Asosiy adabiyotlar
Evans V., Dooley J., Wright S. Information Technology. Express Publishing
Gromov Yu.Yu. Informatsionnыe texnologii. Tambov 2015
Zaxarova I.G. Informatsionnыe texnologii v obrazovanii. Moskva ACADEM'A 2003
David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Examinations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.
Stelle Cottrell, Neil Morris Study Skills Connected. Buyuk Britaniya/Palgrave Macmillan
II-semestr
10-11-Mavzu: O’quv audio va video materiallarni yaratish va
ishlov berish (4 soat)
Reja:
Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi tahrirlagichlar(dasturlar) haqida;
Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayllarni yaratish;
Windows muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlar va ulardan foydalanish;
Ma’lum bir mavzu bo’yicha ssenariy tuzish.
Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz. Ya’ni musiqa eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni, yangiliklarni tomosha qilamiz. Bunday axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar yordamida yaratilgandir. Shu singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham ko’pincha bunday ma’lumotlarga murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan holda yaratilgan materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi.
Interaktiv vositalar axborotni taqdim qilishning turli xil vositalarini - tekst, statik va dinamik grafiklar, video va audio yozuvlarni bir butun majmuaga birlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu esa ta’lim oluvchini o’quv jarayonida faol ishtirokchi bo’lishiga yo’l beradi, modomiki, axborotlarni taqdim qilish ta’lim oluvchining harakatiga muvofiq javob sifatida yuz beradi.
Multimediadan foydalanish axborotni o’zlashtirishning o’ziga xos hususiyatlarini maksimal darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim oluvchiga komypyuter vositasida o’quv axborotlarini etkazib berishda juda ham muhimdir. Yaratilayotgan ko’pchilik elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. Ular fotosur’atlar, tovushli fragmentlar va albatta, animatsiya va video bo’lishi mumkin.
Audio va video fayllarni yaratish yoki qayta ishlash ya’ni ularga ishlov berish uchun maxsus dasturlar(tahrirlagichlar) kerak bo’ladi. Hozirgi kunda bunday dasturlarning turi juda ko’p. Quyida biz ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |