Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Jismoniy tarbiya nazariyasining
asoschilari P. F. Lesgaft, jismoniy mashqlarni tanlashda bolalarning yoshiga xos
anatoma-fiziologik
va
psixologik
xususiyatlari,
harakatlarni
asta-sekin
murakkablashtirib va xilma-xillashtirib borish kabi omillarni asos qilib oldi. U
jismoniy kamolotni faqat aqliy, axloqiy, estetik kamolot va mehnat faoliyati bilan
o`zaro aloqadorlikdagina mavjud deb bildi.
E.A.Arkin, L.I.Chuliskaya, D.V.Xuxlaeva, A.V.Keneman ilmiy tadqiqot
ishlarida bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslarini yaratdilar.
O`zbekistonda jismoniy tarbiyani rivojlanishiga R.I.Ismailov, O.A.Rixsieva,
X.T.Rafievalar ham jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanishiga o`z hissalarini
qo`shganlar.
Ayniqsa O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo`lgandan keyin jismoniy
tarbiya masalalariga qadriyatlarni tiklashga va uni rivojlanishiga katta e'tibor
berildi. Shu bilan birga birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov farmonlari bo`yicha
jumhuriyat aholisini sog`lomlashtirish, xalq sog`lig`ini mustahkamlash uchun
jismoniy tarbiyaga va sportga katta e'tibor berilmoqda.
1992 yil 4 yanvarda "Jismoniy tarbiya va sport haqida qonun" qabul qilindi.
Shu orada Milliy Olimpiada qo`mitasi tuzilib, uni Xalqaro Olimpiada qo`mitasi tan
oldi. Respublika sport Federasiyalarini Osiyo va jahon federasiyalari tan olib, o`z
tarkibiga a'zo qilib oldilar. Endi O`zbekiston sportchilari jahon miqiyosida
bo`layotgan musobaqalarda O`zbekiston bayrog`i ostida qatnashmoqdalar.
O`zbekiston Respublikasining Ta'lim to`grisidagi qonunida (1997, 29 avgust)
bolalar jismoniy tarbiyasini yanada yaxshilash zarurligi yana bir bor ta'kidlandi.
Jamiyat yosh avlodni jismoniy jihatdan sog`lom, baquvvat, xushchaqchaq
bo`lib, mehnatga, hayotga va Vatanni himoya qilishga tayyor bo`lib o`stirishdan
9
juda manfaatdordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |