Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishning ilmiy


- rasm Korporativ boshqaruv modellari 13


Download 0.94 Mb.
bet9/25
Sana16.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1509787
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
BMI 123

3.1.1- rasm Korporativ boshqaruv modellari 13




Korporativ boshqaruvning Amerika modeli. Korporativ boshqaruvning amerika tizimi xususiyatlari AQShda aksiyadorlik mulkchilikning



13 С.Д. Корпоратив бошқарув механизми: Муаммо ва ечимлар. Моногирафия –Т .Академия, 2007 – 103 б
xususiyatlariga bevosita bog`liqdir. Xususan, amerika korporatsiyalariga boshqa investorlardan ko`ra o`z ta’sirini kuchliroq o`tkaza oladigan yirik investorlarning yo`qligi xosdir.
Bu investorlar qo`llarida 50%dan oshiq kapitalni jamlar ekan, ko`proq moliyaviy menejer sifatida qatnashishga moyilroq bo`lib, direktorlar kengashi ishida qatnashishga intilmaydilar va odatda o`zlari yirik paketga egalik qilgan kompaniyalar uchun mulkchilik huquqidan kelib chiqadigan mas‟uliyatni o`z zimmalariga olishdan o`zlarini olib qochadilar.
Korporativ boshqaruvning tarmoq (yapon) modeli mazmuniga ko`ra Amerika modeliga ham, Germaniya modeliga ham o`xshamaydi, biroq ikkala modelning ayrim xususiyatlarini o`z ichiga olgan:

  • direktorlar kengashi tarkibida mustaqil Direktorlar bo`lmasdan, Kengashning barcha a`zolari yuqori boshqaruv organi vakillari yoki eski boshqaruvchilardir;

- aksiyadorlik sarmoyasini asosan yirik investorlar tashkil qilib, yagona sanoat guruhiga a’zo bo`lgan kompaniyalarning o`zaro aksiyalariga egalik qilish holati muhim o`rin tutadi.

Korporativ boshqaruvning nemis modeli AQShdan farqli o`laroq, Germaniyada aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: barcha aksiyadorlik kapitalining yarmidan ko`pini bir-birining aksiyalariga egalik qilish tizimi o`z ichiga oladi. Shaxsiy investorlar Germaniyada ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalarining taxminan 16% aksiyasiga egalik qiladilar) ular aksiyalarining ko`p qismi taqdim etuvchiga sertifikati ko`rinishiga ega bo`lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig`iga ko`ra, xususiy aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. Shuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo`lgan aksiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig`i) tashkilot-investorlar tomonidan boshqariladi (o`zlari aksiya egalari bo`lmasa ham).
Nemis kompaniyalarining aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlar qo`lida kuchli darajada jamlangan. Natijada, amerikalik kasbdoshlariga nisbatan nemis mulkdorlari va ular kapitalini boshqaruvchi moliya institutlari o`z kompaniyalari bilan ancha yaqin ish munosabatlarida bo`ladilar.
Har bir modelning asosiy belgilari yoki unsurlari - bu aksiyadorlik jamiyati yoki korporatsiyaning asosiy ishtirokchilari, muayyan modelda aksiyalarga egalik qilish tartibi, kuzatuv kengashining tarkibi, qonunchilik doiralari, listinga kiritilgan korporatsiyalar uchun axborotning oshkor etilishiga nisbatan qo`yiladigan talablar, aksiyadorlarning ma’qullashini talab qiluvchi korporativ xarajatlar;



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling