Bob. Korporativ boshqaruv samaradorligini baholash
Download 41.06 Kb.
|
12-mavzu korporativ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporativ boshqaruvda monitoring tizimi
- Nazorat savollari
Brunswick UBS Warburg reytingi
Manba: Brunswick UBS Warburg Jadvalda ko’rsatilgan jarima balli turli variantlarda bo’lishi – nolgacha pasayib borishi mumkin. U yoki bu omil bo’yicha risk darajasi kompaniya tahlilini o’tkazayotgan ekspert tomonidan baholanadi. Korporativ boshqaruvda monitoring tizimiKorporativ boshqaruv monitoring tizimining asosiy farqi shundaki, monitoring maqsadi korxonalarni korporativ boshqaruv darajasi bo’yicha ranglarga ajratish va ularni ommaviy differenstiastiyalashdan iborat emas. Monitoring har bir kompaniyada joriy qilingan korporativ boshqaruv andozalariga amal qilinishi va ijro etilishini kuzatib borishni ko’zda tutadi. Hozirgi paytda jahon miqiyosida ma’lum bo’lgan monitoring tizimlari ikkita organ: investistion va moliyaviy tahlilchilar Gildiyasi (IMTG) va sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (STI) tomonidan amalga oshirilmoqda. Ikkala tizim Germaniyada va boshqa mamlakatlarda kompaniyalardagi korporativ boshqaruvni tahlil qilish uchun keng foydalaniladigan German Corporate Governance Scorecard uslubiyatiga asoslanadi. Biroq korporativ boshqaruv amaliyotini baholash uchun anketalar biroz farq qiladi. Investistion va moliyaviy tahlilchilar Gildiyasi korporativ boshqaruv monitoring tizimi investistion va moliyaviy tahlilchilar Gildiyasi ekspertlar guruhi tomonidan korporativ xulq-atvor Kodeksi asosida Scorecard nemis uslubiyatini qo’llagan holda ishlab chiqilgan. Mazkur monitoring tizimi kompaniyalarning korporativ boshqaruv andozalarini bajarish darajasini kuzatib boradi. U asoslanadigan qator mezonlarga salmoqning ma’lum bir foizi mos keladi. Mos ravishda, har bir mezon qiymati va umumiy summa qanchalik maksimal bo’lsa, korporativ boshqaruv e’lon qilingan andozalarga shunchalik to’g’ri keladi. Monitoring anketasi to’liq shakli 1-ilovada keltirilgan. Boshqa bir monitoring tizimi korporativ boshqaruv bo’yicha STI qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu monitoring tizimi kompaniyada korporativ boshqaruv amaliyotining WEF/ STI tamoyillaridan har biri bo’yicha ham, butun to’plam bo’yicha ham muvofiqlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Monitoring o’tkazish natijalari bo’yicha kompaniyalar ikki toifaga taqsimlanadi: WEF/ STI tamoyillariga mos keladigan va WEF/ STI tamoyillariga mos kelmaydigan kompaniyalar. Bunda monitoring maqsadlaridan kelib chiqib, kompaniyada korporativ boshqaruvning WEF/ STI tamoyillariga to’liq muvofiqlik darajasining aniq qiymati e’lon qilinmasdan, kompaniya va korporativ boshqaruv bo’yicha STI qo’mitasi o’rtasida muloqot uchun foydalaniladi. Omma uchun quyidagi axborotlar ochiq hisoblanadi: WEF/ STI korporativ boshqaruv tamoyillariga tarafdorlik haqida ma’lum qilgan kompaniyalar ro’yxati (ro’yxat STI internet-saytida va korporativ boshqaruv bo’yicha STI P qo’mitasining saytida e’lon qilinadi); monitoring natijalari bo’yicha korporativ boshqaruv amaliyoti WEF/ STI tamoyillariga mos keladigan kompaniyalar ro’yxati; WEF/ STI korporativ boshqaruv tamoyillariga tarafdorlik haqida ma’lum qilgan va korporativ boshqaruvi birinchi monitoring o’tkazilgan paytdan boshlab 12 oy davomida biron marta WEF/ STI tamoyillariga mos keladi deb tan olinmagan kompaniyalar ro’yxati. Tasdiqlangan mezonlar va guruhlar tizimiga muvofiq tuzilgan anketa kompaniyalarga yuboriladi yoki kompaniyalar anketani mustaqil ravishda qo’mitaning internet-saytidan yuklab oladi. Shundan keyin anketa kompaniyaning mas’ul xodimi tomonidan to’ldiriladi. To’ldirilgan anketalar bilan korporativ boshqaruv bo’yicha STI qo’mitasi muvofiqlashtirish markazida ishlanadi, u olingan umumlashtirilgan natijalarni korporativ boshqaruv bo’yicha STI qo’mitasi internet-saytida va STI saytida e’lon qiladi, kompaniya bo’yicha individual natijalar esa unga to’g’ridan-to’g’ri jo’natiladi. Mazkur monitoring tizimini farqlab turadigan asosiy xususiyat shuki, u kompaniya tashabbusi bilan qayta ishlanishi va takomillashtirilishi mumkin. Monitoring tizimidagi yoki tamoyillar ta’rifidagi o’zgarishlar korporativ boshqaruv bo’yicha STI qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqiladi va STI boshqarma byurosi qarori bilan tasdiqlanadi. Tayanch iboralar: andoza, mezon, qaror, moliyaviy resurs, moliyaviy va nomoliyaviy axborot, reyting, ob’ektivlik, mustaqillik, risk, shaffof, monitoring. Nazorat savollari:Samaradorlik tushunchasi. Korporativ boshqaruv andozalarini joriy etishning mazmuni. 3.Korporativ boshqaruv samaradorligi mezonlari. 4.Korporativ boshqaruv reytingini integral baholash. 5.Korporativ boshqaruv sifatiga qarab reyting sinflari. 6.Reytingni hisob-kitob qilishda qanday ma’lumotlardan foydalaniladi? 7.Korporativ boshqaruvda reyting darajalari. 8.Korporativ boshqaruvda monitoring tizimi. Download 41.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling