O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet170/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Tayyorlov bosqichi dastur va ma‘lumotlar bazasini ishga tayyorlash bilan bog'liq. Bu bosqich boshlang'ich davrda, vazifani tadbiq etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Hisobchi mashinaga korxonaning ma‘lumotnomaviy ma‘lumot-larini kiritadi, buxgalteriya schyotlarining rejasi va namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tartibiga tuzatishlar kiritadi. Boshlang'ich bosqichi birlamchi hujjatlarni yig'ish va ro'yhatga olish bilan bog'liq. Avval ta’qidlanganidek hujjatlarni qo'lda yoki avtomatlashtirilgan usulda shakllantirish mumkin.
Asosiy bosqich ishning tugallovchi bosqichi bo'ladi va har xil hisobot shakllarini olish bilan bog'liq. Buxgalteriyada uni bajarish uchun «Tovar mod diy boyliklarning qaydnomasi», «Aylanish qaydnomasi» va boshqalar kabi hujjatlarni olishga imkon beruvchi «Hisobotlar» menyusining modulidan foyda laniladi. Asosiy bosqichni bajarilishini ta‘minlashda ma‘lumotlar bazasida hisobot tuzish uchun foydalaniladigan har xil kombinatsiyali (ishchi) axborot to'plamlarni mashina tomonidan olinishi ta‘minlanadi. Ma‘lumotlarni mashina xotiralarida arxivlashtirish va boshqa AIJga uzatish uchun axborotlarni shakllantirish kabi operatsiyalarni ham bajarish mumkin.

    1. Yirik korxonalar buxgalteriya hisobi masalalarini kompyuterda qayta ishlash texnologiyalari.

Katta hisoblash mashinalari davrida yirik sanoat korxonalari uchun birinchi buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) yaratilgan. Bunday hisoblash axborotlarni ishlab chiqishni avtomatlashti-rishga imkon bergan. Respublikadagi iqtisodiy o'zgarishlar, hamda SHKlar-ning paydo bo'lishi bu sinfdagi hisoblash vositalarining deyarli to'liq yo'qolib ketishiga olib keldi. Hisob axborotlarini markazlashmagan holda ishlab chiqish keng tarqaldi.
ShKdan foydalanish axborot manbalarini vositachilar (hisoblash markazlari, korxonalarning axborotlarini tayyorlash bo'yicha bo'limlari va boshqalarni) chetlab o'tgan holda, ushbu axborotning foydalanuvchisi hisobiga yaqinlashtirdi, hamda ShK zaminida hisobchining avtomatlashtirilgan ish joyini (HAIJ) yaratishga olib keldi. Hisob axborotlarini ishlab chiqarishning barcha tadbirlarini bevosita ish joyida avtomatlashtirishning imkoniyati paydo bo'ldi.
Hozirgi vaqtda BHATning yangi istemolchilari — yirik korxonalar menejerlari uchun bozor sharoitlarida nafaqat hisob vazifalarini avtomatlashtirish, balki korxonalarni boshqarishning samaradorligini oshirish, moliyaviy muvozanatni saqlab qolish, barqaror foyda olish imkoniyati muhimdir. Shuning uchun ham yirik korxonalarning BHATi quyidagilarni ta‘minlashi kerak:
• korxonadagi ishlarning joriy holati haqida tezkor, doimo o'zgarib turuvchi axborotlarini olishni. Bunday usul, masalan, o'z resurslaridan samarali foydalanishga
harakat qilayotgan yirik sanoat korxonalari uchun ham, tovarlar va boshqa mablag'larning harakati va mavjudligi haqidagi axborotlar qisqa vaqt ichida yangilanmagan hollarda zararlar ko'rishi mumkin bo'lgan yirik savdo uylari uchun ham, hamda katta hajmdagi mablag'larning doimiy harakati sodir bo'ladigan boshqa korxonalar uchun ham muhimdir. Bunda asosiy e‘tibor tezkor
tahliliy hisoblarni va kiritilgan moliyaviy resurslardan foydalanish bo'yicha ma‘lumotlarni olishga qaratilishi kerak;


  1. Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling