O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Samaradorlik va konsensus: Agar futbol o„yini natijasini oldindan aytib bermoqchi bo„lsangiz, muxlislardan so„rang yoki do„stingizga qo„ng„iroq qiling


Download 0.77 Mb.
bet88/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Samaradorlik va konsensus: Agar futbol o„yini natijasini oldindan aytib bermoqchi bo„lsangiz, muxlislardan so„rang yoki do„stingizga qo„ng„iroq qiling
Samaradorlik ba‘zan bozorda faol harakatda bo‘lgan loaqal bitta chuqur bilimli, mahoratli va sinchkov odam mavjud bo‘lishiga talab sifatida tushuniladi. Bu qarash mutlaqo to‘g‘ri emas. Biver (Beaver 1998) ta‘kidlaganidek, samaradorlik uchun zarur bo‘lgan narsa - bu ko‘plab kuzatuvchilar mavjudligi bo‘lib, hatto ularning ayrim baholari noto‘g‘ri bo‘lsa ham, ko‘pchiligi qimmatli qog‘ozlarning asosiy xususiyatlari haqida ba‘zi muvofiq fikrlarga ega bo‘ladi. U noto‘g‘ri baholangan xususiyatlar tasodifiy bo‘lishi va boshqalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligiga ishora qiladi. Boshqa tomondan, asosiy xususiyatlar haqida ratsional fikrlar kuzatuvchilarning barchasi uchun bo‘lmasa-da, shunga qaramay, ularning ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar qiymati ushbu aniq qimmatli qog‘oz bo‘yicha bozordagi barcha faol harakat qiluvchi o‘yinchilarning o‘rtacha tortilgan bahosini aks ettirganligiga bog‘liq ravishda, noto‘g‘ri baholar bir-birini neytrallashga intiladi, chunki ular tasodifiy, demakki, narxga umumiy ta‘sirni yuzaga keltirmaydi. To‘g‘ri baholar esa tasodifiy bo‘lmaydi va shu tariqa bir-birini neytrallamaydi, o‘z navbatida esa, aksiyalar kursida o‘z aksini topadi.
O‘z xulosasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Biver birinchi qarashda mavzuga aloqador bo‘lmagan, amerikancha futbol o‘yinlarida natijalarni (g‘alaba, mag‘lubiyat yoki durang) bashorat qilish bilan bog‘liq misolni keltiradi. 1966-1968-yillar davomida har juma Chikago deyli nyus gazetasi o‘zining 14-15 nafar sport sharhlovchisining kelgusi dam olish kunlaridagi o‘yinlar qanday natija bilan yakunlanishiga oid prognozlarini chop etib borgan. Shuningdek, gazetada konsensus baho - har bir o‘yin natijasining eng ommaviy prognozi ham e‘lon qilingan.
Uch yil uchun prognozlashdagi muvaffaqiyatlar umumlash- tirilgandan so‘ng, 5.1-jadvalda keltirilgan natijalar hosil bo‘lgan.
5.1-jadval

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling