  keyin  shifoxonaga  olib 

boriladi.  Maxsus  transport  shinalari  bo‗lmagan  taqdirda,  qo‗l  ostida  mavjud  bo‗lgan 

vositalardan: faner, karton, taxtacha va shu kabilardan foydalaniladi.  

Agar qo‗l ostida yuqoridagilar bo‗lmasa, qo‗l singanda uni gavdaga, oyoq singanda – uni 

sog‗lom oyoqqa bint bilan mahkam qilib  og‗lanadi. Singan a‘zo bilan ehtiyotsiz munosabatda 

bo‗lganda, bemorni bir joydan ikkinchi joyga o‗tkazish yoki yotqizishda, suyak parchalari terini 

ichki tomonidan jarohatlab, yopiq sinishni ochiq sinishga aylantirib qo‗yishi mumkin.  

Bu esa bemorning  ahvolini  nafaqat  og‗irlashtiradi,  balki  yaraga infeksiya tushish xavfini 

tug‗diradi,  keyin  bu  narsa  yiringli  shamollash  jarayoniga  va  osteomiyelit  (suyakning  yiringli 

jarayoni)ga  olib  kelishi  mumkin.  Ochiq  sinishda  birinchi  navbatda  qon  oqishini  to‗xtatish, 

jarohat  atrofidagi  terini  yodning  spirtli  eritmasi  bilan  artish  va  aseptik  vositalar  bilan  bog‗lab 

qo‗yish kerak.  


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling