O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


BOB. INNOVATSION MARKETING TEXNOLOGIYASI


Download 337.32 Kb.
bet51/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

BOB. INNOVATSION MARKETING TEXNOLOGIYASI





    1. Innovatsiyalar bozorida marketing tadqiqotlari

Innovatsiyalar bozorida marketing tadqiqotlari mavjud mahsulotlar bo’yicha an‘anaviy marketing tadqiqotlaridan tubdan farq qiladi. Bu birinchi navbatda, shu bilan bog’liqki, innovatsiyalarning amaldagi iste‘molchilari yo’q va bu tadqiqot uchun guruh shakllantirishni qiyinlashtiradi. Ikkinchidan, respondentlarda muntazam iste‘mol amaliyoti yo’q.


Innovatsion marketing miqdoriy tadqiqot usullari uchun statistika yo’qligi va uning o’ziga xosliklari sababli turli xildagi sifat tadqiqotlaridan foydalanadi. Sifat tadqiqotlari tijoratlashtirish mumkin bo’lgan eng muhim ehtiyojlarni aniqlashga yodam bera oladi. Sifat tadqiqotlarining boshqalardan ajratib turuvchi xususiyati tadqiqotlarning deduktivdan ko’ra ko’proq induktiv falsafasining qo’llanishi hisoblanadi. Bundan tashqari, sifat tadqiqotlari ko’proq ijodiy salohiyatga ega bo’lib, tadqiqotchidan aql-idrokdan tashqari ichki sezgirlikni ham talab qiladi. Xalqaro amaliyotda sifat tadqiqotlarining beshta asosiy usullari mashhur:

  • haqiqatda chuqur tadqiqot o’tkazish, muammoning yangi jihatlarini aniqlash hamda aniq va mazmunli baholarni ta‘minlash imkonini beradigan har tomonlama intervyu;

  • fokusli guruhlarda intervyu – uning sifat tijorat tadqiqotlarida o’sib borayotgan ommaviyligi ularni yashirin videokamera yordamida kuzatish mumkin bo’lgan real xaridorlar bilan real vaqt rejimida to’g’ridan-to’g’ri suhbat bilan izohlanadi;

  • kiritilgan kuzatuv, bunda tadqiqotchi ochiq yoki yashirin tarzda etarli darajada uzoq vaqt davomida kundalik hayotda ishtirok etib, ro’y berayotgan voqea- hodisalarni kuzatadi, aytilayotgan gaplarni tinglaydi, tadqiqot vazifasi bilan bog’liq savollar beradi. Ushbu usul innovatsion mahsulotning real sifati va taqdim etilayotgan innovatsion xizmatlar doirasini samaraliroq baholash imkonini beradi;

  • vaziyatli tahlil, uning metodologik yo’nalishi asosida psixologiya sohasidagi ishlar uchun xos bo’lgan yonashuvlar yotadi;

  • proeksion texnikalar. Mazkur usul fokusli guruh a‘zolaridan yangi tovarga nisbatan o’z hissiyotlari, fikr va istaklarini bildirish so’ralgan hollarda qo’llanadi.

Bozor uchun yangi bo’lgan mahsulotlar bo’yicha marketing tadqiqotlari qiyinligi shundaki, iste‘molchilar «fokusli guruh» so’rovlarida ular uchun yo’l qo’yish mumkin bo’lgan narx va xarid miqdori uyg’unlashuvi haqidagi to’g’ridan- to’g’ri savollar bu erda mahsulotning iste‘molchilar uchun yangiligi sababli istisno qilinadi.
Innovatsion faoliyatni rejalashtirishda raqobatchilar mahsulotiga nisbatan ustunlik qiladigan mahsulotga ega bo’lishdan tashqari bozorni puxtalik bilan tahlil qilish va samarali marketing tadbirlari o’tkazish zarur, chunki bozorga chiqishda korxona qattiq raqobat sharoitlariga tushib qoladi.
Buning uchun esa quyidagi axborotlarni olish zarur:

  • kompaniya faoliyat ko’rsatayotgan atrof-muhit haqida axborot;

  • kompaniyaning ichki resurslari haqida axborot;

  • kompaniyaning tashqi muhit bilan o’zaro aloqalari haqida axborot.

Kompaniyaning fan-texnika taraqqiyoti yangi yo’nalishlari, iste‘molchilarning xohish-istaklari va iste‘mol talabining o’zgarishlari, bozorga ta‘sir ko’rsatish imkoniyatlari, shuningdek, ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa xarakterdagi ichki cheklovlar haqida axborot olish kompaniya va u faoliyat ko’rsatayotgan bozorni bir- biri bilan bog’laydigan axborot oqimlari bilan belgilanadi.



    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling