Yosh Kimyogarlar


Download 124.49 Kb.
bet1/54
Sana08.01.2022
Hajmi124.49 Kb.
#238268
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
kimyo togarak ishlanmasi



Yosh Kimyogarlar” to’garaklari
Kimyo to’garagi − o’quvchilar Kimyodan darsdan tashqari bajaradigan ishlarning bir turidir. Bunday to’garaklarda, ayniqsa, Kimyoga qiziquvchi o’quvchilar ishtiyoq bilan shug’ullanishadi. Mamlakatimizda maktablar, o’quvchilar saroylarida, uylarida o’n minglarcha Kimyo to’garaklari ishlab turibdi. Kimyo to’garaklaridagi ishning shakli turli-tuman bo’lishi mumkin, bular–eksperimental tadqiqotlar o’tkazish, Kimyo asboblarini loyihalash va yasash, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlash, ommaviy tadbirlar uyushtirish va hokazolar. Ma’lumki, inson qobiliyati faqat uning faoliyati bilangina rivojlanadi. Kimyo to’garagi turli-tuman, qiziqarli mustaqil ishlar uchun imkoniyat yaratib, faol ijodiy shaxsning shakllanishiga yordam beradi. Kimyo to’garagining oldiga qo’ygan maqsadlari ko’p jihatdan uning a’zolari sostavi bilan belgilanadi. To’garakdagi mashg’ulotlar oltinchi va yettinchi sinf o’quvchilarida Kimyoga qiziqish uyg’otadi, o’quvchilar Kimyo fanining hayot bilan, ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi bilan uzviy aloqasini yaxshiroq tushuna boshlaydilar. VIII-X sinf o’quvchilari oldiga kengroq vazifalar qo’yiladi. Yuqori sinf o’quvchilari Kimyoda qo’llaniladigan tadqiqotlar metodlari bilan tanishadilar, o’lchash asboblarini ishlatishni o’rganadilar, olgan bilimlarini Kimyo asboblari va texnik qurilmalar yaratishga tatbiq qiladilar. Bularning hammasi o’quvchilarda mustaqil ishlash ko’nikmalari hosil qilishga, ularning ixtisos tanlashlariga yordam beradi. Kimyo to’garaklarida o’quvchilar ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyot bilan ishlashga, o’z bilimlarini mustaqil oshirishga, ilmiy axborot oqimi ichidan keragini tanlab olishga o’rganadilar. Kimyo to’garagi mashg’ulotlarida so’zga chiqish uchun o’quvchilar turli mavzularda dokladlar, referatlar tayyorlaydilar. To’garakda Kimyodan turli masalalar yechiladi. Maxsus mashg’ulotlar asboblar, modellar, ko’rgazmali o’quv qurollari yasashga, yangi asboblarni loyihalashga, radiouzellarga texnika xizmati ko’rsatish va h.k. ga bag’ishlanadi. To’garakdagi ishlar Kimyo darslarida olgan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda, masalan, asbob va modellar yasashda qo’llashga imkon beradi. Asboblar yasash o’quvchilarda konstruktorlik qobiliyatini, o’z quli bilan narsalar yasash layoqatini o’stiradi, bu esa Kimyoni haqiqiy ravishda chuqur tushunib olishda juda muhimdir. Konstruktorlik ishi optimal yechimlarni izlashni, to’siqlarni ijodiy bartaraf qilishni talab qiladi. To’garaklar o’z faoliyatini yo, masalan, maktab Kimyo kursiga yordam beradigan, uni chuqurlashtiradigan programma yoki o’quvchilarni qiziqtiradigan masalalar bo’yicha tashkil qilishi mumkin. To’garaklar ishida gruppaviy va individual mashg’ulotlar sistemasidan foydalaniladi: bir gruppa asbob va modellarni loyihalaydi, ikkinchi gruppa ilmiy-ommabop adabiyot ustida ishlaydi, dokladlar tayyorlaydi, uchinchisi masalalar yechadi. Ishlarni shu tariqa tashkil qilish to’garak a’zolarining qiziqishlarini to’laroq hisobga olishga imkon beradi. To’garak a’zolarining eng yaxshi ishlari turli texnika ijodi ko’rgazmalari, yakunlash kechalari yoki konferensiyalar uchun tanlab olinadi

.


Yosh kimyogarlar ” fan to`garagining a`zolari haqida umumiy ma`lumot.





Download 124.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling