O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Turli fondlardan yig‘ib olingan hujjatlar


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

Turli fondlardan yig‘ib olingan hujjatlar. O‘zbekiston Respub-
likasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi-
da, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy tarix arxivida, Buxoro o‘lkashu-
noslik muzeyi va Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro kutubxonasida 
saqlanayotgan hujjatlar: farmonlar, hukmnomalar, inoyatnomalar, vasi-
qalar, oldi-sotdi haqidagi hujjatlar va ajrimlardan iborat hujjatlarni yuqo-
rida nomi tilga olingan O.D.Chexovich tarafidan 51 nafarini tanlab 
olingan va rus tiliga tarjima qilib, matni bilan qo‘shib, 1954-yili “Доку-
менты к истории аграрных отношений в Бухарском ханстве XVII-
XIX вв.” nomi bilan alohida kitob qilib chop etilgan. 
Kitobda keltirilgan hujjatlar ashtarxoniy hukmdorlardan Imomquli-
xon (1611-1642) bilan Ubaydullaxon II (1702-1711), mang‘it amirlari-
dan Haydar, Amir Muzaffar va Nasrullaxonlarning farmonlari (hukm-
nomalari) XVII asrda o‘tgan yirik yer va mulk egalari bo‘lmish Yalang-
to‘shibiy, Olloyor devonbegi, Odina Muhmmadjonlarga tegishlidir. 
Hujjatlar yer-suvni soliqlar va jarimalardan ozod qilish, yerni so-
tish, garovga qo‘yish (vasiqai joiz), yerni sotib olish va uni imtiyozli 
mulkka aylantirish (vasiqai mubodila), yerni in’om qilish (vasiqai 
baxshish), tanhoh, mulkni ijaraga berish (vasiqai ijara), ma’lumot yet-
kazish (ariza) va boshqa masalalar haqidadir. Ularning alohida xiroj 
olinadigan va davlat yerlarini mulki hurri-xolisga aylantirish ya’ni 
soliqlardan xolis etish hollari ham uchraydi. 
XVII-XIX asrlarda “Buxoro xonligidagi agrar munosabatlar tari-
xiga doir hujjatlar” deb atalgan ushbu to‘plam o‘sha davrdagi ijtimo-
iy-iqtisodiy tarixini o‘rganishda muhim manba vazifasini o‘taydi. 
Quyida mazkur to‘plamdan misollar keltiramiz.  

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling