O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.32 Mb.
bet79/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119
2. Fonografik yozuv.
Konsonant yozuviga finik, ugarit, ibron, orom, arab va boshqa yozuvlar mansub bo'lib, ularda har bir asosiy harf faqat undosh ovozlarni ifodalaydi. Vokal yozuvlarida har bir asosiy harf unli va undosh ovozni bildiradi.
Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to'rtdan uch qismi harf-tovush (unli-undosh) yozuvidan foydalanadi. Lotin yozuvi asosida aholining 30 %, slavyan-kirill yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi, foydalanadi.


3. Kichik va bosh harf elementlarini yozish.
“Yozuv daftari”yoki “Husnixat” darsligidagi elementlarni yozadilar.
Kichik va bosh harf elementlarini yozish yozilish usullari, ularning nomlari:tuguncha, halqacha,ilmoqcha,uzun tayoqcha, kalta tayoqcha,qalpoqcha, belbog’cha.
Talabalarni amaliy mashg`ulotga hozirlash: Partada to`g`ri o`tirish qoidasini eslatish. Daftarni parta ustida 65 qiyalikda joylashtirish, ruchkani 1,5-2 sm yuqoridan ushlashni aytib o`tish.
Talabalarga kichik harf elеmеntlarini soddadan murakkabga tamoyili asosida yozdirish: Kichik to`g`ri tayoqcha elеmеntini xattaxtada namuna ko`rsatish va unga qo`yilgan grafik talablarni eslatish.(qiyalikka e'tibor bеrish, yozuv yo`lidan chiqib kеtmaslik, oradagi masofani to`g`ri saqlash). Talabalarning daftariga kichik to`g`ri tayoqchani yozdirish. Kichik ilmoq elеmеntlarni yozishni mashq qilish.
Talabalarga xattaxtadagi namunaga qarab daftarlariga nusxa ko`chirtirish.Kichik halqali elеmеntlarni yozishni mashq qilish.
Talabalarga yozuv vaqtida harf elеmеntlarini ulashda qo`lni uzmaslik uchun mashq o`tkaziladi. Talabalar mashqni daftarlarida mashq qilib bo`lgach, xattaxtada mashq qildirish.


UYGA VAZIFA
“Yozuv daftari” yoki “Husnixat”(1-2-sinf) darsligining 1-4 betlarlarida berilgan elementlarni kichik yo’lli daftarga yozib kelish. “Yozayotganda shunday o’tir” plakat va harf elеmеntlarining kattalashtirilgan shakllari asosida ko`rgazma tayyorlash.


Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling