O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Ochiq aksiya chiqarishda narx shakllanishi


Download 0.77 Mb.
bet63/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Ochiq aksiya chiqarishda narx shakllanishi.
Emissiya huquqlardan farqli ravishda oddiy aksiyalarni ochiq bozorga chiqarishda narx shakllanishi - kompaniya mavjud aksiyadorlari uchun muhim masaladir.
Yangi aksiyalarning bahosi chiqarib bo‘lingan aksiyalarning qiymatidan chegirma bilan o‘rnatilsa (agar mavjud aksiya egalariga, ular ilgari qancha aksiyadorlik kapitaliga ega bo‘lgan bo‘lsalar, shunday ulushni saqlab qolish imkoniyatini beruvchi miqdordagi yangi aksiyalar tegmasa) bu aksiyadorlar aksiyalar chiqarishda o‘z huquqlarining bir qismidan foydalanmasliklariga teng bo‘ladi.
Ommaviy aksiya chiqarish asosan o‘z kapitallarini sezilarli darajada ko‘paytirishni istagan kompaniyalar tomonidan amalga oshirilgani uchun, aksiyadorlarning yetarli miqdorda yangi aksiyalar xarid qila olishlari va emissiyadan ko‘riladigan zararni chetlab o‘tishlari ehtimoli kam.
Chiqarilayotgan aksiya bahosi, bir tomondan bir dona aksiyaga jalb qilinadigan maksimal pul mablag‘i hajmi bilan, ikkinchi tomondan aksiya chiqarishga katta mablag‘ sarf qilingandan so‘ng zarur kapitalni mobilizatsiya qilish bo‘yicha qimmatga tushuvchi muvaffaqiyatsizlikni chetlab o‘tish o‘rtasidagi balansni qanchalik ta‘minlay olishi masalasi maxsus yechimni talab qiladi. Narxning shakllantirish muammosini yengillashtirishga yordam beruvchi ikki usul mavjud. Birinchisi - aksiyalarni anderrayterlarga (underwriters) berish. Ma'lum to‘lov evaziga anderrayterlar omma xarid qilishga rozi bo‘lmaydigan
aksiyalarni sotib olishga kafolat beradilar. Bu emissiya muvaffaqiyatini ta‘minlaydi. Anderrayterlarning gonorari yoki komissiyasi anderrayterlar tomonidan ular qancha aksiyaga ular kafolat beradilar, taklif bahosi qancha, aksiyalar sotilib ketmasligi ehtimolligi qanchalik 106
yuqori ekanligi asosida aniqlanadi. Anderrayterlar mohiyatan sug‘urtachi hisoblanadilar. Ommaviy aksiya chiqarilishining katta qismi kafolatlanadi. Anderrayterlar xizmati xarajatlari jalb qilingan kapitalning taxminan 2 foizi miqdorida bo‘ladi.
Aksiya baholari muammosini hal qilishning ikkinchi usuli - aksiyalarni erkin tenderga qo‘yish hisoblanadi. Bu auksionga (kim oshdi savdosiga) o‘xshaydi, u yerda, aksiyalar avvaldan kelishilgan boshlang‘ich bahoni (ya‘ni, bu narxdan pastroq takliflar qabul qilinmaydi) hisobga olgan holda, maksimal narxni taklif qilgan odamga sotiladi. Barcha takliflar olingandan so‘ng (ya‘ni arizalar berishning oxirgi muddati kelgach), kompaniya yoki emissiya uyi barcha aksiyalar sotilishi mumkin bo‘lgan maksimal narx qanchaligini baholaydi. Buni oddiy misol yordamida tushuntirganimiz ma‘qulroq.
4.3-misol
Kompaniya tender savdosida sotish uchun 10 mln aksiya chiqarmoqchi. Talab qilingan shaklda reklama e‘loni chop etilgandan so‘ng kompaniya quyidagi takliflarni oldi:
Har biri 5,00 f.st dan 1 mln aksiya
(ya‘ni har birining bahosi 5 f.st dan 1 mln aksiyaga buyurtma)
Har biri 4,50 f.st dan 1 mln aksiya
Har biri 4,00 f.st dan 2 mln aksiya
Har biri 3,50 f.st.dan 2 mln aksiya
Har biri 3,00 f.st dan 3 mln aksiya
Har biri 2,50 f.st dan 5 mln aksiya
Har biri 2,00 f.st dan 10 mln aksiya
Tenderning har bir qatnashchisi aksiya uchun bir xilda to‘lashi lozim bo‘lgan, barcha 10 mln aksiyaga belgilanishi mumkin bo‘lgan eng yuqori chiqarish bahosi 2,50 f.st.ni tashkil qiladi. Bunday baho ijro bahosi (striking price) deb nomlanadi va barcha 10 mln aksiyalar chiqariladigan baho hisoblanadi: 9 mln - 2,50 f.st. dan ortiqroq narx taklif qilganlar uchun, qolgan 1 mln donasi esa 2,50 f.st. ga teng narx taklif qilganlar uchun.
E‘tibor bering, barcha 10 mln aksiyasining chiqish bahosi bir aksiya uchun 2,50 f.st.ni tashkil qiladi.
Tender yordamida aksiya chiqarish (tender issue) juda ommalashgan. Oxirgi yillarda ularning bir nechtasi o‘tkazildi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling