O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand fililali
Download 58.89 Kb.
|
Мikroiqtisodiyot syllabus 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MIKROIQTISODIYOT FAN SILLABUSI
- Shifri Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari nomi Bilim
- Ta’lim sohasi: 310 000 – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar
- Bilim sohasi: 400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq
- Samarqand – 2022 FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT Fan kodi: MICROE 6 Fan nomi: Mikroiqtisodiyot Semestr/yil: 3-semestr/ 2022-2023 o‘quv yili
- Ma’ruza Amaliy mashg‘ulot Laboratoriya Mustaqil ta’lim
- Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi
- Kafedra joylashgan joyi
- I. Fan tavsifi
- III. Ta’lim berish natijalari
- tasavurga ega bo‘lishi ;
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILILALI
MIKROIQTISODIYOT FAN SILLABUSI
Samarqand – 2022 FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT Fan kodi: MICROE 6 Fan nomi: Mikroiqtisodiyot Semestr/yil: 3-semestr/ 2022-2023 o‘quv yili Kafedra: “Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” kafedrasi Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan Prerekvizitlar: Fan uchun mas’ul kafedra: “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi O‘QITUVChI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT O‘qituvchilar: Ma’ruza mashg’ulotlari i.f.n., dots. Ahrorov F.B., PhD,. Janzakov B.Q; amaliy mashg‘ulotlar – ass. F.Norbekov, ass. I.Umirov. Kafedra joylashgan joyi: TDIU SF, 1-o‘quv binosi, 409 A-xona Telefon: 71-239-28-20 ish telefoni E-mail: fahrorov@yahoo.com Talablarni qabul qilish vaqti: Talabalar darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi bilan uchrashish uchun o‘qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin. I. Fan tavsifi Mikroiqtisodiyot iqtisodiy fanlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sanalanadi va mazkur kursning maqsadi mikroiqtisodiy nazariyaning asosiy mavzularini chuqurlashtirilgan darajada muhokama va tahlil qilishdir. Kurs iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha boshlang‘ich kurslarni tugatgan va matematikadan ma’lum bilimlarga ega bo‘lgan talabalarga mo‘ljallangan. II. Fanning maqsadi Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga mikroiqtisodiy muammolarni tavsiflash qaysi nazariy modelga mos kelishini tanlash va ularga nazariy modellarni iqtisodiy hodisalarga nisbatan mustaqil qo‘llay olish uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Kerakli usullar va natijalarning qo‘llanilishini yaxshiroq nazorat qilish uchun talabalardan keyingi darslarda muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan amaliy va vaziyatli topshiriqlarni bajarish talab qilinadi. Shuningdek, darslik yoki boshqa manbalarni mustaqil o‘qish, olingan nazariy bilimlarga asoslanib tadqiqotlar o‘tkazish va olingan ilmiy natijalarga tayanib taqdimotlar o‘tkazish talab qilinadi. III. Ta’lim berish natijalari “Mikroiqtisodiyot” bo‘yicha bakalavriat ta’lim bosqichi talabalarining bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy asoslari; induksiya va deduksiya, pozitiv va normativ tahlil, iqtisodiy-matematik modellar; iqtisodiy ehtiyoj tushunchasi; resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi - iqtisodiyotning bosh masalasi talab va taklif modeli asosida taqchil resurslarning taqsimlanish mexanizmi; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarning asosiy xususiyatlari va firmalarning ushbu bozorlardagi harakat qilish qoidalari; ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlari turlari, tavakkalchilik va uni oldini olish hamda pasaytirish yo‘llari, bozor sharoitida narxlarning qanday shakllanishi; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashish yo‘nalishlari va ularning oqibatlari; mehnat, kapital va er bozorining ishlash mexanizmi haqida tasavurga ega bo‘lishi; iqtisodiyotda tanlov masalasi, muqobil tanlov va muqobil xarajatlar va ularni aniqlash; resurslar va ne’matlarni taqsimlashning bozor mexanizmi: iqtisodiy doiraviy aylanish modeli; talab va taklifni tahlil qilish; talab va taklif elastikligi; iste’molchilarni afzal ko‘rishlari va hatti-harakatlari; individual va bozor talabi; ishlab chiqarish omillari va xarajatlari; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash; bozor sharoitida narxning shakllanishi mexanizmi aniqlash; har xil bozor tuzilmalarida firmalarning harakat qilishini belgilash; bozorning ishlash samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; foydani maksimallashtirish va raqobatli taklif; ishlab chiqarish omillari bozori; aholi daromadlari va ularni taqsimlanishini Djin koeffitsienti bo‘yicha baholash, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorda firmalar harakatini tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Download 58.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling