O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet69/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Obligatsiyalar reytingi
Londondagi fond birjasi kotirovkasidan o‘tgan obligatsiyalar reytingi ikki mustaqil baholovchi - Moody's va Standard and Poor's tomonidan belgilanadi. Ular moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi ikki firma hisoblanadi. Reyting baholovchilarning qarz majburiyatlari sifati to‘g‘risidagi fikrini emitent kompaniyaning tijorat va moliyaviy istiqbollari nuqtayi nazaridan aks ettiradi. U majburiyatlarni potensial investor nuqtayi nazaridan baholaydi. Shunday qilib, baholashda asosiy omil kompaniyaning foizlarni to‘liq to‘lash va shartnomada kelishilgan muddatda obligatsiyalarni qaytarib olish qobiliyati hisoblanadi. Baholovchilar doimiy ravishda qarz majburiyatlarining reytinglarini kuzatib boradilar va vaziyat o‘zgarganda ularni o‘zgartiradilar.
Yuqori reytingli kompaniyalar uchun kredit olish nisbatan oson va ular bu ishni ancha qulay shartlarda amalga oshirishlari mumkin. Ikkala baholovchi obligatsiyalarni o‘nta toifaga bo‘ladilar. 5.2-jadvalda Standard and Poor‘s kompaniyasi tomonidan qo‘llaniladigan tasniflash ko‘rsatilgan. Standard and Poor‘s BBB va BB kategoriyasidagi qarz 114
majburiyatlari o‘rtasidagi farqni kalit sifatida qaraydi. BBB va undan yuqoriroq kategoriyadagi qarz majburiyatlari —investitsiya sinfi”ga tegishli qimmatli qog‘ozlar sifatida qaraladi va ko‘p hollarda xavfsiz investitsiyalar hisoblanadi. BB va quyiroq kategoriyaga tegishli majburiyatlar riskli va chayqovchilikka oid deb hisoblanadi. BB va unday quyiroqda joylashgan qarz majburiyatlarini ko‘pincha chiqit (tashlandiq) obligatsiyalar (junk bonds) deb atashadi.
Financial Times gazetasi 2004-yil 24-oktyabrda quyidagi sharhni chop etdi: “Standard and Poor's kredit reytingi J Sainsburry's (J
Sainsburry plc) kompaniyasining barqaror emasligini tasdiqlaydi. Oziq- ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi bu kompaniya 10 kun ichida foydasining kamayishi (profit warnings) to‘g‘risida ikki marta ogohlantirish e‘lon qildi. S&P ularning reytingini ikki marta pasaytirgan va hozir uni “chiqit obligatsiyalar’’ga qaraganda bir punkt yuqoriga joylashtirgan”.
4.2-jadval

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling