O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsiyalarning parametrik va funksional-qiymat tahlili


Download 337.32 Kb.
bet54/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsiyalarning parametrik va funksional-qiymat tahlili.


Har qanday innovatsiya, uning muayyan vazifalaridan qat‘i nazar, qator ko’rsatkichlar yordamida tavsiflanishi mumkin.
Parametrik tahlilning mohiyati barcha tadqiq etilayotgan innovatsiya xususiyatlarini tavsiflaydigan ko’rsatkichlar zaruriy va etarli yig’indisini aniqlash hamda innovatsiyani qo’llashdan olinadigan umumiy samarani tavsiflaydigan bog’liqliklar shakllantirish hisoblanadi.
Parametrik usul tadqiq etilayotgan innovatsiya xususiyatlarini sifat va son jihatidan ifodalashga asoslanadi. Bu amaliy ma‘lumotlar asosida o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar bog’liqlik shaklini va ularning miqdoriy ifodasini aniqlash imkonini beradi. Ko’rsatkichlar bog’liqligi funksional (har bir alohida kuzatiladigan holat – kuzatuvda aniq va ravshan namoyon bo’ladigan) yoki korrelyasion (korrelyasion usul asosida aniqlanadigan) bo’lishi mumkin.
Normativ-parametrik usullar innovatsiyalarni raqobatchilarning shunga o’xshash tovarlari va turli o’rinbosar tovarlar bilan taqqoslashni o’z ichiga oladi. Ulardan foydalanish ko’pincha iste‘molchini xuddi shunday ehtiyojni qoniqtiradigan boshqa tovarlar bilan taqqoslaganda innovatsiyaning ustunliklariga yaqqol ishontirishga imkon beradi.
Normativ-parametrik usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • solishtirma ko’rsatkichlar usuli;

  • strukturali analogiyalar usuli;

  • agregatli usul;

  • korrelyasion-regression tahlil;

  • ekspertlar usuli;

  • ball usuli;

  • juftlab taqqoslash usuli;

  • rang korrelyasiya usuli.

Narx va xarajatlarni aniqlash va tahlil qilishning parametrik usullari barcha turlari bir xil turdagi mahsulot guruhlari doirasida statistik ma‘lumotlarni qayta ishlashga asoslanadi.


    1. Bozorlardagi raqobat tahlili va innovatsiyalarni bozorda joylashtirish


Bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun innovatsiyalar raqobatbardoshligini ta‘minlash zarur bo’lib, bu haqida odatda yangi g’oyalar izlash bosqichidayoq o’ylab chiqiladi. Raqobatbardosh tovar raqobatchilarning tovarlari yoki ushbu kompaniya tovarlarining bundan oldingi variantlariga nisbatan xaridor (potensial iste‘molchi) so’rovlarini yuqoriroq darajada qondirishi, ularning xohish-istaklariga ko’proq javob berishi lozim. Xaridorlar so’rovlarining qoniqqanlik darajasi raqobatbardoshlik omillariga bog’liq bo’ladi, xususan:

  • tovarning texnik darajasi va sifatini tavsiflaydigan texnik omillarga;

  • texnik-iqtisodiy omillarga (ishonchlilik, energiya sig’imi, o’rnatish qulayligi);

  • tashkiliy-tijorat omillariga (narx, o’rnatish muddati, to’lov shartlari);

  • ishlab chiqaruvchining ishbilarmonlik nufuzi va hamkorlarning o’zaro munosabatlar xarakteriga.

Ta‘kidlash joizki, moslashuvchan ishlab chiqarish sharoitlarida iste‘molchilarga prgoressiv va funksional model taklif eta oladigan kompaniya vaqtinchalik raqobatli ustunlikka ega bo’ladi. Ma‘lum vaqt o’tgach, u yo’qoladi, chunki boshqa kompaniyalar ham yangiliklarni joriy qiladi. SHunday qilib, raqobatli ustunlik innovatsiyalarni tez joriy qilish qobiliyati sanaladi.
Firmaning bozordagi xulq-atvorini tahlil qilish, tovarlar va xizmatlar marketingi
strategik vazifalarini qo’yish, marketing rejasini ishlab chiqish uchun bozorning
raqobat xaritalari tuziladi. Raqobat xaritasi bozordagi kuchlar nisbatini to’g’ri aniqlash, firmaning har bir matritsa yacheykasidagi holati bo’yicha marketing vazifalarini aniqlash, mavjud va istiqboldagi raqobatchilarni aniqlash, raqobat strategiyasini tanlash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Kelajakdagi raqobatli vaziyatni bashorat qilish raqobat muhiti yaqin kelajakda o’zgarmas omillar to’plami bilan shakllantirilishi shartida amalga oshiriladi. Bashorat qilish bozor tendensiyalari va ko’rsatkichlarini (bozor dinamikasi, bozor ulushlari dinamikasi, raqobat qizg’inligi, bozor monopollashuvi, raqobat guruhlari o’zgarishi, raqobatchilarning bozor raqobat xaritasidagi harakati) ekstrapolyasiya qilish usuliga asoslanadi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling