O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 4.35 Mb.
bet18/76
Sana25.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1718859
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
Bog'liq
Axborot texnologiyalari Yangi Majmua

Asosiy adabiyotlar

  • Evans V., Dooley J., Wright S. Information Technology. Express Publishing

  • Gromov Yu.Yu. Informatsionnыe texnologii. Tambov 2015

  • Zaxarova I.G. Informatsionnыe texnologii v obrazovanii. Moskva ACADEM'A 2003

  • David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Examinations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.

  • Stelle Cottrell, Neil Morris Study Skills Connected. Buyuk Britaniya/Palgrave Macmillan

  • 183p.


7-8-Mavzu: Talim jarayonida qo’llaniladigan dasturiy vositalar (4 soat)
Reja:

  1. Ispring dasturi va uning imkoniyatlari.

  2. SCORM paketlari.

  3. 3D - kitob yaratish.

  4. CourseLab dasturi

  5. MyTestX dasturi

  6. EasyQuizzy dasturi Ispring dasturi va uning imkoniyatlari.



iSpring Free dasturidan tashqari imkoniyati ko‘proq bo‘lgan iSpring Suite dasturi ham mavjud bo‘lib, bu dastur orqali yuqori darajada sifatli elekton o‘quv kontentni yaratish mumkin.
iSpring Suite asbob uskunalari orqali (QuizMaker, iSpring Visuals, iSpring DialogTrainer) elektron darsliklar, videoma’ruzalar, QuizMaker orqali elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar, iSpring DialogTrainer -tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni va onlayn-perezentatsiyalarni yaratish mumkin.
Yaratilayotgan elektron kursga audio va video fayllarni qo‘shish, audio va videolarni yozish, taqdimot slaydlari bilan sinxronizatsiyalash, elektron kursning har xil pleyerlarini tanlash, tahrirlash, SCORM va TinCan standartlarida chop etish, .mp4 videoformatida eksport qilish imkoniyatlarini beradi.
2.3-rasm.






Shu bilan bir qatorda iSpring Visuals orqali 3D kitoblar, vaqt shkalasi, glossariylar yaratish imkoniyati ham mavjud.


iSpring dasturi orqali yaratilgan kurslarni LMS lar bilan integratsiyalash imkoniyati mavjud.
SCORM paketlari
SCORM (angl. Sharable Content Object Reference Model - birgalikda foydalanish uchun obyekt tarkibidagi namunali model). Bu o‘quv materiallari orqali bilim oluvchining o‘rganilayotgan o‘quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini o‘qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, bizning misolimizda Moodle) ga hisobot ko‘rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo‘lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni talaba qancha vaqt davomida o‘rganganligini, bu standartda (ya’niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o‘quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) ko‘pchiligi yaratiladigan o‘quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti ko‘rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling