O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Emissiya huquqlarda hisobga olinadigan omillar


Download 0.77 Mb.
bet61/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Emissiya huquqlarda hisobga olinadigan omillar
Emissiya huquqlar aksiyadorlik kapitalini jalb qilishning nisbatan arzon yo„li
O‘rtacha emissiya xarajatlari jalb qilinayotgan summaning 5,8 foizini tashkil qilinishi hisoblangan (Armitage 2000). Bu hisob-kitob Buyuk Britaniyada 1985-yildan 1996-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida ko‘p sonli huquqlar emissiyasi tadqiqotiga asoslangan. E‘tibor bering, emissiya xarajatlarining katta qismi o‘zgarmas, ya‘ni emissiya yordamida jalb qilinayotgan kapital hajmiga bog‘liq emas. Natijada xarajatlar (emissiya natijasida olingan kapital hajmi foizi kabi) kichik hajmda aksiya chiqarilishida yuqori va katta hajmda aksiya chiqarishda kam bo‘ladi.
Huquq narxi juda muhim omil emas
Ko‘rganimizdek, o‘z huquqlarini sotayotgan va ulardan foydalanayotgan aksiyadorlar farovonlik ko‘rsatkichi bo‘yicha, emissiya narxlaridan qat‘i nazar, taxminan bir xil ahvolda bo‘ladilar.
Emissiya huquqlar - mablag„larning ishonchli manbai
Emissiya huquqlari kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Bu muhim, chunki emissiya xarajatlari avvaldan amalga oshiriladi va emissiya maqsadiga yetisha olmasa u o‘zini oqlamaydi.
Mavjud aksiyadorlar o„z portfellarini kattalashtirishga yoki qisman yo„q qilishga majburdirlar
Qo‘shimcha aksiya olish huquqini qo‘lga kiritgan aksiyador uchun qo‘l qovushtirib turish oqilona emas. O‘z farovonligini saqlab turish uchun ular yoki aksiyalarni sotib olishi va shu yo‘l bilan kompaniyaga o‘z investitsiyalarini ko‘paytirishlari, yoki huquqlarini sotishlari lozim. Bu esa ularning investitsiyalari bir qismini yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi (va boshqaruvda qatnashuv ulushlarini kamaytiradi - Muharrir). Ayrim aksiyadorlar uchun unisi ham boshqasi ham yoqmasligi mumkin. Natijada tez-tez huquqlar emissiyasini amalga oshiruvchi kompaniya aksiyalari ommaviyligini yo‘qotishi mumkin. Bu esa ularning bozor qiymatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Albatta xususiy aksiyador pul mablag‘lari olish va ularni o‘z xohishiga ko‘ra ishlatishi uchun istalgan paytda o‘z huquqlarining bir qismini sotib yuborishi mumkin. Bu esa yana aksiyador tomonidan qandaydir harakatlarni amalga oshirilishini talab qiladi. Amaliyotda, Uilson Komiteti (Wilson Committee, 1980) ma‘lumotlariga ko‘ra, huquqlarning ko‘pchiligi - o‘rtacha 90 foizi, mavjud aksiyadorlar tomonidan foydalaniladi. —Prudental pls” kompaniyasining 92 foiz huquqlar emissiyasi aksiyalari aksiyadorlar tomonidan ishlatilgan.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling