O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Tadqiqotlarda qo„llaniladigan yondashuv


Download 0.77 Mb.
bet91/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Tadqiqotlarda qo„llaniladigan yondashuv
Kapital bozori samaradorligiga taalluqli tasdiqlarni amaliyotda tekshirib ko‘rish mumkin emas. Qimmatli qog‘ozlar narxlarida barcha mavjud axborotning aks ettirilgan-ettirilmaganligini qanday tekshirishimiz mumkin? Tadqiqotchi mavjud ma‘lumotlarning
barchasiga shaxsan ega bo‘lmasligi yoki ba‘zilarining mavjudligi to‘g‘risida hatto bilmasligi mumkin.
Shunga qaramay, qimmatli qog‘ozlar kursining o‘zgarishi samaradorlik mezoniga muvofiqligini tekshirish imkoniga egamiz. Odatda, aynan shu testdan o‘tkazish predmeti sanaladi.
Tadqiqotlarda har qanday ehtimoliy samaradorlikni qo‘llash orqali o‘xshash daromadlilikni (abnormal returns) ta‘minlash mumkinligini baholashga urinishlar qilinmoqda. Ushbu kontekstda me‘yoridan ortiq daromadlilik bir xil riskka ega qimmatli qog‘ozlardan tadqiqot o‘tkazilgan davr mobaynida olinishi mumkin bo‘lgan daromadlilikdan ortib ketuvchi daromadlilikni anglatadi. Daromadlilik, odatda, kapital o‘sishidan daromadlar hamda davr boshi uchun qimmatli qog‘ozlar qiymatining foizlarda ifodalanadigan davr uchun olingan dividendlarni anglatadi.
Bunday tadqiqotlar bir necha metodologik muammolarni ochib beradi. Masalan, muayyan qimmatli qog‘oz kursiga bir vaqtning o‘zida bir qator omillar ta‘sir qiladi, shuning uchun kurslarga tadqiqotchini qiziqtirgan alohida omilning ta‘sir darajasini aniqlash va qolgan omillarning ishtiroki qay darajada ekanligini belgilash qiyin. Biz shunga oid murakkab vaziyatlarni alohida muhokama qilib o‘tamiz. Metodologik muammolarni batafsil o‘rganishga qiziquvchi kitobxonlar esa ushbu bob oxirida keltirilgan manbalarga murojaat qilishlari mumkin.
Bozor samaradorligining kuchsiz shaklini o„rganish
Texnik tahlil
Uzoq vaqt davomida qimmatli qog‘ozlar kurslari davriy ravishda yoki masalani yetarlicha batafsil o‘rganganlar tomonidan tasvirlangan sxemalarga ko‘ra o‘zgarib turadi deb hisoblangan. Ko‘pchilikka qimmatli qog‘ozlar kursining o‘zgarishi avvalgi sxemalar bo‘yicha takrorlanayotgandek, yangi siklning boshlanishi qo‘yilmalardan juda yuqori (me‘yoridan ortiq) daromad olishga imkon berishi mumkindek tuyulardi. Ushbu falsafa tarafdorlari buni imkon qadar erta aniqlash va undan foyda ko‘rish uchun qimmatli qog‘ozlarning avvalgi kurslari grafiklari va diagrammalaridan foydalanishi sir emas. Bunday odamlar ko‘pincha chartistlar (chartists)15 deb ataladi.
Boshqalar esa savdo qoidalarini ishlab chiqishga harakat qilishadi, bu esa chartistlar tomonidan qo‘llaniladiganlardan ko‘ra osonroq bo‘lishi mumkin. Masalan, ba‘zi odamlar muayyan qimmatli qog‘ozlar kursi muayyan qiymatga qadar o‘zgarishi mumkin va bu o‘zgarish kamdan-kam hollarda bir foizdan ortib ketadi, deb o‘ylaydi. Agar narx intervaldan ± x foizdan chiqib keta boshlasa, ular bu qimmatli qog‘ozlarni sotishning sezilarli hajmi yaqinlashganini anglatadi deb hisoblashadi. Ular bu yerda “og‘ish” (breakout) sodir bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha xarid qilish yoki sotishdan foydalanish mumkin, deb o‘ylashadi. Bunday dilerlik qoidalari, odatda, filtrlash qoidalari (filter rules) deb ataladi. Umumiy holatda, filtrlash qoidalari va narx grafiklari kabi metodlarni qo‘llash texnik tahlil (technical analysis) deb ataladi.
Agar bozor samarali bo‘lsa, demak, texnik tahlil yordamida foyda olib bo‘lmaydi, chunki bozorda juda ko‘p kuzatuvchilar bor, agar biron- bir ma‘lumot o‘tmishda sodir bo‘lgan narx o‘zgarishini aks etsa, u joriy xarid/sotish bahosida qayd qilinadi. Aksiyalar kursiga faqat yangi axborotlar ta‘sir qilishi mumkin. Yangi axborotning tasodifiy bo‘lishiga bog‘liq ravishda qimmatli qog‘ozlar kurslari ham tasodifiy yo‘nalishda bo‘lishi yoki tasodifiy yurishga (random walk)16 asoslangan bo‘lishi mumkin. Yangi axborot tasodifiy bo‘lishi kerak yoki u allaqachon yangi axborot emas. Yil oxiriga kelib yangi yil taklifnomalarini sotish hajmi yilning boshqa davriga nisbatan ortib ketishi shunday taklifnomalarni ishlab chiqaruvchilar uchun yangi axborot emas, chunki bu hodisa modeli har yili takrorlanadi va oldindan ma‘lum sanaladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling