Reja: Ta’limda qo‘llaniladigan elektron o‘quv vositalari turlari va tavsifi


Download 85.26 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi85.26 Kb.
#1517601
Bog'liq
tat 3 mavzu mustaqil ta\'lim


Kompyuter lingafon sinflari uchun dasturiy vositalar.
Reja:
1. Ta’limda qo‘llaniladigan elektron o‘quv vositalari turlari va tavsifi.
2. Hot Potatoes, iSpring dasturlari va uning imkoniyatlari.
3. iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik, videoma’ruzalar, elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar, tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni va onlayn-perezentatsiyalarni yaratish.
4. Prezi onlayn-perezentatsiyalarni yaratish dasturi. CoursLab dasturi va uning imkoniyatlari. Mytest - test yaratish va o‘tqazish dasturlari.
Elektron axborot ta‘lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta‘minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o’tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta‘minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo’lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o’z navbatida, masofali ta‘lim turining paydo bo’lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o’zida onlayn ravishda to’g’ridan-to’g’ri ko’rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo’lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan.
Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko’ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko’ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta‘lim jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so’rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o’zaro interaktiv bog’lanish imkoniyatini ham beradi.

iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:


• taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko’ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo’yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
• video qo’shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o’qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o’rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o’qitish tizimida foydalanish uchun SCORMG‘AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;

EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.


iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalash tirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;
• ikki, uch, to’rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to’g’ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
• bir necha to’g’ri javobli yopiq test topshiriqlari;
• ochiq test topshiriqlari;
• o’xshashlikni aniqlashga yo’naltirilgan topshiriqlar;
• to’g’ri ketma-ketlikni aniqlashga mo’ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.
Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxasis kadrlar tayyorlashda o‘quvchi-talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yo‘lga qo‘yilmasa, turli-tuman metodlarni qo‘llashimiz, qiziqarli dars o‘tish uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat’i nazar, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki inson ongida har doim o‘z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon ro‘y berib turadi. O‘z ishini atijasi baholanmasa yoki baholanishidan, taqdirlanishidan ko‘ngli to‘lmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat «hafsalasi pir» bo‘lishi mumkin. O‘quvchi-talabalar bilimini, muntazam tekshirish va baholash ularni predmetni chuqur o‘rganish va nazorat usullarini takkomillashtirish vazifasini yuklaydi.
Ta’lim sohasidagi bilimlar, ko‘nikmalar va maxoratlarni nazorat qilishning test tizimi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: diagnostik, ta’lim beruvchi, tashqil qiluvchi, tarbiyalovchi va boshqaruvchi. Diagnostik funksiya test nazoratining o‘zini mohiyatidan iborat: o‘quv darsining darajasida qanday bo‘lsa, o‘quv fanining ancha umumiy darajalarida va talabaning barcha professional tayyorgarligida ham shunday tayyorgarlikning yutuqlari va tuzilishlarini aniqlashdan iborat.
Ta’lim beruvchi funksiya test yoki etalonli javoblar jarayonida aytib turishni ko‘rsatish, bilish sohalarini namoyon qilish, probel (bo‘shliq)larni topishdan kelib chiqadi. Sinov darslari ta’sirida bilimlarni mukammallashtirish qo‘shimchalar, aniqliklar va to‘g‘rilashlar yo‘li bilan kechadi.
Tarbiyalovchi funksiya talabaning o‘quv asoslarini oshirish bilan, bilish faoliyatining natijalariga javobgarlikni shakllantirish bilan, o‘quv jarayonini o‘zini-o‘zi tashkil qilish bilan bog‘lik.Nazoratning tarbiyalovchi va rag‘batlantiruvchi harakati agar uning natijalari oshkora bo‘lsa, oshadi. Umuman, shaxs uchun o‘quv yutuqlarini nazorati kamchiliklarni ham, afzalliklarni ham ko‘rishga yordam beradi. Testlashning boshqaruvchi funksiyasi testlash natijalari bilan tug‘ilgan va o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga o‘qishning qo‘llaniladigan metodika va texnologiyalarini mukammallashtirishga qaratilgan o‘quvchining, o‘qituvchining va ta’lim muassasalari ma’muriy boshqarmasi harakatlari bilan bog‘liq.

An’anaviy og‘zaki imtihon bilan solishtirganda imtihon testi nafaqat baholashning eng ob’ektiv usuli bo‘lib qolmay, balki psixologik tomondan eng asrab-avaylovchidir: xavotirlik darajasi kam, e’tibor darajasi yuqori, organizmning fiziologik harakteristikasi eng qulaydir.


Bunda og‘zaki imtihonning shunday «nozik farqi», ya’ni imtihon oluvchining xaddan ziyod qattiqqo‘lligi yoki, aksincha, xaddan ziyod ko‘ngilchanligi aniq talabaga nisbatan imtihon oluvchining emotsional tarzda qo‘yadigan bahoga ta’siri yo‘qotiladi. Yaxshi tayyorlangan guruhga baholarni beixtiyor pasaytirish effekti tenglashtiriladi, qachonki, imtihon oluvchi uning unga xos baholarni taqsimlash shkalasini ishlab chiqishga intiladi. Imtihon testida talabalar unifikatsiyalashining darajasi yuqori, baholashning yagona kriteriya va normalari ishlab chiqiladi, talabalarning va o‘qituvchilarning vaqti tejaladi. Imtihondagi omadsizlik o‘qituvchi shaxsi bilan bog‘lanmaydi.
Birinchi turi eng ko‘p tarqalgandir. Uning uchun muayyan tartib maqsadlari yoki tanlash uchun individual natijani boshqa o‘quvchilar va o‘rta gurux natijalari bilan solishtirish harakterlidir. Agar talaba OTM ga shunday testlash natijalari bo‘yicha kirgan bo‘lsa, unda talabalik xayoti boshlanishi mumkin («o‘tish ball» idan oshiq ballar yig‘indisini to‘plagan holda). Malakaviy testlashning tez-tez takrorlanib turadigan maqsadi muayyan tartib - o‘zlashtirish: «a’lochilar», «to‘rtchilar», «uchchilar», «o‘zlashtira olmaydiganlar» kategoriyasi bo‘yicha o‘quvchilarni guruxlarga bo‘lishdir.
Lingafon xonalari va ularni boshqarish usullari.
Lingafon kabineti (lot. linqua — til va yun. phone — tovush, nutq) — tovush texnikasi, proyeksion va kinoproyeksion apparatlar bilan jihozlangan maxsus auditoriya (sinf) .
O‘quvchi (talaba) larga audio visual usul bilan o'zga til nutqini, talaffuz shaklini, o‘rganilayotgan til muhitini yaratish, ona tilining nutq madaniyatini o‘rganish ustida mustaqil ishlash, shuningdek, teatr va san‘at o‘quv yurtlarida mutaxassislik bo‘yicha professional-ijrochilik mahoratini egallash uchun qulay sharoit yaratadi. Lingafon kabineti apparaturasi (magnitofonlar, elektrofonlar, mikrofon telefon kuchaytirgichi va boshqalar) o‘qituvchiga har bir o‘quvchining muayyan o‘quv materiali ustida mustaqil ish olib borish va buni nazorat qilish, bir vaqtning o‘zida muayyan o‘quvchilar guruhi uchun bir nechta o‘quv dasturini kiritish, o‘quvchilarning nutqlarini yozib olish va qaytadan yodga tushirishga imkon beradi.
Zamonaviy texnik vositalar o'qituvchining yangi vositasi bo'lib, uning ish madaniyatini oshiradi. Ta'lim ma'lumotlarini, ta'lim monitoringini, ko‘nikmalarini talabalarga taqdim qiladi, o'quv jarayonini avtomatlashtiradi.
Texnik vositlar o'quv materiallarini yanada samarali taqsimlash imkonini beradi. Texnik vositalar o'quv jarayonini tashkil etishga, o'qitishning shakllari va usullariga faol ta'sir o'tkazadi, talabalarning intellektual rivojlanishiga ta'sir qiladi, ya'ni, ta'limning rivojlanish va tarbiyalash funksiyalarini mustahkamlaydi.
Tayyorlash vositasi sifatida Til laboratoriyasi chet tilini o'rganishda alohida o'rin egallaydi va ta'limning boshqa vositalariga nisbatan uning afzalliklari:
 ishlarning tashkiliy shakllarining turlarini (umumiy, juftlik, guruh tartiblari) shakllantirish;
 Qobiliyat va ko'nikmalarni shakllantirish hamda nazorat qilish bosqichida bilim faolligini boshqarish;
 O'qituvchi va talabalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning tabiati;
 Murakkab foydalanish imkoniyati (CD-pleyer yoki televizorning ulanishi);
Til laboratoriyasi vazifalari:
informatsion;
treninglar;
boshqarish-tuzatish;
kommunikativ;
ta'lim faoliyatini boshqarish;
Til laboratoriyasida o‘qituvchi har bir talaba bilan bosh mikrofon orqali aloqa qilish (eshitish), hajmini nazorat qilish, bir qo'ng'iroq tugmasini bosish orqali boshqarish imkoniyatiga ega. Audio orqali muayyan tovushni tinglashga, shuningdek, barcha yozuvlarni yozishga imkon beradi.

Til laboratoriyasida audio material quyidagi o‘quv ishlarini samarali hal etadi:


 artikulyatsiyalash va ritmik intonatsion ko'nikmalarni shakllantirish;
 o'qish qobiliyatini shakllantirish va takomillashtirish;
 tinglash qobiliyatlarini shakllantirish va takomillashtirish;
 nutqning leksik va grammatik qobiliyatlarini shakllantirish va takomillashtirish;
 og'zaki nutq ko'nikmalarini rivojlantirish va nazorat qilish (monolog / dialog);
 eshitilgan narsalarning tushunishini nazorat qilish;
 leksik materialni assimilyatsiya qilishni nazorat qilish.
Til laboratoriyasining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, talabalarga quyidagi ish turlari taklif etiladi:
 nutqning leksik tomonini o'rgatganda (tugma rejimi "1"):
 leksik birlikning spikerini tinglash va takrorlash, iboralar;
 so'zma-so'z matnni kiritish va uni assimilyatsiyalashni nazorat qilish,
 nutqni o'rgatishda turli ish joylarida sheriklar o'rtasidagi savol javob;
 guruh rejimida ("4" tugmachasi): 1 + 2 + 3 + 4 va shunga o'xshash ishlarni bajarish:
Lingofon kabineti (laboratoriya) chet tili xonasining bir qismi bo'lishi kerak, boshqa o'quv qo'llanmalari va boshqa jihozlar bilan birlashtirilishi kerak. Boshqa uskunalar kabi, lingofon ham kerak bo'lganda foydalanish kerak. Ishlar soni o'qitishning maqsadi va ta'lim muassasasining shartlari bilan belgilanadi. Lingafon qurilmalari 2025 ish joyiga mo'ljallangan. Eshitish vositalarining o'rniga ish stansiyalarining har biri telefon sezgichi va yo'nalishli harakat mikrofoniga ega bo'lgan mikrofon eshitish vositasi bilan jihozlangan. Yo'naltirilgan mikrofon mikrofonga,ma'lum bir burchakka yo'naltirilgan ovoz to'lqinlariga,ta'sir ko'rsatadi. Ish joyiga o'rnatilganda, mikrofon bu stolda o'tirgan o'quvchining ovozini ushlaydi, telefon va mikrofon eshitish vositasi kuchaytirgichga ulangan.. Ish stantsiyasiga audio-faol asboblar bilan jihozlangan qurilmalar bilan bir xil turdagi telefon va mikrofon eshitish moslamasi ulanadi. Mikrofondan foydalanib, talaba nutqini yozadi
Til laboratoriyalarida siz bir vaqtning o'zida turli mavzularni o'rganishingiz va har qanday ta'lim dasturidan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun kompyuterda kerakli dasturni yuklab oling, chunki spiker tizimi alohida va guruh seanslari uchun mo'ljallangan. Raqamli diktofonlar so'zlashuv nutqini tezda o'rganish imkonini beradi
Foydalangan adabiyotlar:
Fan o'qituvchisining ma'ruzasi;
Talabaning bilimi;
Internet tarmoqlari, Wikipedia;
Download 85.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling