O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 4.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/28
Sana30.09.2017
Hajmi4.51 Kb.
#16830
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
 y=(0,8…0,9)  daryo 
qabul qilinadi. 
Yo’lakdagi suvning sarfini suv oladigan kanal sarfi bilan yuvish sarfining yig’indisiga teng qilib 
olinadi: 
 
Q
2,0)
(1,5
 
Q
олин
й




Yo’lakning  yuvish  galereyasining  yuqorisidagi  suvning  chuqurligi  qo’yidagi  formuladan 
topiladi: 


й
й
й
B
h



/
Q
  (16.2) 

291 
 
Suvning  yo’lakdagi  qolgan 


h
Н 
  qismini  cho’kindilar  to’ldiradi  (NDS  da  yo’lakdagi  yuvish 
zatvorlari oldidagi suv chuqurligi). 
Suv  qabul  qilinganda  suvning  tezligi  yoki  yo’lakdagi  suv  tezligi  teng  qilib,  yoki  undan  biroz 
kichik  (1,5…2,0  m/s)  qilib  olinadi.  Daryoning  sel  keladigan  uchastkalarida  bu  sxemadagi  suv 
olish inshootlarini qurish tavsiya etilmaydi. Daryoda suv kam bo’lgan vaqtlarda barcha sug’orish 
va  energetika  ehtiyojlari  uchun  olinadigan  vaqtlarda  cho’kindilarni  yuvish  uchun  daryo 
oqimining  2…3%  suv  sarfi  sarf  qilinadi.  Yo’lak-tindirgich  orqali  suv  olish  (16.3-rasm,  a). 
Yo’lak  tindirgichga  kirish  oldida  yuvish  galereyasi  2  joylashtiriladi,  bu  galereyalar 
cho’kindilarni  tutib  qolib,  ularni  pastki  befga  o’tkazib  yuboradi.  Galereyada  suv  vintsimon 
harakat qiladi. 
 
16.3-rasm.  Yo’lak  orqali  frontal  suv  olish:  a-yo’lak-  tindirgich  orqali  suv  olish;  b-egri 
chiziqli  suv  orqali  suv  olish;  1-to’g’on;  2-  tubdagi  bosh  nov  yoki  galereya;  3-  ajratuvchi 
devorlar;  4-yo’lak-tindirgich  kamerasi;  5-kanal;  6-bosh  inshoot;  7-cho’kindilarni  ushlovchi  va 
chiqarib yuboruvchi tubdagi galereyalar; 8-yuvuvchi tirqish; 9-tubdagi galereyalar zatvorlari; 10-
kirish ostonasi; 11-frontal egri chiziqli kanal; 12-burilishli passaygan qism; 13-burilish oxiridagi 
chiqiq;  14-yassi  zatvor;  15-ostonali  suv  qabul  qilgich;  16-  tashlash  tirqishilari;  17-tashlash 
galereyasi. 
Yo’lak uch kameraga bo’linadi, har qaysi kameraning o’rtasida va oxirida mustaqil ishlaydigan 
galereyalar o’rnatiladi. Bunday konstruksiya tindirgichning har-xil kameralarini goh kanalga suv 
berishni goh navbatma-navbat ularni yuvish uchun imkon beradi. Uchunchi kamerada yuvish va 
toshqin suvlari bir qismini o’tkazish uchun yuvish tirqishi ko’zada tutiladi. 
Egri chiziqli yo’lak orqali frontal suv olish (16.3-rasm, b). Bu usulda suv olishda cho’kindilarga 
qarshi  kurash  ko’ndalang  tsirkulyatsiya  burulish  etak  qismida  pog’ona  (ustup)  yordamida  hosil 
bo’ladigan  uyurmali  gorizontal  valetsdan  foydalanishga  asoslanan.  Suv  oluvchi  gidrouzel  past 
bosimli to’g’on 1, maxsus konstruksiyali  frontal  egri chiziqli  yo’lak 11, kirish ostonasi 10, suv 
qabul qilgich 15 va kanal oxiridagi yuvuvchi qurilmalar 16 dan tashkil topgan. 
Uning  kamchiliklariga  cho’kindilarni  yuvish  tirqishi  chegarasidan  o’tib  ketishi,  suv  olish 
koeffitsienti kamligi, gidrouzel  inshootlarini  joylashtirish  va konstruksiyalarining  murakkabligi, 
ekspluatatsiya sharoitlarining nisbatan qiyinligi iradi. 

292 
 
17-mavzu. Koyamas asoslarda kuriladigan beton-suv tashlagich 
tugon konstruksiyasi. 
 
O`quv vaqti: 80 minut 
Talaba sоni: 
O`quv mashg’ulоtining tuzilishi  
Ma’ruza rеjasi 
1.  Suv  tashlovchi  to’g’onning  asosiy 
turlari va sxemalari. 
2. 
Suv 
tashlovchi 
to’g’onlarning 
konstruksiyalari 
 
O`quv mashg’ulоtining maqsadi: Talabalarda Gidrotexnik inshootlari fani bo`yicha tushuncha hоsil 
qilish.  
Pеdagоgik 
vazifalar: 
Yangi 
mavzu 
bilan 
tanishtirish,  mavzuga  оid  ilmiy  atamalarni  оchib 
bеrish,  asоsiy    masalalar  bo`yicha  tushunchalarni 
shakllantirish. 
Talabalarni  Gidrotexnik  inshootlari    fani  va  uning 
sоhalari haqidagi asоsiy  nazariy tushunchalar bilan 
tanishtirish, ko`nikma va malakalar haqida tasavvur 
shakllantirish, 
asоsiy 
ma’lumоtlarni 
kоnspеktlashtirish. 
Ta’lim usullari: 
Aqliy хujum, “BBB” 
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli. 
Оmmaviy 
Ta’lim vоsitalari 
Ma’ruza matni, kоmpyutеr, ekran, prоеktоr, 
PowerPoint dasturi.. 
Qayta alоqa usullari va vоsitalari 
Savоl javоb 
 
O`quv mashg’ulоtining tехnоlоgik хaritasi. 
 
Ishlash bоsqichlari, vaqti 
Faоliyat mazmuni 
 
O`qituvchining 
Talabaning  
1 bоsqich  
1.1 O`quv хujjatlarini to`ldirish 
va talabalar davоmatini 
tеkshirish (5 min).  
1.2 O`quv mashg’ulоtiga kirish 
(5 min) 
1.2  Gidrotexnik  inshootlari  fani 
haqida 
talabalarning 
mulоhazalari 
so`raladi. 
Fan 
to`g’risida  ma’lumоtlar  bеriladi 
ma’ruza  rеjasi  yozdiriladi.  So`ng 
ma’ruza bоshlanadi. 
Tinglashadi. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fani, 
o`rganish 
sоhalari  bo`yicha  o`z  fikrlarini 
aytadilar. 
Aniqlashtiradilar, 
savоllar bеradilar. 
2 bоsqich. Asоsiy 60 min 
1.  Gidrotexnik  inshootlari    fani 
va 
uning 
sоhalari. 
Mamlakatimizdagi  tutgan  o`rni 
va ahamiyati aytib o`tiladi. 
2. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fanining 
qishlоq 
хo`jaligida 
tutgan o`rni  va uning rivоjlanishi 
haqida aytib o`tiladi. 
3.  Gidrotexnik  inshootlari  faning 
tadqiqоt  bоsqichlari  va  usullari 
aytiladi. 
Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, 
Gidrotexnik inshootlari fani va 
uning sоhalarini yozib оladilar. 
Gidrotexnik inshootlari fanining 
o`ziga хоs hajmiy –rеjaviy 
еchimlari haqida yozib оlishadi. 
Gidrotexnik inshootlari fani ning 
ahamiyati va qishlоq хo`jali gida 
tutgan o`rni haqida yozib 
оladilar. Mavzu bo`yicha savоllar 
bеradilar.  
3 bоsqich Yakuniy natijalar 10 
min 
3.1. Mavzu bo`yicha хulоsa 
qilish va o`quv mashg’ulоtning 
maqsadiga erishish darajasi taхlil 
qilinadi. 
3.2. Mavzu yuzasidan o`quv 
vazifasi bеriladi. 
O`rganilgan mavzu bo`yicha 
оlgan ma’lumоtlarni umumlash 
tiradilar va savоllar paydо 
bo`lgan bo`lsa savоllar bеradilar. 
 
Adabiyotlar: 
 
1. 
Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008. 

293 
 
2.  
Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009. 
3.  
Rоzanоv  N.P.,  Bоchkaryov  Ya.V.,  Lapshеnkоv  V.S.,  Juravlyov  G.I.,  Kaganоv 
G.M.,  Rumyantsеv  I.S.  «Gidrоtехnichеskiе  sооrujеniya»,  pоd  rеd.  N.P.  Rоzanоva  - 
M.Agrоprоmizdat, 1985. 
4.  
Хusanхujaеv Z.Х. “Gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi-nashiryoti, T.1968 
5. 
Хusanхujaеv  Z.Х.  “Suv  оmbоridagi  gidrоtехnika  inshооtlari”.  O`qituvchi, 
Tоshkеnt. 1986. 
6.  
Bakiеv  M.R.,  Yangiеv  A.A.,  Kоdirоv  О,  “Gidrоtехnika  inshооtlari”.  Fan. 
Tоshkеnt. 2002. 
7.  
Vоlkоv  I.M.,  Kоnоnеnkо  P.F.,  Fеdichkin  I.K.  “Gidrоtехnichеskiе  sооrujеniya” 
M: Kоlоs, 1968 
8. 
Bakiеv  M.R., M-G.A.Kоdirоva, Ibraymоv  A.  “Gidrоtехnika  inshооtlari”  fanidan 
kurs  lоyiхalari  va  amaliy  mashg`ulоtlarni  bajarish  bo`yicha  mеtоdik  ko`rsatma.  1,2  qismlar. 
T.,2009. 
9. 
 Bakiеv  M.R.,  Kirillоva  Е.I.,  Kоххоrоv  O`.  “Gidrоtехnika  inshооtlari”  fanidan 
labaratоriya ishlarini bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. T.,2007. 
 
1. Suv tashlovchi to’g’onning asosiy turlari va sxemalari. 
 
Suv  tashlovchi  to’g’on  to’ri  uchta  omil  asosida  tanlanadi:  1)ta’sir  etuvchi  bosim  va 
yuqori  bef  satxini  jadallashtirish  imkoniyatlari;  2)  gidrouzel  stvorini  topografik  va  geologik 
sharoitlari  va uning asosiy  inshoatlarini  joylashtirish sharoitlari; 3) qurilish sharoitlari  va qabul 
qilingan  qurilish  sarflarini  o’tkazish  usuli.  Past  ostonali  to’g’onlar  odatda  stvorning  o’zan 
qismida past va o’rta bosimli gidrouzellar tarkibida (bilan birgalikda) joylashtiriladi. Bunday suv 
tashlagichlarni  qirg’oqda  joylashtirishi  maqsadga  uncha  muvofiq  bo’lmaydi,  chunki  to’g’on 
kotlovanini, keluvchi  va ketuvchi kanallarni qurishda tuproq ishlari  xajmi katta bo’ladi,  xamda 
to’g’onning gidravlik ishlash sharoitlari yomonlashadi. 
Baland  ostonali  to’g’onni  odatda  qayirda  yoki  daryo  o’zanining  tarmog’ida 
joylashtiriladi.  Yuqori  befga  nisbatan  katta  chuqurliklar  va  bosimlar  bo’lganda  bu  to’g’onlarga 
suvni keltirish sharoitlarini engillashtiriladi, xamda muz o’tkazish bilan bog’liq chegaralanishni 
bartaraf etadi (muz suv omborida eriydi ).  
Gidrouzelda qurilgan baland ostonali to’g’onlarni joylashtirish ko’pincha qayirda amalga 
oshiriladi.  Pastki  bef  gidravlik  sharoitlarni  yaxshilash  zarur  bo’lganda  va  qurilish  sarflarini 
o’tkazishda yuza va chuqur suv tashlagichli ikki yarus to’g’onlar quriladi. Ba’zida faqat chuqur 
joylashgan suv tashlagichlar qo’llaniladi. Katta bosimlarda to’g’on ichiga GES binosi quriladi. 
Suv  tashlovchi  to’g’onning  konstruktiv  sxemasi  ta’minlashi  zarur:  1)  hamma  hisobiy 
holatlar  uchun  zaminni  mustahkamligini  va  to’g’onni  umumiy  mustahkamligini  saqlab  qolgan 
holda  siljishga  ustivorligini;  2)  qulay  beflarni  tutashish  rejimini,  jadal  maromsiz  oqimlar  hosil 
bo’lishiga  va  pastki  bef  tubida  xavfli  yuvilish  hosil  bo’lishiga  yo’l  qo’ymaslik;  3)  maqbul 
filtratsiyaga qarshi  bosimni  va zaminning etarli  filtratsiya  mustah-kamligini.  Bundan tashqari  u 
hamma ishlar uchun zamonaviy mexanizatsiya vositalarini qo’llashga imkon berishini, mahalliy 
materiallar  va  ishchi  kuchidan  maksimal  foydalanishni,  qurilishi  muddatiga  qat’iyan  rioya 
qilishni va uning minimal bahosini talab qilishni taqazo etadi. 
Vodosliv  frontining  uzunligi  variantlarni  texnik  -  iqtisodiy  taq-qoslash  asosida 
solishtirma tashlanadigan suv sarfi shuningdek suv tashlagich orqali  muz parchalarini o’tkazish 
shartlari  bilan  bog’langan  holda  o’rnatiladi.  Tashlanadigan  solishtirma  suv  sarfini  oshishi 
vodosliv uzunligini qisqartirishga imkon beradi, lekin mustahkamlanadigan qism o’lchamlari va 
undan  keyin  yuvilish  oshadi.  Qoyamas  zaminlardagi  to’g’on  suv  tashlash  tirqishlari  uchun 
solishtirma sarfi taxminan quyidagi formuladan aniqlash mumkin 
 

294 
 
2
,
1
1
,
7
,
1
r
d
er
no
s
d
q



 (17.1) 
bunda 
1
,

d
er
no

-  pastki  befda  suv  tashlashdan  keyin  zamin  gruntining  yuvilmay-digan 
tezligi, m/s; 
r
d -eng katta suv sarfida risbermadagi oqim chuqurligi, m. 
Grunt sifatiga ko’ra qoyamas zaminlardagi to’g’onlar uchun solishtirma sarflar 35 dan 75 
m
3
  /(s∙m)  gacha  tayinlanadi.  Qoyali  gruntlar  uchun  ularni  ko’proq  qabul  qilish  mumkin  -
100...300 m
3
 (s∙m) va undan yuqori. 
Berilgan  bosimda  to’g’on  balandligi  (vodosliv  balandligi)  gidrouzelni  joylashtirishga, 
inshootning  umumiy  sxemasiga,  zamin  geologiyasiga,  suv  urilma  tubining  sathiga,  qabul 
qilingan  qurilish  suvlarini  o’tkazish  sxemasiga  bog’liq  holda  belgilanadi.  Oraliqlar  soni 
ishlatiladigan  zatvor  turiga,  suv  o’tkazish  qobiliyati  hisoblari  natijalariga,  oraliq  devorlar 
oralig’ining  har  xil  uzunlikdagi  suv  tashlash  narx  ko’rsatgichlariga,  hamda  muzlarni  o’tkazish 
sharoitiga ko’ra tanlanadi. Oraliq uzunligi 16...20 m bo’lganda yassi va segmentli zatvorlar mos 
keladi. 
Poydevor  plitasiga  yuklamalarni  ratsional  joylashtirish  orqali  to’g’onning  siljishga 
ustivorligi  ta’minlanadi.  Plitaga  yuqoridan  ta’sir  etuvchi  yuklamalarni  shunday  joylashtirish 
kerakki,  boshqa  yuklamalar  bilan  birikuvida  ular  yuklamalarning  notekislik  koeffitsienti 
min
/


мах
K 
  ni  berish  kerak:  gilli  zaminlar  uchun 
0
,
2
...
5
,
1

K
,  qumli 
0
,
3
...
0
,
2

K
,  bunda 
мах

 va 
min

 - zamindagi maksimal va minimal normal kuchlanishlar. 
Poydevor plitasi va suv urilma er osti qismi shunday loyihalanadiki, bir tomondan plitaga 
pastdan  yuqoriga  ta’sir  etuvchi  muallaq  va  filtratsiyaga  qarshi  kuch  minimal  bo’lishi  kerak, 
ikkinchi  tomondan  -  to’g’onning  bu  qismi  o’lchamlari  va  konstruksiyasi  zaminidagi  jinsning 
zarur  bo’lgan  filtratsion  mustahkamligini  ta’minlash  kerak.  Shu  maqsadda  poydevor  plitasi  va 
suv  urilma  tovoniga  tishlar  o’rnatiladi.  Ular  to’g’onni  zamin  bilan  tutashuvini  yaxshilaydi  va 
xavfli  kontakt  filtratsiyani  oldini  olishga  yordam  beradi.  Ishlab  chiqarish  sharoitidan  kelib 
chiqqan holda ularning pastki qismi bo’yicha kengligi 3 m va undan ortiq, chuqurligi - 2...3 m va 
undan ortiq bo’ladi. Er osti konturining sxemasi zamin xossalariga bog’liq. 
I-sxema  -  kam  suv  o’tkazadigan  gilli  zamindagi  er  osti  konturining  yoyilgan  shpuntsiz 
betonli  to’g’oni  (17.1-  rasm,  I).  Er  osti  konturi  chuqur  tekis  emas,  filtratsiyaga  qarshi  vertikal 
elementlarga ega emas. Poydevor plitasi zamin ichkarisiga uncha kiritilmagan. 
II-sxema  -  plita  to’g’on  balandligining  0,2...0,3  ga  teng  bo’lgan  qismida  zaminning 
hamma konturi bo’yicha ichkariga kiritilish bilan I - sxemadan farqlanadi (17.1-rasm, II). Ikkala 
sxema  uchun  ham  drenaj,  suv  urilma,  poydevor  plitasi  va  hattoki  ponur  ostida  bo’ladi.  Ichki 
ishqalanish burchagi kichik bo’lgan gruntlarda ankerli ponur o’rnatiladi.  
III  -  sxema-suv  o’tkazmaydigan  qatlam  chuqur  joylashgan  ponurli  bir  shpuntli  er  osti 
konturi  (17.1-rasm,  III).  Filtratsiya  bosimi  poydevor  plitasi  va  suv  urilma  ostidagi  gorizontal 
drenaj,  hamda  vertikal  drenaj  bilan  to’liq  olib  tashlanadi.  Buning  natijasida  to’g’on  minimal 
og’irlikka ega bo’lishi mumkin. 
 IV  -  sxema-ankerli  ponurli  ikki  qator  shpuntli  er  osti  konturi  (17.1-rasm,  IV).  Drenaj 
poydevor plitasi, suv urilma va ponur ostida o’rnatiladi. Bu sxemaning har xilligi - ponur, bosh 
va  poydevor  oxirgi  qismidagi  qisqa  shpunt  o’rnatilgan  uch  shpuntli  sxema.  Suv  urilmada 
shpuntni  chuqurroq  o’rnatish  maqsadga  muvofiq  bo’lmaydi,  chunki  bu  poydevor  plitasidagi 
qarshi bosimni oshiradi. Xuddi III - sxema kabi bu sxemani suv o’tkazmaydigan qatlam chuqur 
joylashganda qo’llaniladi. 
V  –  sxema  -  ponur  va  poydevor  plitasi,  suv  urilma  ostidagi  drenajli  bir  shpuntli  er  osti 
konturi  (17.1-rasm,  V).  Suv  o’tkazmaydigan  qatlam  chuqur  joylashganda,  hamda  to’g’on 
zaminiga  etgunga  qadar  filtratsiya  jadalligini  kamaytirishda  foydalaniladi,  masalan,  betonni 
agressiv filtratsiya suvlaridan himoya qilish maqsadida. 

295 
 
VI – sxema - bunda shpunt suv o’tkazmaydigan qatlamgacha etkaziladi (17.1-rasm, VI). 
Bunda oqim yo’li to’liq yopiladi va to’g’on ostidagi filtratsiya suvlarining salbiy oqibatlari oldi 
olinadi. 
 
 
 
17.1-rasm.  Qoyamas  zaminlardagi  suv  tashlovchi  to’g’on  er  osti  konturining  asosiy 
sxemalari: 
I,  II  -  suv  kam  o’tkazadigan  kuchsiz  zamin;  III,  IV,V  -  suv  o’tkazmaydigan  qatlam 
chuqur  joylashganda; VI-suv o’tkazmaydigan qatlam uncha chuqur  joylashmaganda; 1-to’g’on; 
2-suv  urilma;  3-risberma;  4-gorizontal  drenaj;  5-  ponur  (betonli  polietilenli  va  gilli);  6-ankerli 
temir-betonli  ponur;  7-betonli  tish;  8-vertikal  drenaj  qudug’i;  9-shpuntli  devor;  10-suv 
o’tkazmaydigan qatlam; 11-shpuntli devor. 
 
2. Suv tashlovchi to’g’onlarning konstruksiyalari  
 
Er osti konturining elementlariga ponurlar, tishlar, devorlar va to’siq pardalar shpuntlar 
kiradi. 
Ponurlar  suv  o’tkazmaydigan  va  filtratsiya  koeffitsienti  taxminan  10
-6
  sm/s  ga  teng 
bo’lgan  suv  kam  o’tkazishi  bilan  farqlanadi.  Gilli  va  sog’  tuproqli  zaminlarda  suv 
o’tkazmaydigan ponurlar, qumli  va qumloqda esa –suv kam o’tkazadigan ponurlar qo’llaniladi. 
Ponurlar egiluvchan va qattiq bo’lishi mumkin.  
Egiluvchan  engil  deformatsiyalanadigan  materiallardan  (gil,  sog’  tuproq,  gil  beton, 
polimer  plyonkalar  va  boshqalar)  bajariladi,  ular  zamin  deformatsiyasi  bilan  birga 
deformatsiyalanish  imkoniyatiga  ega  bo’lishi  kerak.  Ponur  materialining  suv  shimiluvchanligi 
zaminning  suv  shimiluvchan-ligidan  50  marta  kichik  bo’lishi  kerak.  Ponur  uzunligi  (1...1,5)  N 
dan  2,5  N  gacha  qabul  qilinadi.  Uncha  katta  bo’lmagan  bosimlarda  (15  m  gacha)  ponurlar  gil, 
sog’ tuproq yoki torfdan gil o’rnatiladi. Katta bosimlarda ponurlar loy beton, asfaltdan bajariladi. 

296 
 
Zarralari  o’zaro  bog’langan  gruntlarda  ponurlar  har  qanday  kesimda 


к
й
J
H
.
/



  qalinlikda 
bo’ladi,  bunda 
H

-  ponurdagi  bosim  farqi, 
к
й
J
.
-  ponur  orqali  yo’l  qo’yarlik  bosim  filtratsiya 
gradienti  (gil  -  6...8,  sog’  tuproq  -  4...5).  Gruntli  ponurning  boshlanishidagi  qalinligi  -  0,75  m, 
to’g’onlarda - 1...2 m. qabul qilinadi 
Gil  betonli  ponurlar  (20...25%)  gil,  (30...40%)  qum  va  (35...40%)  graviydan  tashkil 
topadi:  qish  davrida  qurilganda  ular  sovuqdan  kamroq  shishadi.  Ponurlarni  muzlab  qolishdan 
saqlash  uchun  ularning  ustiga  qalilingi  0,15...0,2  m  li  teskari  filtr  to’kiladi,  u  betonli  plitalar 
(0,2...0,5  m)  bilan  mustahkamlanadi  yoki  tosh  teriladi.  Ponurni  to’g’onga  tutashgan  joyi  juda 
ma’suliyatli zona hisoblanadi. Bu zonada yoriqlar yoki tirqishlar hosil bo’lishi oldini olish uchun 
to’g’on va ponur orasiga chok o’rnatiladi. 
Qattiq  ponurlar  zich  zaminlarda  betonli  va  temir-betonli  plitalar  ko’rinishida  bajariladi. 
Plitalardagi  yoriqlar  orqali  filtratsiyani  oldini  olish  uchun  bitum  qoplamali  gidroizolyatsiya 
armaturasi o’rnatiladi. 
Ankerli  ponurlar  –  bu  egiluvchan  va  qattiq  uchastkalarning  aralash  konstruksiyasi.  Ular 
qalinligi 0,4...0,7 m li temir-beton plitalardan tashkil topgan, o’zining armaturasi bilan poydevor 
plitasining pastdagi armatura to’ri bilan tutashtiriladi (17.2-rasm). Temir-betonli plitalarning suv 
o’tkazmasligi elimlangan yoki quyilgan gidroizolyatsiya bilan ta’minlanadi. 
 
 
 
17.2-rasm. Ankerli ponur: 
a-ankerli ponur hisobi sxemasi; b-ankerli ponur konstruksiyasi sxemasi;1-to’g’onning o’z 
og’irligi;  2-yuqori  befdagi  suv  og’irligi;  3-pastki  bef  tomonidan  gruntning  passiv  bosimi;  4  va 
10-pastki  va  yuqori  beflar  tomonidan  gidrostatik  bosim;  5-to’g’on  bilan  birga  siljiydigan 
gruntning o’z og’irligi; 6 va 7-siljish yuzasi bo’ylab filtratsiya va muallaq qarshi bosimlar; 8 va 
9-tekshiruvchi  va  asosiy  siljish  yuzalari;  11-gruntning  aktiv  bosimi;12-ankerli  ponur  o’ziga 
qabul  qiluvchi  bosim;  13-shpunt  ustidagi  bosim;  14-bitumli  matalar;  15-gidrouzellida  uch 
qatlamli taxta; 16-bitum; 17-bitumli mastika; 18-va 19-shibbalangan beton; 20-anker; 21-gil; 22-
temir-betonli plita; 23-shpunt. 
 
Siljish kuchi T  bir  vaqtning o’zida ankerli  ponurga va to’g’onga ta’sir etadi. Bu kuchni 
ponur va to’g’on o’rtasida taqsimlanishi siljish koeffitsientlari uslubi bo’yicha o’rnatiladi. Siljish 
koeffitsientlari  uslubi  ponurning  umumiy  uzunligi  bo’yicha  chegaraviy  muvozanat  holati 
bo’lmasa qo’llaniladi, ya’ni quyidagi tengsizlikka rioya qilinadi (17.2-rasm, a): 
C
tg
P
H
чeг






max
, (17.2) 

297 
 
bunda 
max

-ponur  ostida  hosil  bo’ladigan  eng  katta  urinma  kuchlanish; 
чeг

-chegaraviy 
muvozanat  holatiga  mos  keluvchi  ponur  ostidagi  vertikal  bosimning  intensivligi; 



W
W
P
П
H



П
W va 

W
  -  ponurga  yuqoridan  ta’sir  etuvchi  o’rtacha  gidrostatik  bosimning 
intensivligi  va  pastdan  ta’sir  etuvchi  filtratsiya  bosimi;     va  C   -  hisobiy  ichki  ishqalanish 
burchagi va zamin gruntning solishtirma tishlashish qiymatlari; 
П
T -ponur sektsiyasi o’ziga qabul 
qiladigan gorizontal kuch. 
чег


8
,
0
max

qabul  qilishga  yo’l  qo’yiladi.  Ponur  o’ziga  qabul  qiladigan  kuchni  to’g’on 
ustivorligini  tekshirish  uchun  va  umumlashtirilgan  chegaraviy  qarshilik  kuchini  aniqlashda 
hisobga olinadi. 
Shpuntlar. Po’lat, temir-beton va yog’och shpuntlar qo’llaniladi. Er osti konturidagi bitta 
shpunt  bosh  shpunt  hisoblanadi.  Ponurdagi  shpunt  odatda  ankerli  ponurda  qo’llaniladi.  Bosh 
shpunt (0,5...1,5)N, ponurdagi 2 dan 0,5 N gacha, suv urilmadagi - 2...4 m chuqurlikka quriladi. 
Agar osilib turuvchi shpuntlar bir - biridan ikkita shpunt yig’indisi 0,75...1 dan kichik masofada 
joylashsa,  unda  ularning  samaradorligi  keskin  kamayadi.  Suv  o’tkazmaydigan  qatlamga  shpunt 
2..3  m  qoqilishi  kerak.  To’g’on  poydevor  plitasi  bilan  shpunt  devorining  bosh  qismi  poydevor 
betoniga maxsus o’rantilgan shponkali plastik mastika bilan berkitib tashlanadi.  
Tishlar,  devorlar,  to’siq  pardalar  shputlarni  o’rnatish  imkoniyati  bo’lmaganda 
qo’llaniladi.  Ularni  qurishda  har  xil  usullar  qo’llaniladi:  qiyaliklarni  mustahkamlab  ochiq; 
xandaklarda suv ostida betonlash va boshqalar. 
Vodosliv  tanasining  profili.  Konstruktiv  jihatdan  baland  ostonali  to’g’onlar  yaxlit 
profilli  vodoslivlarda  va  ichki  bo’sh  konstruksiyalarda  bajariladi.  Yaxlit  vodoslivli  profillar 
qoyali  va  qoyamas  zaminlarda  quriladi.  To’g’on  tanasi  konstruksiyasi  ustidan  suv 
o’tkazmaydigan  gravitatsion  to’g’onlar  konstruk-tsiyasiga  yaqin.  To’g’on  tanasidagi  beton 
holatini  nazorat  qilish,  zaminda  va  yuqori  qirra  oldida  tsementlanadigan  ishlarni  bajarish, 
nazorat-o’lchash uskunalarini, hamda to’g’on bosimli tomonidan sizib o’tgan filtratsiya suvlarini 
yig’ish  va  chiqarib  yuborish  uchun  galereyalar  o’rantiladi  (17.3-rasm).  Galereya  o’lchamlari 
ularning vazifasiga ko’ra aniqlanadi. Agar galereyada qurilish ishlari olib borilsa, unda ularning 
kengligi  2,5  m  dan  kam  bo’lmasligi  va  balandligi  3...3,5  m  bo’ladi.  Agar  bu  ishlar  mo’ljal-
lanmagan bo’lsa galereya kengligi 1,2 m, balandligi 2 m qabul qilinadi. Pastki bef suv sathidan 
pastda  joylashgan  galereyada  suv  ejektorlari  bilan  chiqarib  yuboriladi.  Galereyalarga  poydevor 
ostida  joylashgan  drenaj  quvurlari  chiqariladi;  bu  quvurlarga  drenajlar  ishlashini  boshqarish 
uchun  zadvijkalar  va  suv  o’lchash  qurilmalari  o’rnatiladi.  Yaxlit  profilli  vodoslivli  to’g’onlar 
drenajlari  ustidan  suv  o’tkazmaydigan  gravitatsion  to’g’onlarniki  kabi  (diametri  15...20  sm  li 
vertikal drenajlar, bosimli qirradan 2...4 m masofada 2...3 m oraliqda joylashtiriladi) bo’ladi. 
 
 
 

298 
 
17.3-rasm.  Kuzatuv  galereyalar:  a-burchaklari  dumaloqlangan;  b-gumbazli  kesimli;  v-
yig’ma  yopmali;  1-qiya  burchak;  2-dumaloqlangan  burchak;  3-drenaj  ariqchalari;  4-ikkinchi 
navbatda quyiladigan beton; 5-tayanch plitkalar; 6-armatura; 7-yig’ma yopma 
 
Agar  yaxlit  profilli  to’g’on  ortiqcha  ustivorlikka  ega  bo’lsa,  unda  ichi  bo’sh 
konstruksiyali  vodoslivli  to’g’on  quriladi.  Bo’shliqlar  bir  yoki  ikki  yarusli  bo’lishi  mumkin  . 
Bo’shliqlar  kontrfors  devorlarga  tayangan  yig’ma  temir-betonli  to’sinlar  bilan  yopiladi.  Ichi 
bo’sh konstruksiyalar massiv poydevor plitali va vodosliv tanasi ostida massiv bo’lmagan plitali. 
To’g’onni  siljishga  ustivorligini  oshirish  uchun  uning  ustiga  graviy-qum  to’kiladi.  Massiv 
poydevor  plita  odatda  yuqori  bef  tomon  konsolga  ega,  bunda  suvning  qo’shimcha  og’irligi 
evaziga  to’g’on  tanasi  hajmini  kamaytirishga  imkon  tug’iladi,  zamindagi  solishtirma  bosim 
kamayadi, qurib bitkazilmagan to’g’on orqali qurilish suvlarini o’tkazish soddalashadi. Konsolli 
poydevor  plitaning  kamchiligi  -  ularni  kuchli  armaturalash  kerak  (1  m
3
  betonga  5  kg  gacha 
armatura). Pastki bef tomonidan ham konsolli poydevor plita o’natiladi. 
Suv  tashlovchi  to’g’onlar  beton  sinfi  va  uni  zonalashtirish  ustidan  suv  o’tkazmaydigan 
gravitatsion to’g’onlarniki kabi belgilanadi. 
Baland  ostonali  to’g’onlar  poydevor  plitasi  yuqori,  pastki  va  o’rta  (to’g’on  tanasida 
bo’shliqlar bo’lganda) uchastkalarini kontur plita sifatida mahalliy mustahkamlikka hisoblanadi. 
To’g’on  sektsiyasini  umumiy  mustahkamligini  bo’ylama  yo’nalishga  hisoblab,  bo’ylama 
armatura  va  uni  kesim  bo’yicha  joylashtirishni  hisobga  olib  kesimni  tekshirish  bajariladi.  Past 
ostonali to’g’on poydevor plitalari zo’riqishga  hisoblanadi. Yuklamalar  notekis taqsimlanganda 
va  poydevor  plitasi  alohida  uchastkalarining  qalinligi  farqi  katta  bo’lganda  taxminiy  hisob 
uslublari qo’llaniladi.  
Vodoslivli  to’g’onlarning  oraliq  devorlari  (17.4-rasm).  Oraliq  devorlar  zatvorlar  va 
ko’priklar  uchun  tayanch  vazifasini  bajaradi;  ularga  zatvorlarni  ko’tarish  mexanizmlari  va 
qurilmalari  joylashtiriladi.  Poydevor  plita  konsoli  uzun  bo’lgan  to’g’onlarda  oraliq  devorlar  bu 
plitaning umumiy uzunligi bo’yicha o’rnatiladi (17.4-rasm, v). Oraliq devorlar shakli va qalinligi 
bir  qator  omillarga  bog’liq:  zatvorlarni,  kran  osti  yo’llarini,  ko’priklarni  joylashtirishning 
texnologik talablari; to’g’on tanasidagi galereyadan chiqishning joylashuvi va boshqalar. Yuqori 
bef tomondan oraliq devorlar  vertikal  yoki qiya  suv qulay  aylanib o’tuvchi qirraga ega;  yuqori 
bef  tomondan  ko’priklarni  joylashtirish  uchun  ba’zida  oraliq  devorlarda  osilib  turuvchi  konsol 
bo’ldi.  Pastki  tomondan  odatda oraliq  devor  pog’ona  yoki  qiya  qirrali  bajariladi,  chunki  uning 
sath  belgisi  pastki  befdagi  maksimal  suv  sathidan  1...2  m  baland  qabul  qilinadi.  Pastki  bef 
tomondan ko’priklar yoki konsollarda yoki maxsus estakadalarga o’rnatiladi (17.4-rasm). 
Uncha  katta  bo’lmagan  bosimlarda  ilk  qurilgan  suv  tashlovchi  to’g’onlarda  qirqilgan 
oraliq devorlar eng ko’p tarqalgan:  vertikal  va gorizontal  yuklamalarni qabul qilishi uchun ular 
qoziqli poydevorlarda o’rnatilgan. Qoyali zaminlarda qoya kontakti buzilishi oldini olish uchun 
oraliq devor zaminga ankerlanadi (Farxod gidrouzel). To’g’onlar qurilishi taraqqiyot qilish bilan 
bunday ko’p mehnat talab qilinadigan konstruksiyadan voz kechiladi. Qirqilmagan oraliq devorli 
konstruksiyalar ishlab chiqildi: suv tashlovchi to’g’on deformatsiya choklari bilan sektsiyalarga 
ajratildi, uning chegarasida vodosliv tanasi va oraliq devor bitta poydevor plitaga joylashtirildi; 
sektsiya chegarasida oraliq devorlarni chok bilan ikkita yarim oraliq devorga ajratildi. 
Qirqilmagan  oraliq  devorlar  qalinligini  taxminan 
n
t
t
2
1


  qabul  qilinadi,  qirqilgan 
oraliq devorlarda esa 
5
,
1
...
8
,
0
2

t
m ga oshiriladi, chunki pazlar orasidagi qalinlik 
5
,
1
...
8
,
0
'

t

dan  yupqa  bo’lmasligi  kerak  (17.4-rasmga  qarang).  Qirqilmagan  oraliq  devorlarning  minimal 
konstruktiv  qalinligi  2,0...2,5  m.  Qolgan  o’lchamlar  quyidagi  tavsiyalarni  hisobga  olgan  holda 
belgilanadi: 
5
.
0

 c
a
m; 
0
,
2
...
7
,
0
5
,
0


m
n
m; 


1
,
0
...
14
,
0

m

4
...
1

b
m.  Odatda  zatvor 
pazlari vodosliv kallagi tepasi chizig’ida joylashtiriladi. Oraliq devorda zatvor quyilma qismlari 
o’rnatiladi. 

299 
 
 
17.4-rasm. Suv tashlovchi to’g’onlarning oraliq devorlari: 
a-oraliq  devorning  plandagi  sxemasi;  b-oraliq  devor  turlari;  v-oraliq  devorlar  bilan 
to’g’onning umumiy ko’rinishi; 1,2-qirqilgan va qirqilmagan oraliq devorlar; 3-harorat-cho’kish 
choki;  4-oqimga  ko’ndalang  yo’nalishda  hisob  qilganda  egiluvchan  kesim;  5-oqim  bo’ylab 
yo’nalishda hisob qilinganda oraliq devorning ishchi zonasi; 6-zamindagi kuchlanish epyuralari; 
7-plitalar; 8-oqim yo’nalishi bo’ylab umumiy mustahkamligini baholashdagi hisobiy zonalar; 9-
harorat choklari 
 
To’g’onni  choklar  bilan  qirqish.  To’g’onni  notekis  cho’kishi  va  harorat 
deformatsiyalari  tufayli  hosil  bo’ladigan  oqibatlarini  bartaraf  qilish  uchun  suv  tashlovchi 
to’g’onlar doimiy va vaqtinchalik deformatsiya choklari bilan qirqiladi. Doimiy choklar to’g’on 
sektsiyalarini  vertikal  va  gorizontal  siljishini  ta’minlashi  kerak.  Qurilish  choklari  vaqtinchalik 
hisoblanadi,  ular  to’g’onni  betonlash  bloklariga  ajratiladi.  Bitta  oraliqdagi  oraliqni  va  devor 
notekis  cho’kishini  oldini  olish  va  zatvor  tishlashib  (harakatlanmaydigan)  qolishiga  yo’l 
qo’ymaslik  uchun  ko’pincha  suv  tashlovchi  to’g’onlar  oraliq  devor  bo’yicha  qirqiladi.  Suv 
tashlovchi to’g’onni sektsiyalarga qirqishining asosiy sxemalari 17.5-rasmda keltirilgan. Qirqish 
bir  -  uch  oraliqdan  so’ng  amalga  oshiriladi.  Deformatsiya  choklari  orasidagi  maksimal  masofa 
40...50  m  ga  etishi  mumkin.  Suv  o’tkazuvchi  tirqishlar  uzunligi  25  m  dan  ortiq  bo’lsa  harorat 
choklari ko’zda tutiladi. 

300 
 
 
17.5-rasm. Suv tashlovchi to’g’onni choklar bilan qirqish sxemalari: 
a-  bar  oraliqli;  b-ikki  orqali;  v-uch  orqali;  g-oraliq  devorli,  vodoslivdan  qirqilgan;  1-
sektsiyalar  oralig’idagi  harorat  –  cho’kish  choklari;  2  va  3-qirqilgan  va  qirqilmagan  oraliq 
devorlar; 4-choklar –chuqur kesiklar; 5-poydevor plitasi; 6-vodosliv ostonasi 
 
Ularning  chuqurligini  poydevor  plitasigacha  etkaziladi  (17.5-rasm,  b,v).  Notekis 
cho’kishda  bir  sektsiyani  ikkinchisiga  to’ntarilishini  oldini  olish  uchun  to’g’on  tepasi  yaqinida 
deformatsiya  choklari  kengligini  4...5  sm  a  poydevor  plitasi  yaqinida  1...1,5  sm  ga  teng  qabul 
qilamiz.  Choklar-  chuqur  kesiklar  kengligi  1...2  sm.  Choklarni  zichlash  konstruksiyalari  ularni 
ko’p  yil  suv  o’tkazmasdan  to’xtovsiz  (buzilmasdan)  uzoq  muddat  ishlashini  ta’minlashi  kerak. 
Ensiz choklar-chuqur kesiklar  maxsus qoliplar  yordamida  bajariladi. Ikki tomoni ochiq  choklar 
(deformatsiya) vertikal tekis o’rnatiladi (ammo gilli gruntlarda alohida sektsiyalarni ustivorligini 
oshirish uchun ular bir biriga vertikal tishlar bilan ilintiriladi). Harorat choklari ko’pincha planda 
siniq chiziqlar ko’rinishida bo’ladi. 
Choklarni zichlash (shponkalar) vertikal va gorizontal asosiy va qo’shimcha (17.6-rasm), 
hamda konturli turlarga bo’linadi. 
Bosimli  qirraga  nisbatan  asosiy  shponkalarni  joylashtirish  eng  sovuq  oyning  minimal 
harorati  bo’yicha  aniqlanadi: 
0
20C
t
m


  past  bo’lganda  bu  masofaga  1...2  m  ni  tashkil  etadi, 
0
20C
t
m


  yuqori  bo’lganda  -  2...2,3  m.  Vertikal  choklar  asfaltli,  rezinali  va  polimerli 
shponkalar  bilan  jihozlanadi.  Kichik  asfalt  shponkalar  (15x15  dan  30x30  sm  gacha)  harorat 
choklarida  qilinadi;  o’rtacha  (40x40  dan  60x60  sm  gacha)  -  kengligi  5  sm  gacha  bo’lgan 
choklarda; katta (80x150 sm) kengligi 10 sm gacha bo’lgan choklarda. Himoyalovchi choklar – 
diafragmalar  choklar  siqilganda  asosiy  shponkadan  mastika  oqib  ketmasligiga  yo’l  qo’ymaslik 
uchun mo’ljallanadi. 
 

301 
 
 
17.6-rasm. Suv tashlovchi to’g’onlar choklarining shponkalari: 
a-sektsiyalar  orasidagi  harorat-cho’kish  chokida  zchlagichlarni  joylashuvi;  b,v,g-mos 
ravishda kichik, o’rta va katta kesimlar  vertikal  asfaltli shponkalar sxemalari; d,e-mos ravishda 
inshoot tovonidagi va kesimidagi gorizontal shponkalar sxemalari; 1-tovon yaqinidagi shponka; 
2-ichki konturli shponka; 3 va 6-chokning tor va keng qismlaridagi shponkalar; 4-tashqi kontur 
bo’yicha  zichlash;  5-to’yintiruvchi  quduqlar;  7-tor  va  keng  choklar  chegarasi;  8-kompensatorli 
to’suvchi diafragma; 9-elektr qizitgich sterjeni; 10-izolyator; 11va 21-temir-betonli to’sinlar; 12-
moylangan  noylak;  13-izolyator  ushlagichi;  14-yog’och  bruslar;  15-temir-beton  plitalar;  16-
moylangan  paklya;  17-ankerli  armatura;18-taxtalar;  19-listli  po’lat;  20-bitumli  matalar;  22- 
asfaltbetonli mastika; 23-sovuq asfaltli suvoq; 24-bitumli qorishmaga shimitilgan shlakli paxta 
 
Chekka  devorlar  tutashtiruvchi  va  ajratuvchi  turlarga  bo’linadi.  Tutashtiruvchi  chekka 
devorlar  yordamida  (17.7-rasm,  a)  suv  tashlovchi  to’g’on  gruntli  to’g’on  yoki  qirg’oq  bilan 
tutashtiriladi.  Ajratuvchi  chekka  devorlar  suv  tashlovchi  to’g’onni  uning  ustidagi  suv 
o’tkazmaydigan  qismidan  yoki  gidrelektrostantsiya  binosidan  ajratadi  (17.7-rasm,  a).  Chekka 
devorlar  vodoslivga  oqimni  qulay  sharoitda  kelishini,  pastki  befga  ravon  marmosiz  tarqalishini 
va betonli to’g’on bilan gruntli to’g’on tutashgan joyda filtratsiyaga nisbatan ishonchli bo’lishini, 
daryo  qirg’oqlari,  tubi  va  ikkala  befda  to’g’on  tanasini  yuvilishini  oldini  olishni  ta’minlashi 
kerak. 
Tutashtiruvchi chekka devorlar yuqori, bo’ylama va pastki devorlar va filtratsiyaga qarshi 
difragmalardan tashkil topgan. 

302 
 
 
17.7-rasm. Chekka devorlar: 
a-yon  devorlarni  planda  joylashuvi;  b-tutashtiruvchi  devorlarning  yuqori  devorlarining 
shakli;  v-filtratsiyaga  qarshi  diafragmalarni  chekka  devorlar  bo’ylama  devorlari  bilan 
tutashtirish;  g,d-mos  ravishda  to’g’on  bilan  tutashgan  va  tutashmagan  chekka  devorning 
bo’ylama  devorlari;  e,j,z,i-mos  ravishda  massiv,  ichi  bo’sh  ko’rinishlarda  bajarilgan  yuqori  va 
pastki  tutashtiruvchi  devorlar  ko’ndalang  kesimi  konstruksiyalari;  1,4-tutashtiruvchi  chekka 
devorlarning  yuqori  va  pastki  devorlari;  3-filtratsiyaga  qarshi  diafragmalar  (shporalar);  5-
gidroelektrostantsiya;  6-yonma-yon  yarim  oraliq  devorlar;  7,8-ajratuvchi  devorlar  yuqori  va 
pastki uchastkalari; 9-suv tashlovchi to’g’on;10-betumli shponka; 11-po’lat shpunt 
 
Yuqori  devorlar  oqimini  vodoslivga  kelishini  shakllantiradi  va  planda  har  xil  shaklda 
bo’lishi  mumkin  (17.7-rasm,  b).  Ko’p  hollarda  ularni  vertikal  tekislikda  doimiy  balandlikda 
(baland) yoki “sho’ng’uvchi” qilib bajariladi. Suv tashlagichning chekkadagi oraliqlariga oqimni 
ravon  kelishini  ta’minlash  uchun  past  bosimli  to’g’onlarda  tutashtiruvchi  chekka  devorlarining 
yuqori devorlari to’g’ri chiziqli (ularni 
0
1
25


Download 4.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling