O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet178/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Tayanch iboralar: marketing tadqiqotlari, mahsulotni yaratish, tovarga narxni shakllantirish, tovarlarni sotish, sotish shahobchalaini joylashuvi, talab va taklifning tahlili.

    1. Marketingning axborot tizimining vazifalari

Marketingning vazifasi firmaning maqsulotlar va xizmatlariga iste'molchilar doirasi, ularning so'rovlari va ehtiyojlrini belgilash, bu zaruriyatlar va so'rovlarni qanoatlantiruvchi maqsulotlar va xizmatlarni rejalashtirish va yaratish, ularni reklama qilish, ilgari surishdan iboratdir. Sotish va marketing xizmatlari birinchi navbatda maqsulotlar va xizmatlarni sotilishi uchun ma'suldirlar. Sotish xizmati buyurtmachilar va iste'molchilar bilan aloqalarni ushlab turadilar, ularga tovarlar va mahsulotlarni sotadilar, hamda buyurtmalarni qabul qiladilar. Bu vazifalarga muvofiq marketingning axborot tizimi quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • tovarlar va xizmatlarni yaratish;

  • tovarlar vaxizmatlarni sotish;

  • narxlarni shakllantirish;

  • bozordagi ilgari surishlarning samaradorligi;

  • sotishlarning bashorati .

Marketing tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda, shuningdek yuqori samara hamda foyda evaziga sotishni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda. Iqtisodchi olimlar ta‘kidlashlaricha marketing xizmatlaridan foydalanish jamiyat, xaridorlar, ishlab chiqaruvchilar va nihoyat marketing organlarining o' zlariga ham benihoya katta foyda keltirar ekan. Bozor iqtisodiyoti o'z mohiyatiga ko'ra har qanday jismoniy va yuridik shaxslar o'z faoliyatlaridan naf ko'rishlari, ma‘lum daromad olishlari va samarali ish yuritishlarini taqozo etadi.
Marketing axborot tizimining tizimchalari xizmatlari xodimlariga yuqorida sanab o'ttilgan amallarni bajarishda komaklashadilir. Quyidagilar axborot tizimini faoliyat yuritishi uchun kiruvchi ma‘lumotlar bo'ladilar:

  • strategik reja ;

  • transaktsiyalarni ishlab chiqish tizimi (TIChT) dan ma‘lumotlar;

  • rahiblar haqidagi ma‘lumotlar;

  • bozorni o'rganib chiquvchi natijalar.

Tashkilotning strategik rejasi butun marketing faoliyatini amalga oshirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi, chunki tashkilotning yaqin vaqtdagi istiqbollarini belgilab beradi.
TIChT tizimni sotishlar, tovarlar, xaridorlar, sotish joylari haqidagi va boshqa ma‘lumotlar bilan ta‘minlaydi.
Tashqi ma’lumotlar - bu raqiblar haqidagi axborotlar (yangi tovarlar va xizmatlar, narxlar, ular faoliyatining zaib va kuchli tomonlari va bosh.), hamda TIChT vositasida kelib tushadigan tovarlarni sotish natijalari va h.k. Quyidagi 19.1- rasmda bozorning asosiy tashkil etuvchilari keltirilgan.
Odatda bozor sig'imi, uni segmentlarga bo'linishi, narxni tashkil qilish tizimi, tovarlarning iste'mol xususiyatlari, o'xshash tovarlar, sotishni rag'batlantirish usullari, raqobatdagilar faoliyati, tovarning iste'molchilari, sotish kanallari haqidagi axborotlar tahlil qilinadi.
Marketingni boshqarish tizimidagi axborotlarni shakllantirish va foydalanishning asosiy tamoyillarini keltiramiz:

19.1-rasm. Marketing o'lchami: korxona markazida marketing61


Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling