O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Qotib qolgan bozorlarda aksiya chiqarish


Download 0.77 Mb.
bet64/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Qotib qolgan bozorlarda aksiya chiqarish
Ayrim tahlilchilar umuman bozor baholari yoki ayrim olingan biznesdagi aksiyalar qotib qolgan holatda bo‘lgan vaziyatda yangi aksiyalarni ommaga sotish adolatdan emas, deb hisoblaydilar. Bu mavjud aksiyadorlarga zarar keltirgan holda autsayderlarga aksiyalarni “arzonga” sotib olish imkonini yaratgan bo‘lardi. Agar shunday shartlar bilan huquqlar emissiyasi amalga oshirilsa, bunday imtiyoz aksiyadorlar tomonidan bo‘lar edi, deb e‘tirof etiladi.
Narsalarga bunday qarash keyingi bobda ko‘rib chiqiladigan fond bozori samaradorligi konsepsiyasi nuqtayi nazaridan mantiqsiz ko‘rinadi.
Ushbu tajriba, aksiyaning joriy narxi ayni paytda aksiyalar qiymati bo‘yicha kelishuvni ifodalovchi farazni tasdiqlaydi. Aksiya bahosi yaqinda tushib ketganligi tez orada narx ko‘tariladi yoki yana tushishda davom etadi yoki o‘zgarmay taradi, deb hisoblashga asos bo‘la olmaydi.
Aksiyalarni ochiq chiqarishda hisobga olinadigan omillar. Emission xarajatlari
Emissiya xarajatlari juda katta va Buyuk Britaniyada u 5 mln f.st. summadagi aksiya chiqarish uchun emissiyadan tushumlarning taxminan 12,5 foizini tashkil qiladi (Jenkinson, 1990). Taqqoslash uchun huquqlar emissiyasida xarajatlar 4% ga, taqsimlanmagan foydadan foydalanilganda nolga teng. Li, Lokxed, Ritter va Chjao (Lee, Lock- head, Ritter and Zhao, 1996) AQSHda birlamchi ommaviy taklif doirasida emissiya xarajatlari jalb qilingan summaning o‘rtacha 11 foizini, takroriy joylashtirishda esa o‘rtacha 7 foizni tashkil qiladi deb hisoblaydilar.
Emissiya xarajatlarining ko‘pchiligi aksiyalar chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda o‘zgarmas bo‘ladi, shuning uchun jalb qilinayotgan kapital summasiga foiz nisbatida xarajatlar kichik emissiyada kattaroq bo‘lishi mumkin.
Emissiya xarajatlari bunday darajada bo‘lganda ular kapital qiymatiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Oldingi boblarda biz XX asr davomida kapitalning o‘rtacha qiymati taxminan 7 foizga teng bo‘lganligini ko‘rgan edik. Bu har bir 100 f. st. kapital uchun 7 f.st. ekanligini bildiradi. Agar emissiya xarajatlari, aytaylik, 10 foizga teng bo‘lsa, sof foyda atigi 90 f.st.ni tashkil qiladi. Shunday qilib, kapitalga samarali xarajatlar 7 f.st./90 f.st.ni yoki 7,78 foizni tashkil qiladi. Bu bilan ehtimol ommaviy aksiya chiqarishlarning kam sonliligi va ular odatda na huquqlar emissiyasiga, na foydani qayta investitsiyalashga imkoniyat bo‘lmagan hollarda o‘tkazilishini tushuntirish mumkin.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling