O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Investorlar uchun koeffitsiyentlar


Download 0.77 Mb.
bet66/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Investorlar uchun koeffitsiyentlar
Dividend daromadlilik va dividend qoplamasi - imtiyozli aksiya egalari uchun muhim koeffitsiyentlar hisoblanadi. Dividendlar odatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha daromadlarning katta qismini tashkil qiladi, shuning uchun daromadlilikning samarali stavkasi va uning o‘zgarmasligi katta ahamiyatga ega.
Imtiyozli aksiyalar hisobiga moliyalashtirish bilan bog„liq kompaniyalar tomonidan hisobga olinadigan omillar
Emissiya xarajatlari
Emissiya xarajatlari oddiy aksiyalar emissiyasi xarajatlariga o‘xshaydi va oddiy aksiya xarajatlari kabi qo‘llanilayotgan sotuv usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Xizmat ko„rsatish xarajatlari
Xizmat ko‘rsatish xarajatlari oddiy aksiyalarga qaraganda kamroq, chunki imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga kamroq riskka tortadilar.
Dividendlar to„lash majburiyati
Imtiyozli aksiyalar kompaniya zimmasiga dividendlarni to‘lash majburiyatini yuklamaydi. Lekin ular avval imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash majburiyatini yuklaydi, keyin esa oddiy aksiyalar bo‘yicha. Agar imtiyozli aksiyalar kumulyativ bo‘lsa imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lovi bo‘yicha qarzlar ham oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lovi boshlangunga qadar to‘lanishi kerak. Yuridik majburiyatlar yo‘qligiga qaramay, amalda kompaniyalar imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lashni kechiktirishga moyil emas.
Imtiyozli aksiyalarni sotib olish majburiyati
Ayrim imtiyozli aksiyalarni chiqarish shartlari ularni keyinchalik qayta sotib olishni ko‘zda tutadi va bu holatda kompaniyalar ushbu xaridni moliyalashtirish zarurligini esda tutishlari kerak. Imtiyozli aksiyalarning hammasi ham keyinchalik kompaniya-emitentdan sotib olinmaydi va shunday bo‘lmagan joyda ular oddiy aksiyalarga o‘xshab qoladi.
Agar imtiyozli aksiya egalari sotib olishni talab qila olmasalar bu turdagi moliyalashtirish aksiyadorlar nuqtayi nazardan yetarlicha xavfsiz.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling