Poytug‘ telekommunikatsiyalar bog‘lamasida texnologiyasi o‘zgarayotgan abonentlarga nofaol abonentlardan qaytarilgan modemlarni bepul taqdim etish to‘g‘risida
Download 10.88 Kb. Pdf ko'rish
|
2fe556ba-dc46-4127-8035-2c0be0b8e4b8
Poytug‘ telekommunikatsiyalar bog‘lamasida texnologiyasi o‘zgarayotgan abonentlarga nofaol abonentlardan qaytarilgan modemlarni bepul taqdim etish to‘g‘risida Kompaniyaning abonentlarning ulanish texnologiyasini o‘zgartirishda hamda avval o‘rnatilgan OLT qurilmasini boshqa ishlab chiqaruvchi (vendor)ning qurilmasiga almashtirishda abonentlarga abonent qurilmalarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi 2022-yil 16-sentabrdagi 354- son buyrug‘iga ko‘ra telefoniya xizmatidan va xDSL texnologiyasi bo‘yicha (MSAN/DSLAM) Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarni FTTb, FTTH va xPON texnologiyalariga o‘tkazishda abonentlarga nofaol holatda bo‘lgan abonentlardan qaytarilgan, ishchi holatda bo‘lgan abonent qurilmalari bepul taqdim etilishi keltirilgan. Mazkur buyruq bo‘yicha Poytug‘ telekommunikatsiyalar bog‘lamasining 22 nafar abonentini OLT qurilmasiga olib o‘tish maqsadida: 1.Andijon shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi (M. Usmanxodjaev), Poytug‘ telekommunikatsiyalar bog‘lamasi (F.Shermatov) va Ommaviy sotuvlar va xizmat ko‘rsatish monitoring bo‘limi (M.Xurmatov)larga: - mazkur farmoyish ilovasiga muvofiq ajratilgan 22 dona nofaol mijozlardan qaytarilgan ishchi holatdagi abonent qurilmalarini Andijon shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi omboridan olib ketib, o‘rnatilgan tartibda qabul qilinishi ta’minlasin (tashish qoidalariga amal qilgan hamda zarar yetkazmay, nobud qilmay va to‘liq saqlanishini ta’minlagan holda). 2. Poytug‘ telekommunikatsiyalar bog‘lamasi (F.Shermatov)ga: - Poytug‘ telekommunikatsiyalar bog‘lamasining 22 nafar abonentlarini billing tizimida texnologiyasini o‘zgartirib, nofaol abonentlardan qaytgan modemlarni ularga bepul taqdim etilishini ta’minlasin. 3. Bosh buxgalter v.v.b. I.Zokirjonovga: - ajratilgan qurilmalar bo‘yicha “1C: Предприятие” dasturida tegishli o‘tkazmalar hamda hisobotlar yuritilishini ta’minlasin. 4. Ommaviy sotuvlar va xizmat ko‘rsatish monitoringi bo‘limi (M.Xurmatov)ga: - Poytug‘ telekommunikatsiyalar bog‘lamasining 22 nafar abonentlariga nofaol abonentlardan qaytgan modemlarni SBMS billing tizimiga kiritilishini nazoratga olinishini ta’minlansin. 5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish direktor o‘rinbosari (tijorat masalalari bo‘yicha) Sh. Turg‘unov zimmasiga yuklatilsin. Farmoyishni tayyorlagan: Ommaviy sotuvlarlar va xizmat ko`rsatish monitoringi bo`limi boshlig`i M.Xurmatov KELIShILGAN Direktorning texnik masalalar bo`yicha o`rinbosari A.Toshmatov Direktorning tijorat masalalari bo`yicha o`rinbosari Sh.Turgunov Bosh buxgalter I.Zokirjonov Yetakchi yuriskonsult B.Isakov Download 10.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling