Etkazib berish sotuv tizimini shakllantirish (transport xizmatlari). Innovatsion mahsulotni bozorga chiqarishda raqobatbardoshlik manfaatlarida innovatsion korxonaning tovarni turli narxlarda (turli raqobat ustamalari bilan), FAS, FOB, CAF, CIF kabi ta‘minotchining omboridan etkazib berishdan boshlab barcha boj va tariflarni to’lagan holda xaridorning omboriga etkazib berishga (DDUP, DDP) qadar qulay bazis shartlarida sotishga tayyorligi tushuniladi.
Innovatsion korxona innovatsion mahsulotni yakuniy iste‘molchiga etkazib berish usulini tanlashi lozim. Ushbu holatda korxona o’z transportidan foydalanishi yoki transport-ekspeditsiya xizmati bilan shartnoma tuzishi mumkin. Mahsulotning transport-ekspeditsion taqsimoti tovarlarni ishlab chiqarish joyidan iste‘mol joyigacha optimal usullardan foydalangan holda etkazib berishni rejalashtirish, tashkil qilish va amalga oshirishdan iborat. Transport xizmatlari ko’rsatish transport- ekspeditsiya korxonalarining yuk tashish, yuklash-tushirish xizmatlari va saqlash xizmatlari taqdim etish bilan birgalikda zamon va makon bo’yicha yuklarni tashish
jarayoni bilan bog’liq faoliyati sifatida tavsiflanadi.
Kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish. Uzoq muddat foydalaniladigan yangi tovarlar (ayniqsa, ilmiy hajmdor tovarlar) bo’yicha raqobatbardoshlikning muhim jihatlaridan biri u yoki bu sotuv tizimi tomonidan taklif etiladigan va ta‘minlanadigan mahsulotlarga texnik xizmat ko’rsatish (profilaktika, ta‘mirlash, ehtiyot qismlarni almashtirish) hisoblanadi. Bu erda iste‘molchiga ko’rsatilgan tovarlarga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko’rsatish muddati va minimal qiymati hamda maksimal doirasi muhim hisoblanadi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish bosqichidan sanoatda ishlab chiqarishga tez o‘tkazish qobiliyati
Samarali reklama yaratish imkoniyati
Marketologlar malakasining yuqoriligi
Yangi tovarlar ishlab chiqish imkoniyati
Ishlab chiqarish jarayonida innovasiyalar imkoniyati
O‘tkazish sifati
Do'stlaringiz bilan baham: |