16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari


-rasm. Qo‘l bo‘g‘imlarining chiqishi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/54
Sana02.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#193851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
4-maruza

 

10.26-rasm. Qo‘l bo‘g‘imlarining chiqishi. 

Oyoq bo‘g‘imlarining chiqishlari. Son suyagining chiqishi bilvosita katta kuchning ta‘siri 

natijasida  yuz  berib,  bu  kuch  kutilmaganda  va  keskin  tarzda  sonni  ichkariga  (orqaga  chiqish) 

yoki oyoqning keskin kerilishi va uni tashqariga aylantirilishi (oldinga chiqish) natijasida kelib 

chiqadi.  

Sonning  orqaga  chiqishida  oyoq  tos-son  bo‗g‗imida  bukilgan,  tanaga  yopishgan  va 

ichkariga  o‗girilgan,  aylanib  qolgandek  tuyuladi.  Oyoq  kaftidagi  chiqishlar  ko‗pincha  to‗liq 

bo‗lmay  (chala  chiqishlar  deb  atash  mumkin),  ularni  rentgenologik  tekshiruvsiz  to‗g‗ri 

tashxislash  juda  qiyin.  Chiqishlarning  har  xil  lokalizatsiyalaridagi  asosiy  birinchi  yordam 

shikastlangan oyoq yoki qo‗lni tinch holatga keltirish va bemorni tezda travmatologik bo‗limga 

yoki  travmopunktlarga  malakali  tibbiy  yordam  ko‗rsatish  va  chiqqan  bo‗g‗imni  o‗rniga  solib 

qo‗yish uchun jo‗natishdan iborat. 

Bunday  shikastlanishlarda  voqea  sodir  bo‗lgan  joyda  biron-bir  manipulatsiya  o‗tkazish 

mumkin  emas,  chunki  mutaxassissiz  qo‗yilgan  tashxis  noto‗g‗ri  bo‗lishi  mumkin,  bundan 

tashqari,  voqea  joyida  yetarli  og‗riqsizlantirishning  iloji  ham  yo‗q.  Voqea  sodir  bo‗lgan  joyda 

chiqqan joyni solish, oyoq-qo‗llarni siltab tortish, bo‗g‗imlarni passiv harakatga keltirish – yo‗l 

qo‗yib bo‗lmaydigan holat. Bunday bemorlarni shifoxonaga olib borishda chiqqan qo‗lni ro‗mol 

bilan bog‗lanadi va tirsak chuqurchasiga yumshoq yostiqcha qo‗yiladi, oyoq chiqqanda standart 

simli Kramer shinasi yordamida, u bo‗lmagan taqdirda, qo‗l ostida bo‗lgan immobilizasiyalovchi 




vositalar yordamida bintlanib yoki chiqqan oyoqni sog‗lom oyoqqa mahkamlab (bunda kiyimlar 

yechilmaydi),  keyin  jo‗natish  tavsiya  etiladi.  Bemorga  og‗riqsizlantiruvchi  va  tinchlantiruvchi 

dori vositalarini berish mumkin.  

Qo‗li  chiqqan  bemor  o‗tirgan  holatda,  oyoq  bo‗g‗imlari  chiqqan  bemor  faqat  yotqizilgan 

holatda shifoxonaga olib boriladi.  


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling