Lot archivum, yun archeion muassasa 1 hujjatlar saqlanadigan


Download 68.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi68.75 Kb.
#1468146
  1   2
Bog'liq
Arxiv - Vikipediya



Arxiv
Arxiv (lot. archivum, yun. archeion —
muassasa) — 1) hujjatlar saqlanadigan
joy; 2) idoralar, tashkilotlar, shuning-dek
ayrim shaxslar ish faoliyati davomida
toʻplangan hujjatlar majmui. Qadimgi
oʻzbek davlatlarida 3-4-asrlardayoq mar-
kazlashgan hamda xususiy hujjatxonalar
mavjud edi; temuriylar (14-15-asr),
keyinchalik Qoʻqon, Buxoro va Xiva
xonliklari davrida saroy arxiv-kutubxo-
nalari boʻlgan. 1919-yil 5-noyabr


Turkiston Respublikasi Yagona Davlat
Arxiv jamgʻarmasi (YADAJ) va Maorif
Xalq komissarligi qoshida Arxiv ishlari
Markaziy boshqarmasi (AIMB), 1930-
yildan Oʻzbekiston Markaziy Arxiv
boshqarmasi (OʻzMAB) vujudga
keldi.1931-yilda Oʻzbekiston YADAJ
boʻlimlari oʻrniga Markaziy arxiv (MA),
Oʻzbekiston Markaziy Tarix arxivi
(OʻzMTA), 1943-yilda. Oʻzbekiston
kinosurat-ovozli hujjatlar Markaziy Davlat
arxivi, 1962-yilda Oʻzbekiston Markaziy
davlat tibbiyot arxivi (1965-yildan
Oʻzbekiston Tibbiyot va texnika hujjatlari
Markaziy davlat arxivi) tashkil etildi.
Arxivlar ishlarini uygʻunlashtirish va
boshqarish uchun 1959-yilda Oʻzbekiston


ichki ishlar vazirligi qoshida A
boshqarmasi tuzildi. 1961-yildan mazkur
Boshqarma Arxivlar Bosh
boshqarmasiga aylantirilib, Oʻzbekiston
Ministrlar Sovetiga boʻysundirildi. 1992-
yil 19-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh
arxiv boshqarmasi deb nomlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat
Arxivlari hamda muassasalar tasar-
rufidagi Arxivlar unga boʻysunadi.
Oʻzbekiston Respublikasida jami 77
davlat Arxivi boʻlib, ularda 6 mln.ga yaqin
hujjatlar, jumladan 360 mingdan ortiq
surat hujjatlari, 14 mingga yaqin ovozli
hujjatlar, 17,5 mingga yaqin kinohujjatlar
saqlanadi (1999). Markaziy davlat


arxivida 13-asrdan boshlab shu
bugungacha boʻlgan hujjatlar bor.
Oʻzbekiston rassomlarining ishlari
Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Badiiy
jamgʻarmasi, shaxsiy guplam va
muzeylardan oʻrin olgan. Toshkent,
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon va
boshqa shaharlarda Muqimiy, Furqat,
Avaz, Hamza, Ayniy, Muxtor Ashrafiy,
Abdulla Qahhor, Fafur Gʻulom, Oybek,
Hamid Olimjon va boshqalarning baʼzi
Arxiv materiallari ular uy-muzeylarida
jamlangan. Oʻzbekistonda A.larni
shakllan-tirish, saqlash va ulardan
foydalanishda yuzaga keladigan
munosabatlar hamda Oʻzbekiston
Respublikasi Arxiv muassasalari faoliyati


Oʻzbekiston Respublikasining „Arxivlar
toʻgʻrisida“gi qonuni (1999-yil 15-aprel)
bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun
Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan
barcha Arxiv hujjatlarini toʻliq qamrab
olishga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy
arxiv fondining yaxlit-ligini saqlab
qolishga va fuqarolar, jamiyat va
davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va
boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida
Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza
qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, butlash
hamda ulardan foydalanishning yagona
tartibini belgilashga qaratilgan. Konunga
koʻra, hujjatlarda Oʻzbekiston xalqining
moddiy va maʼna-viy hayoti aks ettirilgan
barcha Arxiv fondlarining majmui


Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Arxiv
fondi deb hisoblanadi. Oʻzbekiston
Respublikasi Milliy Arxiv fondi davlat va
nodavlat Arxiv fondlaridan tashkil topadi.
Davlat Arxivlarida va davlatning boshqa
hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan
hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarida, prokuraturalar,
sudlar, banklarda, davlat korxonalari,
muassasalari va tashkilotlarida,
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik
vakolat-xonalari va konsullik
muassasalarida vaqtincha
saqlanayotgan Arxiv hujjatlari davlat
Arxiv fondini tashkil etadi. Nodavlat
yuridik shaxslarning faoliyati natijasida
toʻplangan Arxiv hujjatlari, shuningdek


fuqarolarning shaxsiy Arxivlarino davlat
Arxiv fond imi tashkil etadi. Hujjatlarni
Oʻzbekiston Respublikasining Milliy arxiv
fondiga kiritish yoki hujjatlarni undan
chiqarish ekspert komissiyasining
xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlarning qimmatliligini aniqpash
mezonlarini, ekspert komissiyalarini
tuzish va ularning faoliyat koʻrsatish
tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv
boshqarmasi belgilaydi. Arxiv uchun
mutaxassis xodimlar Toshkent
madaniyat institutida hamda Oʻzbekiston
milliy universiteti tarix fakultetida
tayyorlanadi. Raʼnoxon Fayziyeva.


OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Download 68.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling