Bob. Korporativ boshqaruv samaradorligini baholash


Download 41.06 Kb.
bet3/4
Sana11.03.2023
Hajmi41.06 Kb.
#1259629
1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu korporativ

S sinfi.

S sinfi korporativ boshqaruv darajasi past bo’lgan, o’z faoliyatida u yoki bu darajada amaldagi qonunchilik talablarining buzilishi va korporativ xulq-atvor
kodeksining asosiy qoidalariga amal qilmaslikka yo’l qo’yadigan kompaniyalarni birlashtiradi. S sinfi kompaniyalariga reyting baholari berish davomida aktsiyadorlar huquqlarini buzish, kompaniya ijroiya organlarining insofsiz faoliyat yuritish va sifatsiz axborot taqdim etish yoki umuman axborot bermaslik risklari aniqlandi. Reyting bahosi berish paytda aktsiyadorlik jamiyatlari «boshqa manfaatdor shaxslar»ning manfaatlarini umuman hisobga olmagan va korporativ ijtimoiy javobgarlik borasida siyosat yuritmagan. Korporativ boshqaruv darajasi past kompaniyalarni investistiyalash jami risklari ancha katta;

  • D sinfi.

D sinfiga kiradigan kompaniyalar faoliyati korporativ boshqaruv darajasining qoniqarsizligi bilan tavsiflanadi. Bu kompaniyalar amaliyotida amaldagi qonunchilikning asosiy talablari buzilishi, «ilg’or amaliyot» me’yorlari va korporativ xulq-atvor kodeksining asosiy qoidalari yo’qligi aniqlandi. D sinfiga mansub bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatlari aktivlariga investistiyalash riski juda baland. D sinfi tarkibiga kiradigan qo’shimcha SD sinf korporativ boshqaruv me’yorlarining, jumladan, aktsiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar huquqlarining qo’pol ravishda buzilishini aks ettiradi.
Korporativ boshqaruv reytingida «RID-Ekspert RA» konsorstiumi aktsiyadorlik jamiyatlari taqdim etgan ma’lumotlardan, shuningdek, quyidagi ommaviy axborotlardan foydalanadi:

  • aktsiyadorlik jamiyatining rasmiy internet-sayti;

  • reyting bahosi berilgan davrdan oldingi oxirgi ikkita chorak uchun choraklik hisobot;

  • kompaniyaning yillik hisoboti;

  • O’zbekistonda FSFR vakolatli agentliklari hisoblangan axborot agentliklarining yangiliklar lentalari;

  • boshqa axborot manbalari, jumladan, kompaniya vakillari taqdimotlarining matni, xabarlar va b.

Korporativ boshqaruv sifati bo’yicha boshqa bir mahalliy reyting CORE- reyting hisoblanadi.
Korporativ boshqaruv sifati reytingi korporativ huquq va boshqaruv mutaxassislari va «Blue Ribbon Panel» xalqaro ekspertlar guruhi bilan birgalikda ishlab chiqilgan original uslubiyat asosida hisoblab chiqiladi. Reyting CORE- reyting shkalasi bo’yicha beriladi: CORE-100 dan (eng yuqori reyting) CORE-0 gacha (bankrot korxonalar, eng past reyting).
Reytingni hisob-kitob qilishda uch guruhdagi boshlang’ich ma’lumotlardan foydalaniladi: ommaviy axborot (ochish uchun majburiy), ko’ngilli osib beriladigan axborot va qimmatli qog’ozlar bozori tahlilchilarining so’rov natijalari. Korxonalarni baholash korporativ boshqaruvning axborotni ochib berish, aktsiyadorlik kapitali strukturasi, korporativ boshqaruv strukturasi, aktsiyadorlarning e’lon qliinadigan huquqlari, risklarning yo’qligi, korporativ muhit kabi muhim jihatlari bo’yicha amalga oshiriladi. Muayyan kompaniyaga investistiyalash riskini baholashga, jumladan, emitent kompaniyaning nizom hujjatlarida «yuridik mina»larni baholashga alohida ahamiyat beriladi. To’rta kompaniyaning dastlabki reytinglari 2000 yilning noyabrida taqdim etilgan.
Uslubiyatga quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:

  • mustaqillik. Mutaxassislar baholashni o’z tashabbusi bilan, baholanayotgan kompaniyaning xohish-istagi yoki to’g’ridan-to’g’ri buyurtmasiga bog’liq bo’lmagan holda o’tkazadi; kompaniyalar reytingni tayyorlash xarajatlarini to’lamaydi;

  • ob’ektivlik. Reytingni hisob-kitob qilish uslubiyati sub’ektivlikni minimallashtiradi. Ekspert ko’rib chiqilayotgan masala bo’yicha shaxsiy fikrini bildirmasdan, belgilangan dalillar mavjudligi yoki yo’qligini qayd etadi;

  • oddiy minoritar aktsiyador uchun ochiq bo’lgan axborotdan foydalanish.

Institut reytingga kiradigan barcha kompaniyalarning aktsiyalari minimal paketiga ega bo’lib, tahlil uchun faqat oddiy minoritar aktsiyador uchun ochiq bo’lgan axborotdan foydalanadi. Korporativ boshqaruv reytingini hisoblab chiqishda boshlang’ich ma’lumotlarning ikkita guruhidan foydalaniladi:

  1. Majburiy tartibda ochib beriladigan; boshqa, tartibga soluvchi organlar (O’zbekistonda FSFR) tomonidan ommaviy ravishda e’lon qilinadigan axborot. Aktsiyador, qonuniy yo’l bilan harakat qilar ekan, faqat kompaniya tomonidan ommaviy ravishda e’lon qilingan axborot yoki boshqa barcha uchun ochiq materiallar (matbuot, bozor tahlilchilarining sharhlari va b.) asosida qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bundan kelib chiqib, reytingni hisoblab chiqishda investorlar uchun yopiq axborot foydalanilmaydi.

  2. Kompaniyaning aktsiyador sifatida Institut nomidan telefon qo’ng’iroqlari va yozma so’rovlarga javoblari. Amaliyotning ko’rsatishicha, kichik aktsiyalar paketiga ega bo’lgan aktsiyadorlar, kompaniya haqida axborot olishga harakat qilar ekan, ularni hal qilish vaqt va moddiy xarajatlar sarflashni talab qiladigan real muammolarga duch keladi. Kompaniyada aktsiyadorlarga nisbatan shakllangan real munosabatni baholash uchun, Institut, o’zi aktsiyador hisoblangan holda, kompaniyaga turli so’rovlar jo’natadi va mos keluvchi monitoring yuritadi.

Kompaniyalar korporativ boshqaruvning turli jihatlarini aks ettiruvchi oltita ko’rsatkich bo’yicha baholanadi:

  • axborotni ochish (aktsiyadorlar so’rovi bo’yicha va ommaviy ravishda ochib

beriladigan hujjatlar to’liqligi va muddati);

  • aktsiyadorlik kapitali strukturasi (kontratiruyuщie??? guruhlar, mulk strukturasi aniqligi va h.k.);

  • direktorlar Kengashi va ijroiya boshqaruv organlari strukturasi (affilyastiyalanganlik, mukofotlash, yig’ilishlar bayonnomalari va h.k.).

Kompaniyalar korporativ boshqaruv sifatini baholash har chorak amalga oshiriladi, reytingga kiritilgan kompaniyalar iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga mansub bo’lib, Rossiya bozori kapitallashuvining 90%dan ortig’ini qamrab oladi.
Keyingi mahalliy reyting «PRAYM-TASS» reytingi hisoblanadi. «PRAYM- TASS» tahlilchilari tomonidan ishlab chiqilgan reyting metodologiyasi reytingda qatnashuvchi kompaniyalar bo’yicha ommaviy axborotni tahlil qilishga asoslangan. Bunday axborotning mavjudligi, «PRAYM-TASS» fikriga ko’ra, kompaniya ochiqligini, demak, korporativ boshqaruv darajasini baholashning
asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Reyting o’tkazish uchun tanlangan mezonlar korporativ boshqaruvning asosiy risklarini baholaydi, ular orasida mulkning bir erda to’planish darajasi yuqoriligi, aktsiyadorlik kapitali strukturasining «shaffof» emasligi, kompaniya direktorlari va menejmentni motivastiyalash mavjud tizimi, shuningdek, korporativ boshqaruv darajasini belgilab beruvchi boshqa risklarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Ushbu reyting mavjud boshqa reytinglardan uch jihatdan farq qiladi: korxonalar reyting berish uchun tarmoq tamoyili bo’yicha guruhlangan, reyting berish «PRAYM-TASS» o’z uslubiyati asosida amalga oshiriladi va ochiq axborot manbalariga asoslangan. Reytingda qatnashish sanoat guruhlari va korxonalarning o’z ixtiyori bilan qiladigan ish emas, ularni tanlash agentlikning ekspertlar kengashi qarori bo’yicha amalga oshiriladi.
Korporativ boshqaruv risklarining ichki tarmoq tahlili sanoatning u yoki bu tarmog’ini investistiyalash uchun ko’rib chiqayotgan investorlarda katta qiziqish uyg’otadi. Reyting o’tkazish uchun tanlab olingan mezonlar mulkning bir erda to’planish darajasi yuqoriligi kabi risklarni baholaydi, bu kompaniya aktsiyadorlik kapitalining katta qismi davlatga tegishli bo’lgan hollarda siyosiy motivlar bo’yicha qaror qabul qilishga va aktsiyadorlar o’rtasida nizolarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, aktsiyadorlik kapitali strukturasining «shaffof» emasligi manfaat bilan bitimlar tuzish riskiga olib kelishi mumkin, kompaniya direktorlari va menejmenti motivastiyalash mavjud tizimi va korporativ boshqaruv darajasini belgilab beruvchi boshqa ko’plab omillar ham muhim ahamiyatga ega.
Umuman korporativ boshqaruv risklari besh toifaga guruhlangan bo’lib, ularning har biri, o’z navbatida, bir nechta kichik toifalardan iborat. Kompaniyaga har bir kichik toifa bo’yicha besh balli shkalada reyting beriladi, o’rtacha qiymat har bir toifada qo’yiladi. Yakuniy reyting besh toifadagi reytinglar o’rtacha qiymati hisoblanadi.
Asosiy mezon kompaniyaning moliyaviy jihatdan «shaffofligi» va kompaniyaning moliyaviy hisobotlari bilan bog’liq axborotlarning ochib berilishi hisoblanadi. «PRAYM-TASS» korporativ boshqaruv reytingi metodologiyasining
ikkinchi mezoni aktsiyadorlik kapitali strukturasiga va kompaniya aktsiyalari bozoriga taalluqli. Metodologiyaning uchinchi mezoni kompaniyada korporativ boshqaruv risklari va aktsiyadorlarning huquqlarini tahlil qiladi va baholaydi. Metodologiyaning to’rtinchi mezoni kompaniya menejmenti va direktorlar Kengashi faoliyatini baholaydi. Korporativ boshqaruv reytingi metodologiyasining oxirgi mezoni – axborot ochiqligi va korporativ boshqaruv sohasidagi tashabbuslar hisoblanadi.
Eng tarqalgan xorijiy reytinglar orasida Standard & Poor's korporativ boshqaruv reytingini alohida ko’rsatish mumkin.
Standard & Poor's xalqaro kompaniyasi korporativ boshqaruv reytinglari metodologiyasini ishlab chiqishga 1998 yilning boshlarida kirishgan. Sinov loyihalari davomida metodologiyani sinab ko’rishdan so’ng Standard & Poor's ixtisoslashgan korporativ boshqaruv reytinglar xizmatini tashkil qilish haqida qaror qabul qildi va 2000 yildan boshlab korporativ boshqaruv sohasida reyting xizmatlari ko’rsata boshladi. Hozirgi paytda Standard & Poor's kompaniyalar darajasida ham, alohida mamlakatlar darajasida ham korporativ boshqaruvni baholash konstepstiyasini taqdim etmoqda. Standard & Poor's foydalanayotgan yondashuvda vaziyatni moliyaviy manfaatdor shaxslar – aktsiyadorlar va kreditorlar nuqtai nazardan ko’rib chiqish ko’zda tutilgan.
Standard & Poor's tahlilchilar guruhi kompaniyalarda o’ziga xos intervyu olishni o’tkazadi, buning asosida tuziladigan mufassal hisobotda tahlilning asosiy elementlari bayon qilinadi, u korporativ boshqaruv umumiy reytingini, shuningdek, hisobotning uchinchi bo’limida keltirilgan to’rtta tarkibiy qismning har biri bo’yicha alohida ballni o’z ichiga oladi.
Alohida baholar (ball) asoslangan mantiqiy mulohazalarning rivojlanishi tahlilchi tomonidan berilgan reyting haqidagi hisobotda bayon qilinadi.
Hisobot strukturasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

  1. Xulosalarning qisqacha bayoni. Bu erda qisqacha asoslagan holda kompaniyaning korporativ boshqaruv umumiy reytingi, shuningdek, alohida tarkibiy qismlarni baholashning asosiy qoidalari qisqacha bayoni keltiriladi; shu

erning o’zida har bir tarkibiy qism bo’yicha aniqlangan asosiy kuchli va kuchsiz tomonlar aniqlanadi.

  1. Kompaniya bo’yicha ma’lumotnoma: ishlab chiqarish faoliyati, moliyaviy holati, menejmenti va mulk strukturasi haqida asosiy axborot.

  2. Metodologik qism: ball va quyidagi tarkibiy qismlar tahlili:

  • mulk strukturasi va tashqi ta’sir;

  • aktsiyadorlar huquqlari, moliyaviy manfaatdor shaxslar bilan munosabatlar;

  • «shaffoflik», axborotni ochish va audit;

  • direktorlar Kengashi strukturasi va samaradorligi.

Korporativ boshqaruv reyting darajalari (KBR) shkala bo’yicha KBR -1 dan (eng past baho) KBR -10 gacha (eng yuqori baho) beriladi.
KBR -6 yoki 5. O’rtacha jarayonlar va korporativ boshqaruv amaliyotini namoyish qiladi. Kompaniyalar tahlilning bir nechta asosiy sohalarida ayrim kuchsiz tomonlarga ega.
KBR -4 yoki 3. Korporativ boshqaruv amaliyoti va jarayonlari kuchsiz kompaniya tahlilning qator sohalarida jiddiy kuchsiz tomonlarga ega.
KBR -2 yoki 1. Korporativ boshqaruv amaliyoti va jarayonlar juda kuchsiz, tahlilning aksariyat sohalarida katta miqdorda kuchsiz tomonlarga ega bo’lgan kompaniyalarga beriladi.
Yana bir mashhur xorijiy korporativ boshqaruv reytingi Brunswick UBS Warburg reytingi hisoblanadi.
  1. jadval



Download 41.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling