Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishning ilmiy


Download 0.94 Mb.
bet1/25
Sana16.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1509787
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
BMI 123


Sanoat tarmoqlarida korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish asoslari”




MUNDARIJA

BET












I BOB

KIRISH…………………………………………………………
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI TASHKIL ETISHNING ILMIY
ASOSLARI …………………………………………………….

3
8

1.1.

1.2.

1.3.


Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish, xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari ..................................................................
Aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruvni tashkil etishning nazariy asoslari va rivojlanish bosqichlari …………
Aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruvning huquqiy- meyoriy asoslari va xalqaro amaliyoti (modellari)……………

8


16

23




II BOB

I bob b`yicha xulosa……..……………………………………
"ANDIJON DON MAHSULOTLARI" AKSIYADORLIK JAMIYATIDA KORPORATIV BOSHQARUV VA UNING MOLIYAVIY-
IQTISODIY HOLATI TAHLILI……………………………..

31
32

2.1.

2.2.


“ ANDIJON DON MAHSULOTLARI” aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruvning tashkiliy tizimi va uning tahlili…………………
Korxonaning moliyaviy –iqtisodiy holati tahlili va uning yangi boshqaruv tizimi bilan bog`liqligi ………………………………

32


39

2.3.

Yangi joriy etilgan boshqaruv tizimi samaradorligi tahlili……

44



III BOB

3.1.

3.2.


II bob bo`yicha xulosa…………………………………………
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV
BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISH YO`LLARI….
Aksiyadorlik jamiyatida dividentni oqilona joriy tashkil etish yo`lanishlari……………………………………………………
Aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruvni takomillashtirish yo`llari…………………………………………

57


59

59


68




III bob bo`yicha xulosa…...……………………..………………

73




XULOSA ……………………..………………..........................

75




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………..

79




ILOVALAR……………………..………………......................

84

KIRISH




Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ boshqaruvni takomillashtrish yo`llari, va korporativ boshqaruv standartlarini kiritishda rag`batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ko`rsatmoqda.
Shunday ekan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini tashkil etish hamda ushbu tizimni takomillashtirish yo`llarini o`rganish muhim vazifalardan biri sanaladi. Binobarin, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o`zgartirishimiz uning haqiqiy bozor xususiyatlariga ega bo`lishini ta’minlash va konservativ qarashlardan xalos bo`lishida katta hissa bo`ldi.”1
Korxonalarni korporativ boshqarish bo`yicha ilg`or xalqaro tajribani o`rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 ta yangi toifa kiritildi.

Ana shu klassifikator asosida rahbarlar tarkibi attestatsiyadan o`tkazildi. Rahbar kadrlarning korporativ boshqaruvning zamonaviy usul va printsiplari, menejment va marketing bo`yicha bilimlarini baholash ushbu sinovning asosiy maqsadi qilib qo`yildi. Uning natijalariga ko`ra, attestatsiya qilingan 721 nafar
1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvar kungi Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi
rahbar xodimning yarmi – 49 foizi attestatsiyadan o`tgan bo`lsa, ularning har uchinchisi attestatsiyadan shartli ravishda o`tkazilgan, 20 foizi yoki har beshinchi rahbar esa egallab turgan lavozimiga loyiq emas, deb topilgan. Bu raqamlar, tabiiyki, ko`p narsadan darak beradi va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini tubdan o`zgartirishdek muhim ishni o`z vaqtida boshlaganimizni yana bir bor tasdiqlaydi.
Bo`shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega bo`lgan, zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qo`llay oladigan yosh mutaxassislar tayinlandi.
Shu borada Germaniyada joylashgan Evropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini ta’minlash lozim.
Shuni ham aytish joizki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida xalqaro aloqalarning mustahkamlanib borishi samarali korporativ boshqaruv tizimi kengroq joriy qilinishini talab etmoqda. Demak, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish iqtisodiyotning barcha sohalariga investitsiyalarni jalb etishning muhim omili hisoblanadi. Shu bois O`zbekiston Respublikasida o`z milliy korporativ boshqaruv modelini shakllantirish jarayoni boshlang`ich bosqichlarida turganligi sababli korporativ boshqaruvni tadbiq etish va uni kelajakda istiqbolli rivojlantirish, iqtisodiyotning u yoki bu modeli muammolarini hal etishga qaratilishi tadqiqot ishining asosiy vazifalaridan hisoblanadi
Bugungi kunda mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar iqtisodiy negizi keskin o`zgarib bormoqda. Ko`p ukladli iqtisodiyot bo`lganligi uchun turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar amaliy faoliyat olib bormoqdaki, ularning tahlilini olib borish, baholash, ular tuzilmasidagi o`zgarishlarni keng ilmiy tadqiq etish, ular faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni
O`rganish bu borada ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish o`z navbatida dolzarblik kasb etadi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling