Kirish asosiy qism I bob. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish


Download 94.44 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi94.44 Kb.
#1615572
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to‘ldirish


KIRISH
ASOSIY QISM
I BOB. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish.
1.1. Arxivlarni komplektlash tushunchasi.
1.2. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to‘ldirishni tashkil etish

II BOB. Arxivlarni yangi xujjatlar bilan to‘ldirish manbalari
2.1. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to‘ldirishni tashkil etish.
2.2. Yangi hujjatlarni qimmatlik darajasini aniqlash
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Arxiv (lot. archivum, yun. archeion – muassasa) – 1) hujjatlar saqlanadigan joy; 2) idoralar, tashkilotlar, shuning-dek ayrim shaxslar ish faoliyati davomida toʻplangan hujjatlar majmui. Qadimgi oʻzbek davlatlarida 3–4-asrlardayoq mar-kazlashgan hamda xususiy hujjatxonalar mavjud edi; temuriylar (14–15-asr), keyinchalik Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklari davrida saroy arxiv-kutubxo-nalari boʻlgan. 1919-yil 5-noyabr Turkiston Respublikasi Yagona Davlat Arxiv jamgʻarmasi (YADAJ) va Maorif Xalq komissarligi qoshida Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi (AIMB), 1930-yildan Oʻzbekiston Markaziy Arxiv boshqarmasi (OʻzMAB) vujudga keldi.1931-yilda Oʻzbekiston YADAJ boʻlimlari oʻrniga Markaziy arxiv (MA), Oʻzbekiston Markaziy Tarix arxivi (OʻzMTA), 1943-yilda. Oʻzbekiston kinosurat-ovozli hujjatlar Markaziy Davlat arxivi, 1962-yilda Oʻzbekiston Markaziy davlat tibbiyot arxivi (1965-yildan Oʻzbekiston Tibbiyot va texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi) tashkil etildi. Arxivlar ishlarini uygʻunlashtirish va boshqarish uchun 1959-yilda Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi qoshida A boshqarmasi tuzildi. 1961-yildan mazkur Boshqarma Arxivlar Bosh boshqarmasiga aylantirilib, Oʻzbekiston Ministrlar Sovetiga boʻysundirildi. 1992-yil 19-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi deb nomlandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat Arxivlari hamda muassasalar tasar-rufidagi Arxivlar unga boʻysunadi. Oʻzbekiston Respublikasida jami 77 davlat Arxivi boʻlib, ularda 6 mln.ga yaqin hujjatlar, jumladan 360 mingdan ortiq surat hujjatlari, 14 mingga yaqin ovozli hujjatlar, 17,5 mingga yaqin kinohujjatlar saqlanadi (1999). Markaziy davlat arxivida 13-asrdan boshlab shu bugungacha boʻlgan hujjatlar bor. Oʻzbekiston rassomlarining ishlari Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Badiiy jamgʻarmasi, shaxsiy guplam va muzeylardan oʻrin olgan.

Download 94.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling