«TBilling» telefoniya xizmatlari yagona billing tizimidan foydalanishning axborot modeli
Download 310.01 Kb.
|
TBilling
«TBilling» – telefoniya xizmatlari yagona billing tizimidan foydalanishning axborot modeli 27.10.2016 Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar. Muallif: Jurnal tahririyati. Mamlakatimiz istiqlolining ilk yillaridayoq O‘zbekiston Respublkasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Biz yaqin yillar davomida aloqa va telekommunikatsiya rivoji bo‘yicha jahon standartlari darajasiga ko‘tarilishimiz lozim. Rivojlangan kommunikatsiya tizimi bo‘lmasa, O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmaydi. Biz buni aniq his qilishimiz lozim”, — deya ta’kidlagan edi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni jahon standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi (AK) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 253-sonli qaroriga muvofiq «O‘zbektelekom» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va uning vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda «O‘zbektelekom» AK filiallari uchun korporativ dasturiy ta’minot (ya’ni «TBilling» tizimi) ishlab chiqildi. «O‘zbektelekom» AK «Billing Telekom» filialida faoliyat ko‘rsatayotgan «TBilling» — telefoniya xizmatlari yagona billing tizimining asosiy maqsadi zamonaviy ishonchli va xavfsiz ma’lumotlar axborot bazasini yaratish, axborot resurslari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, kompaniya bo‘linmalarida axborot almashishning elektron shakliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash, xizmat ko‘rsatishning yagona korporativ tizimini yuritish, aholiga ko‘rsatilayotgan telefoniya xizmatlari uchun to‘lovlarni real vaqtlarda ko‘rish, abonentlarga to‘lov uchun hisob-varaqalarini chiqarishdan iborat. Billing tizimining funksional vazifalari asosan 3 turga bo‘linadi: 1) Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalar. 2) Axborot xizmatlari. 3) Moliyaviy xizmat ko‘rsatish. Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalarga — xizmatlarni aniqlash — qo‘ng‘iroqlar haqida batafsil ma’lumot olish, kommutatsion uskuna orqali olingan trafikdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berish, iste’molni baholash — iste’mol haqidagi hisob-kitob xususiyatlarini aniqlash, abonentlar uchun to‘lovlarni shakllantirish, tuzatishlar, to‘lov varaqalarini taqdim etish, yetkazib berish yoki abonentlarni to‘lov varaqalari bilan tanishtirishni ta’minlash, abonentlarning shaxsiy hisob-raqamlarini boshqarish kabi vazifalar kiradi. Axborot xizmatlari esa — abonentlar haqidagi operativ ma’lumotlarni qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy hisob-kitob haqidagi ma’lumotlarni abonentlarga taqdim etish, abonentlarga xabar berish, abonentlar holati va xizmatlarini boshqarishdan iboratdir. Moliyaviy xizmat ko‘rsatish — bu to‘lovlarni qayta ishlash, abonentlarning debitorlik qarzlarini undirish va jarayonlarni boshqarishdan iborat. «TBilling» telefoniya yagona billing tizimining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
«TBilling» tizimidan foydalanish uchun quyidagi URL-manziliga murojaat qilinadi: http://uzonline.uzbilling.uz:88/billing Download 310.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling