Mustaqil ish
Mavzu: inson organizimiga salbiy ta’sir etuvchi zararli odatlar
Reja: Alkogol ichimligi zararI VA OQIBATLARI ORGANIZMGA SALBIY TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Toshkent 2023
inson organizimiga salbiy ta’sir etuvchi zararli odatlar
Tibbiyot amaliyotida spirtli ichimliklarga, sigaret chekishga, narkotik va toksik moddalarga ruju qo’yish zararli odatlarga kiradi. Spirtli ichimlikka ruju qo’yish asta-sekin mastlik va so’ng alkogol holat bilan tugaydi. Hozirgi vaqtda ichimlik ichish, alkogol holatga tushish kam bo’lsada yoshlar (o’quvchilar, talabalar) o’rtasida ham uchrab turganligi sir emas. Shu sababli bu salbiy holatga qarshi kurashish, uni oldini olish har bir davlatning har doim birinchi darajali vazifalaridan bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Bu tadbirlarga xukumat darajasida e’tibor qaratilishi juda muhimdir. Chunki xalq sog’ligi, o’sib kelayotgan yosh avlodlar sog’ligini saqlab qolish nuqtai nazaridan asoslanadi.
Bunday salbiy holatlarga nisbatan jiddiy qarshi kurash tadbirlarini doimiy olib bormaslik aholining ma’lum qatlami orasida narkotik, toksik kabi moddalarga ruju qo’yishga olib keladi. Buning natijasida narkotik moddalarni iste’mol qilish kengayadi. Yoshlardagi bunday zararli odatlar irsiyat orqali ham ota-onadan, oila muhitidan farzandga o’tishi mumkinligi tibbiy ekspyertizalarda ham aniqlangan.
Rossiya mamlakatining tibbiy statistikasi so’ngi yillarda mamlakatda
yurak-qon tomirlari, onkologik kabi og’ir kasalliklarni;
o’limni;
zararli odatlarga ega bo’lgan fuqarolar o’rtasida jarohatlanishlarni sezilarli darajada oshganligini ko’rsatadi.
Buning natijasida o’rtacha umr yoshi pasayganligini (ayniqsa yerkaklarda 58 yoshgacha) ko’rsatmoqda. Ushbu statistika hayotdan ko’z yumgan odamlarning 50 foizi zararli odatlar bilan shug’ullanib kelgan kishilar ekanligini tasdiqlaydi.
Alkogol ichimliklarni inson organizmiga ta’siri qadim zamonlardan juda asosli o’rganilgan. XIX asrdayoq taniqli nemis shoiri Gyote o’zining maqolalarining birida: «Vino odamlarning tan sog’ligini o’ldiradi, aqliy qobiliyatini o’ldiradi, oilaviy iqtisodiy sharoitini o’ldiradi va bulardan ham eng dahshatlisi inson qalbini va ularning avlodini o’ldiradi» deb yozib qoldirgan. XX asrning boshlarida amyerikalik yozuvchi D.London quyidagicha yozadi. «Alkogol – bu insonni yoshligini kemiradigan, kuchini yo’qotadigan, energiyasini yakson qiladigan, odamni tug’ilishdagi eng yorqin rangini o’ldiradigan, qadimdan insoniyatni tirik o’likka aylantirishga, undan jirkanch nusxa yasashga kirishgan takabburlikning tug’ilishidir». SHu sababli bu jirkanch illat bilan qarshi kurashish har bir ta’lim muassasasida, oilada ma’naviy ishlarni yuksak darajada yo’lga qo’yish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Alkogol ichimliklar asosan (S2N5ON etil spirtdagi) etanolning narkotik ta’siri uchun iste’mol qilinadi. Uning kichik dozasi kayfiyatni ko’tarish orqali organizmda o’yg’oqlik baxsh etadi, ko’prog’i o’zini nazorat qilishni kuchsizlantiradi va bo’shashishga olib keladi. Inson alkogol ichimlik iste’mol qilganda uning katta qismi qonga oshqozon orqali, kichik qismi esa qizil unga ch orqali so’riladi. Alkogol ichimlikning qonga so’rilish tezligi bu ichimlikning konsentrasiyasiga bog’liq bo’ladi. Gazaksiz ichilgan alkogol ichimliklar qonga juda tez so’riladi. Ovqat alkogolni qonga so’rilishini sekinlashtirib, uning qondagi miqdorini 2 baravar kamaytiradi. Kuchli charchash, miya jarohati, ruhiy kasallik, zaharlanish, infeksiyalar alkogolga organizm qarshiligini pasaytiradi, iflos havo, yuqori harorat va uni birdan o’zgarishi mast bo’lish vaqtini tezlashtiradi. Qonga so’rilgan alkogol asosan jigarda va kam darajada qonda qayta ishlanadi.
Faqat 6 dan 10 % gacha alkogol o’zgarmagan ko’rinishda buyraklar, teri bezlari va o’pka orqali ajraladi. Alkogolni tanada oksidlanish tezligi 1 kg og’irlikka soatiga 100 g ni tashkil etadi. Bunday tezlikda organizm tomonidan (etarli gazak bilan) iste’mol qilingan 1 shisha alkogolni qayta ishlash uchun taxminan bir kun talab etiladi.
Har qanday tarkibdagi alkogol spirtli ichimliklar dori bo’laolmaydi, bakteriya va viruslarni o’ldira olmaydi. Spirtli ichimliklar bilan o’zini davolash yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Alkogol ichimlik hujayralarni yangilash uchun zarur moddalarni qonga o’tishiga to’sqinlik qiladi. Vrachlar alkogol ichimlikni markaziy asab sistemasiga ta’sir qiluvchi zahar deb hisoblashadi. Bu ta’sir natijasida bosh miya qatlamida tormozlash jarayoni kuchsizlanadi va insonda o’z xarakterini nazorat qilish birdan pasayadi.
Alkogolga ruju qo’ygan insonlarda uni iste’mol qilmaydigan odamlarga nisbatan yurak-qon tomirlar kasalligiga chalinish 2 baravar, ovqat hazm qilish organi kasalligiga 18 baravar, nafas olish organlari kasalligi 4 baravar bo’lishi ma’lum. Alkogolni yerkaklarning jinsiy organlariga salbiy ta’siri etishi, hatto uning funksiyasini butunlay to’xtashiga ham sabab bo’lishi aniqlangan. Tibbiyot statistikasi ko’rsatadiki, alkogol inson organizmi immuniteti sitemasi faolligini pasaytiradi, buning natijasida alkogol odamlar ko’pincha og’ir kasallanadi, ko’pchilik kasalliklari surunkali formaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |