Bob. Korporativ boshqaruv samaradorligini baholash


Download 41.06 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi41.06 Kb.
#1259629
  1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu korporativ

    1. Bob. Korporativ boshqaruv samaradorligini baholash




    1. Korporativ boshqaruv modellarini joriy qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi


Biz yuqorida bir necha bor takrorlab o’tdikki, tegishli tarzdagi korporativ
boshqaruv butun biznes-jarayonlar majmunini optimallashtiradi va natijada kompaniya foydasini oshirishga xizmat qiladi. Biroq quyidagi savol yuzaga keladi: korporativ boshqaruv andozalarini joriy qilishda qanday xarajatlar kuzatiladi va hamma kompaniyalar ham bunday xarajatlarga dosh bera oladimi?
Ko’plab kichik va yirik kompaniyalar uchun korporativ boshqaruv andozalari zaruriy ehtiyoj hisoblanmaydi. Ularning korporativ boshqaruv sohasidagi birlamchi vazifasi amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini yaxshilash hisoblanadi. Aytib o’tish kerakki, korporativ xulq-atvor Kodeksida bayon qilingan andozalarni joriy qilish korxonalar tomonidan aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari ishini ta’minlovchi va nazorat qiluvchi qator qo’mitalar tashkil qilishni, xodimlar shtati ro’yxatiga direktorlar Kengashi va uning qo’mitalari faoliyatiga ko’maklashuvchi korporativ kotib lavozimini kiritishni, direktorlar Kengashi tarkibiga mustaqil direktorlar kiritishni va h.k.ni talab qiladi.
Shu sababli hamma korxonalar ham bu andozalarni xuddi yirik kompaniyalar kabi miqyosda joriy qila olmaydi. Kichik kompaniyalar uchun bunday xarajatlar iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki xizmat ko’rsatish xarajatlari kodeksda joriy qilish talab qilingan boshqaruv organlari faoliyatidan olinadigan daromad miqdoridan solishtirib bo’lmaydigan darajada baland.
Yirik korporatsiyalar andozalarni joriy qilishdan shuning uchun ham ko’proq manfaatdorki, ular birjalarda joylashtiriladigan qimmatli qog’ozlar hisobiga moliyalashtiriladi va tashqi investorlarni jalb qiladi, kompaniyalar esa to’g’ridan- to’g’ri investorlarni qidiradi yoki banklar tomonidan kreditlanadi. Bunday kompaniyalarda korporativ boshqaruv o’ziga xosliklari baribir mavjud, ya’ni kompaniya ta’sischilari tezkor boshqaruvda ishtirok etadi va mulkning bir erda to’planishidan manfaatdor bo’ladi. Bunday vaziyat faqat O’zbekiston uchungina
xos emas. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarda korporativ boshqaruv amaliyoti va uni joriy qilish darajasi xuddi shunday farqlarni ko’rsatmoqda.
Shunday qilib, aytib o’tish joizki, korporativ boshqaruv andozalarini joriy qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi faqat faoliyat miqyosini kengaytirayotgan, nisbatan yirik kompaniyalarda mavjud. Biroq bozor mexanizmining, raqobatning rivojlanishi, yangi investorlarni izlab topish kompaniyani ichki o’sishga, demak, o’zi bilan bir xillar orasida mos ravishda faoliyat yuritishga rag’batlantiruvchi tashqi omillar hisoblanadi.
Lekin shunga qaramay, andozalarni joriy qilish muammolari joriy qilib bo’lingan korporativ boshqaruv andozalariga amal qilish muammolarining ostida qolib ketadi va davlat, davlatlararo va transmilliy maqomga ega bo’lgan yirik korporatsiyalar kundalik amaliyotda joriy qilingan andozalarga rioya qilishda qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Korporativ boshqaruv tegishli amaliyotini ishlab chiqish uchun o’ziga xos kurash korporativ boshqaruvning ayrim mezonlari bo’yicha ham, kompaniya faoliyati umumiy samaradorligi bo’yicha ham yirik kompaniyalar reytingini tuzishda o’z aksini topadi.



    1. Download 41.06 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling